Tuban o simliklar
o`ng`ir suvo`tlar— Phacophyta
Download 114.5 Kb.
|
opaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil suvo`tlar — Rhodophyta
o`ng`ir suvo`tlar— Phacophyta
Qo`ng`ir suvo`tlar tipiga faqat dengizlarda yashovchi 900 dan ortiq ipsimon yoki plastinkasimon tanali (tallomli) ko`p hujayrali turlar kiradi. Qo`ng`ir suvo`tlarning ba`zilari 20–30 sm kattalikda bo`lsa, ba`zilarining uzunligi 1 m dan oshadi va, nihoyat, ayrimlarining uzunligi 300–400 metrni tashkil qiladi. Qo`ng`ir suvo`tlar vakillarining hujayrasida xlorofill, fukoksantin, karotin pigmentlari mavjud. Shuning uchun bu xildagi organizmlarning rangi qo`ng`ir yoki sarg`ish-qo`ng`irdir. Quyosh nuri ta`sirida fotosintez protsessi ro`y beradi va hujayrada qand, laminarin kabi karbon suvlardan iborat oziq moddalar to`planadi. Jinssiz va jinsiy ko`payadi, jinssiz ko`payish ko`pincha harakatchan zoosporalar, qisman harakatsiz 4 ta sporalar (tetrospora) hosil qilish yordamida sodir bo`ladi. Jinsiy ko`payish turlariga qarab izogamiya, geterogamiya va bogamiya shaklida bo`ladi. Ba`zi qo`ng`ir suvo`tlarda jinssiz ko`payish bilan jinsiy ko`payish gallanib turadi. Bunday holga nasllar gallanishi deb ataladi. Qo`ng`ir suvo`tlarning ko`pchiligi sovuq va o`rtacha iqlimli dengiz va okeanlarda uchraydi. Sargassum deb ataluvchi bir guruh qo`ng`ir suvo`tlar tropik dengizlarda uchraydi. Qo`ng`ir suvo`tlarning eng keng tarqalgan vakillaridan ektokarpus, laminariya, diktiota, fukus, sargassum, dilofus, sfatselyariya, kutleriya, makrotsistis, tsistozira, alariya kabilarni ko`rsatish mumkin. Qo`ng`ir suvo`tlarning ham bir necha vakillari xo`jalikning turli sohalarida katta ahamiyatga ega. Qizil suvo`tlar — Rhodophyta Qizil suvo`tlar ham dengiz va okeanlarda, ba`zilari esa chuchuk suvlarda uchraydi. Tashqi ko`rinishi va tuzilishi jihatdan suvo`tlar juda xilma-xil bo`lib, ko`pincha ipsimon, plastinkasimon shakllarga ega. Ularning ko`pchiligida tallom «poya» va «barg» kabi organlarga ajralgandek ko`rinadi. Tipning 2`500 turi ma`lum. Hujayra xromatoforida fikoeritrin deb ataluvchi pigmentning mavjudligidan qizil suvo`tlar sof qizil, pushti qizil, qoramtir qizil rangga ega. Jinssiz va jinsiy ko`payadi. Jinssiz ko`payish harakatsiz sporalar (mono va tetraspora) yordamida, jinsiy ko`payish esa oogam usulda boradi, ya`ni karpogon deb ataluvchi urg`ochi jinsiy organ ichida yetilgan harakatsiz tuxum hujayraga suv oqimi yordamida suzib keladigan harakatsiz erkaklik jinsiy suyuqlik — spermatsiylarning quyilishi natijasida yuz beradi. Fotosintez protsessida qizil suvo`tlar quyoshdan kelayotgan yashil va ko`k nurlardan foydalanadi. Qizil suvo`tlarning batraxosperium, bangia, deleseriya, porfira, nemalion, kallitamiion, karallina, fillofora kabi turlari eng ko`p va keng tarqalgan. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling