Tuberkulyoz diagnostikasi,
obъektiv va kliniko-labarator tekshirish
usullari. Tuberkulyoz sinamalari, (Diaskin testi), funktsional tekshirish
usullari, rentgenodiagnostika va bronxoskopiya.
Qo‘zg‘atuvchi xarakteristikasi
Mikobakteriya klassifikatsiyasi. Mikobakteriaceae oilasi, Aktinomycetales
qatori, Mycobacterium turi. Tuberkulyoz qo‗zg‗atuvchisini 1882-yilda R,Kox
ochgan. 1975-yilda bu turga 30 vakil, 2000 yilda 100ga
yaqin vakil
aniqlandi.tuberkulyoz qo‗zg‗atuvchi mikobakteriyalar M. tuberculosis ostida
birlashtiriladi, Ularga M. tuberculosis, M. bovis, M. bovis BCG, M. africanum, M.
microti, M. sanettii kiradi.Oxirgi yillarda yana M. pinnipedii, M.
caprae turlari
aniqlandi.Boshqa mikobakteriyalar notuberkulyoz mikobakteriyalariga kiritiladi
(NTMB). Buguruxga kiradi: M. avium/M. intracellulare, M. fortuitum, M.
Ulcerans, M. szulgai, M. malmoense, M. CHeloneae, M. Xenopi, M. Scrofulaceum
i M. Abcessus.Bu mikobakteriyalar shartli
patogen xisoblanadi va odam
immuniteti pasayganda kasallik keltirib chiqaradi.Qolgan notuberkulyoz
mikobakteriyalar
tuproqda,suvda yashaydi,patogen
xisoblanmaydi va ular odam
immuniteti
pasayib
ketganda
ham
kasallik
chaqirmaydi.
Morfologiyasi.Mikobakteriya-kislotaga chidamli yupqa tayoqcha,spora va kapsula
xosil qilmaydi.MBT karbol fuksini bilan bo‗yalganda xar-xil granulalar
saqlagan,malina-qizil rangli tayoqcha ko‗rinadi.(Rasm№1A).
Rasm№1A. M. Tuberculosis karbol fuksini bilan bo‗yalgan
Rasm№1B. M. Tuberculosis mikrokoloniyasi
M.Tuberculosis
uzunligi
taxminan
2–
4
mkm,eni
— 0,2– 0,5
mkm.Tuberkulyoz mikobatriyasi qalin xujayra qobig‗i
bilan qoplangan,unda bir
nechta
qavatlar
bo‗lib,asosiy
qismi
mikol
kislota
va
uning
xosilalaridir.Virulentligini-kord faktor belgilaydi.
Mikobakteriya ko‗payishi. Mikobakteriya juda sekin ko‗payadi:18-24 soatda
bir marta bo‗linadi,4-6 xaftada tipik mikobakteriya koloniyasi xosil bo‗ladi.(
Rasm№1B)