Tuberkulyoz diagnostikasi, obъektiv va kliniko-labarator tekshirish usullari. Tuberkulyoz sinamalari, (Diaskin testi), funktsional tekshirish usullari, rentgenodiagnostika va bronxoskopiya


O’PKA SILINI DIAGNOSTIKASIDA NUR TASHXISI TEKSHIRUV METODLARI


Download 376.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana18.06.2023
Hajmi376.98 Kb.
#1588862
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 - Nazariy materiallar 0b92d5c4d590f5c1559022d27c838188

 
O’PKA SILINI DIAGNOSTIKASIDA NUR TASHXISI TEKSHIRUV METODLARI  
Nurli tashxis metodlariga kiradi: 

2xil proeksiyadagi oddiy rentgenografiya

raqamli flyuorografiya va/yoki rentgenografiya, 

ultratovush tekshiruvi (UTT), 

multislays kompyuter tomografiya (МСКТ), 

magnit-rezonans tomografiya (МРТ) 
Flyuorografiya nafas a‘zolari kasalliklarini erta aniqlashda eng asosiy 
tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi.
 
KO’KRAK QAFASI A’ZOLARINI SKRINING RAQAMLI RENTGENOGRAFIK VA 
FLYUOROGRAFIK TEKSHIRUVINI O’TKAZISH
 
1. UMUMIY HOLAT 
Skrining/profilaktik raqamli rentgenografik va flyuorografik tekshiruvlar 
ma‘lum bir aholi guruhlari orasida ko‘krak qafasi a‘zolarining turli kasalliklari (sil, 


o‘pkaning nospetsefik kasalliklari, onkologik, parazitar, yura qon-tomir 
kasalliklari, tayanch-harakat tizimi kasalliklari)ni erta aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Skrining o‘tkazishdan asosiy maqsad – sil bilan kasallangan bemorlarni 
aniqlash, bundan tashqari tekshiruv vaqtida o‘pkaning nospetsefik kasalliklarini, 
onkologik, parazitar, qon-tomir kasalliklari, tayanch-harakat tizimi kasalliklari ham 
aniqlanadi.
Skrining rentgendiagnostikada raqamli texnologiyaga o‘tish aholiga tibbiy 
yordam ko‘rsatish sifatini oshirish va davlatning moliyaviy harajatlarini 
kamaytirish imkonini beradi. 
2. TASHKILIY STRUKTURASI
Ko‘krak qafasi a‘zolarini skrining raqamli rentgenografik va flyuorografik 
tekshiruvini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan 
statsionar yoki ko‘chib yuruvchi kabinetlar tashkiliy baza birligi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Statsionar kabinetlar turli darajadagi va profildagi tibbiy muassasalarning 
roentgen kabinetlari tarkibiga kiradi. 
Ko‘chib yuruvchi kabinetlardan uzoq qishloqlardagi aholini, yirik muassasa 
ishchilarini tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida foydalaniladi va u markaziy tuman 
kasalxonalari yoki silga qarshi dispanserlarning rentgenologik bo‘limlari tarkibiga 
kiradi. 
Tarkibida skrining raqamli rentgenografik va flyuorografik tekshiruvlar 
o‘tkazish uchun zarur jihozlar tutgan rentgenologik bo‘lim boshliqlari tekshiruvlar 
sifatiga ma‘sul bo‘ladi, tekshiruvni rejalashtirishda, tekshiruv oldi holatini 
tashkillashtirilishini nazorat qiladi, davolash-profilaktik muassasalar bilan 
birgalikda ish olib boradi.
Ko‘krak qafasi a‘zolarini ko‘rikdan o‘tkazishga aholini jalb qilishni 
tashkillashtirishga markaziy ko‘p tarmoqli\oilaviy poliklinika bosh shifokorlari 
markaziy davlat sanitar epidemik nazorati (MDSEN) muassasalari, markaziy 
tuman kasalxonalari(MTK), QVP bosh shifokorlari javobgardir. 

Download 376.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling