Туберкулезный плеврит, туберкулезный менингит


Download 7.02 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.02 Kb.
#1817360
Bog'liq
Hazm tizimini instrumental tekshirish usullari Rentgenologik, ezofagomanometr


Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Tayyorladi: 2-Davolash fakulteti 310-guruh talabalari Abduhafizov Shahboz, Turgʻunboyev Oybek
Mavzu: Hazm tizimini instrumental tekshirish usullari. Rentgenologik, ezofagomanometriya, rektoromanoskopik usullarini interpretatsiyasi.
Ovqat hazm qilish tizimini tekshirish rentgen
ma’lumotlarisiz to'liq hisoblanmaydi. Alohida hollarda faqat rentgen tekshirishlari oshqozondagi haqiqiy o‘zgarishlami yoritishga imkon beradi.
Rentgenoskopiya va rentgenografiya undagi quyidagi holatlarni baholashga imkon yaratadi:
> holati va shakli;
> shilliq qavati relyefining xususiyatlari;
> devorlarining chegarasi (konturi) va elastikligi;
> evakuator faoliyatining holati.
Oshqozon rentgenoskopiyasi odatda ertalab o'tkaziladi. Tekshirishdan bir kun oldin bemor ko‘p ovqat yemasligi kerak. Ushbu holatda maxsus parhezga rioya qilish shart emas. Kechki nonushta sifati va miqdori jihatidan yengil hazm bo‘ladigan oziq moddalardan tashkil topgan bo'lishi (bo'tqa)lozim. Rentgenoskopiya o'tkaziladigan kuni ertalab chekish, ovqat, dori va suyuqlik qabul qilish man etiladi. Yaqqol namoyon bo‘lgan meteorizm -
ichakda yig'ilgan gazlar, uzoq muddatli va kuchli qabziyat oshqozonni rentgen yordamida
tekshirishda qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
Ushbu hollarda gazlar ichak halqalarini yuqoriga
surib, oshqozonga bosim o'tkazadi va rentgen ko'rikni qiyinlashtiradi. Ularga tekshirishdan
1,5-2,0 soat oldin tozalovchi huqna tavsiya etiladi. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning
ayrim kasalliklarida to'planadigan suyuqlik va shilliq rentgen tekshirishga halaqit beradi.
Bunda bevosita tekshirishdan oldin oshqozon zond orqali yuviladi yoki suyuqlik va shilliq
katta hajmli shprits yordamida so'rib olinadi
Bosqichlari
Dastlab ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari holatini taxminan baholash uchun shu sohalaming umumiy rentgenoskopiyasi o‘tkaziladi
Keyin bemorga bariyli ohakdan bir qultum yutish taklif etiladi va uning qizilo'ngachning oshqozonga o‘tish joyidagi harakati kuzatiladi.
Bariyli ohakning qolgan qismi ichilgandan keyin oshqozon zich to‘Igan holatda
tekshiriladi. Rentgenoskopiya bemoming turli holatida va bir necha proyeksiyada plyonkada aniq suratlar olish bilan to‘ldiriladi. Ushbu usul yordamida oshqozon holati, o‘lchami, shakli, hajmi, siljuvchanligi, qisqaruvchanligi, oshqozonning o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tish qismi holati hamda kontrast modda evakuatsiyasini aniqlash va baholash mumkin.
Paypaslash yoki maxsus tubus - kompressor yordamida kontrast modda
oshqozonning ichki yuzasiga teng taqsimlanadi va bir nechta tasvir olinadi.
Oshqozon soyasining chegaralari uning ichki
yuzasini aks ettiradi va yara bo‘lganida bariy sulfat
shu yerga tushadi. Bunday holatda soya konturidan
“tokcha sindromi” deb ataladigan o‘ziga xos
bo‘rtma chiqib turadi.
Aksincha, rentgen tasvirida “to‘lish defekti”
ko‘rinishidagi notekis kontur paydo bo‘lishi
o‘sayotgan oshqozon o‘smasidan dalolat beradi.
Xavfli o'smalar oshqozon hajmining
kamayishi va devorida qisqaruvchanlik yo‘qolgan
o‘choqlaming paydo bo‘lishiga olib keladi
Ezofagomanometriya. Bu usul qizilo'ngachning harakat faoliyati buzilishlarini tashhislashda muhim ahamiyatga ega. Uning yordamida qisqarish to'lqinlarining tezligi va
amplitudasini, qizilo'ngach pastki jomining ochiq turish davomiyligi va tonusini baholash, uning diafiagmaga nisbatan joylashishi to'g'risida ma’lumot olish, ayrim holatlarda diafragma
qizilo'ngach teshigi churralarini aniqlash mumkin.
Shuningdek, ezofagometriya yordamida
kardiya axalaziyasi va kardiospazm, qizilo'ngach diffuz spazmi va sklerodermiya kasalliklarini differensial tashhisi o'tkaziladi. Tashhisiy muolaja bemorni yotgan yoki yarim
yotgan holatida uzluksiz yoki «zinasimon» manometrli katetemi (zondni) oshqozondan
qizilo'ngachga sekin tortish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda kompyuterlashtirilgan
aksial manometriya yaxshi takomillashgan kateterlardan foydalangan holda qizilo'ngach qisqarishlarini bir necha joyda qayd qilish imkonini beradi.
Rektoromanoskopiya (rectum to'g'ri ichak +
sigma romanum sigmasimon ichak + scopeo tekshirish, o'rganish) - to'g'ri va sigmasimon ichak distal qismini endoskop yordamida tekshirish usuli bo'lib, orqa chiqaruv teshigidan rektoromanoskop kirgiziladi va ichakning ichki qavati ko'riladi. Rektoromanoskop tarkibiga turli kalibr va
uzunlikdagi kovak metall trubkalar to'plami mavjud
Undan tashqari tekshirish boshlanguncha tubuslar ichini yopib unga ichak saqlamalari tushishining oldini oladigan obturatorlar(manrenlar), tolali chiroq, bir qancha qo'shimcha asboblar va moslamalar (teleskopli lupa, tubus ushlagich, havo berish balloni, biopsiya olish uchun qisqichlar to'plami) ham uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bemorni rektoromanoskopiya o‘tkazishga tayyorlash uchun tekshirishdan bir kun oldin kechqurun va tekshirish kuni ertalab ikki soat oldin tozalovchi huqna qilish kerak. Rektoromanoskopiya odatda tizza-tirsak holatida o‘tkaziladi.
Download 7.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling