Tulki bilan chumoli


Download 1.14 Mb.
bet4/4
Sana15.11.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1775032
1   2   3   4
Bog'liq
ertaklar

Sichqonlar (Mus) — sichqonsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. Gavdasining uz. 12 sm gacha, dumi deyarli gavdasining uz.ga teng. Yer yuzida juda keng tarqalgan, 25 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda uy sichqoni koʻp uchraydi; uz. 7—11 sm, dumi 4—10 sm. Tanasining orqa tomonida yungi kulrang, mallarang yoki qum rangida; qorni ochiqroq tusda

Sichqonlar va kalamushlar o'rtasidagi farqni qanday aniqlash mumkin
Bu kemiruvchilarni butun dunyoda har xil iqlim va muhitda uchratish mumkin. Ular asirlikda olti yilgacha yashashi mumkin, lekin tabiiy ravishda bir yildan kam yashaydi. Sichqonlar tungi, qo'rqoq, ijtimoiy va hududiy xarakterga ega

  • Hajmi: Kalamushlar o'rta va yirik kemiruvchilardir. Biroq, kalamushlar uzunligi 40 sm yoki undan ko'proq bo'lishi mumkin va sichqonlarga qaraganda ancha og'irroq bo'lishi mumkin.

  • Rang: Ularning paltolari oq, kulrang, jigarrang yoki qora rangga ega bo'lib, tez -tez tegib turgan yuzalarda surtma izlarini qoldiradigan darajada ifloslangan.

  • Bosh: Sichqonnikiga qaraganda, kalamushning tumshug'i to'mtoq.

  • Quyruqlar: Uzoq dumlari, odatda, tuklari bo'laksiz.

Ayyor bilan sodda



Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan.Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, soddani aldash yo‘liga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi:


— Agar biz oltinlarni shaharga olib kirsak, kishilar bilib qolib, oltinlarni tortib olishadi. Yaxshisi ularni ko‘maylik-da, kerak vaqtida, oz-ozdan, olib sarflaylik.
Shunda sodda bunga ko‘nibdi. Oltinni ko‘mibdilar.
Kunlar o‘tib, soddaga oltin kerak bo‘lib qolibdi. Buni ayyorga kelib aytgan ekan, ayyor:
— Menga ham kerak edi, — debdi. Shunda ikkisi birga oltin ko‘milgan joyga borib qarasalar, ko‘milgan oltin yo‘qmish. Ayyor oltinni o‘zi o‘g‘irlab, berkitib qo‘ygan ekan. Lekin shunga qaramasdan, soddaga tuhmat qilibdi. Shundan so‘ng, ikkisi qozi oldiga borishibdi. Butun voqeani qoziga aytib berishibdi. Qozi ayyorning gapiga ishonmabdi.
— Biz oltinni daraxt ostiga ko‘mganmiz, ishonmasangiz o‘sha daraxt guvohlik beradi, — debdi ayyor, keyin uyiga kelib, qari otasiga:
— Siz guvoh bo‘lasiz, — debdi. Otasi unga unamabdi. Ayyor, otasiga yalinib yurib, oxiri uni ichi po‘k daraxt ichiga kirgizib qo‘yibdi. Sodda qozini yetaklab daraxt tagiga boribdi. Shunda qozi so‘rasa, daraxt ichidan:
— Oltinni qo‘ygan odam olib ketgan, — degan ovoz kelibdi, Shunda qozi, «bu daraxt ichida shayton borga o‘xshaydi», deb daraxt tagiga o‘t qo‘ydiribdi. O‘t yoqilgach, daraxt ichidagi chol «dod» solib:
— Meni qutqaringlar, meni o‘g‘lim majbur qilgan, — deb baqiribdi, o‘tni o‘chirishibdi cholni olib chiqsalar, u o‘lib qolgan ekan.
Qozi soddaga oltinlarning hammasini beribdi. Shunday qilib, ayyorlik bilan «oltinni olaman» degan ochko‘z ayyor, o‘z otasidan ham, oltinlardan ham ayrilib qolgan ekan.
Savollar:
1.Ayyor nima sababdan soddani aldabdi?
2.Daraxning ichidan qanday ovoz chiqibdi?
3.Ayyorning hiylasi unga yordam beribdimi?
4.Ochko’zlik va ayyorlik ijobiy xislatmi yoki salbiy?

Maqollar:


Omon bo’lsang- osh yeysan,
Yomon bo’lsang – tosh yeysan.

Yomonning bir qilig’I ortiq,


Ustida yoqasi yirtiq.

Yomon o’ldi , desa ishon,


Yomonligini qo’ydi esa ishonma.

Quyida berilgan so’zlarning antonimini toping.


Antonim* so’zlar – qarama – qarama so’zlardir.


Namuna:
Yaxshi-yomon;
Ayyor-sodda;
Achchiq-shirin
Yosh-…
Kalta-…
Oq-…
Katta-…

Yaxshilikka yomonlik


Bir kishi tuya minib, safarga chiqibdi. Sahroda karvonlar olov yoqib o‘tirishganini ko‘rib qolibdi. Bu kishi borib yetguncha ular jo‘nab ketishibdi. Shu payt qattiq shamol turib, o‘chgan olovning cho‘g‘i uchqunlabdi.Qurib yotgan xas-hashakka o‘t ketibdi. Haligi kishi noxush ovozni eshitibdi. Qarasa bir ilon olov ichidan: «Qutqaringlar, qutqaringlar!» — deb jon talvasasida to‘lg‘anayotgan emish.Boyagi kishi darrov uzun tayoqqa to‘rva osib, ilon tomonga tutibdi. lion darrov to‘rvaga tushibdi.U kishi to‘rvadan ilonni chiqarib, yo‘lida davom etmoqchi ekan, ilon unga:
— Hoy odam, endi seni, tuyangni chaqib sizlarni halok qilishim kerak, -debdi.
— Nima uchun? Yaxshilikka yomonlik bilan javob berasanmi? — debdi kishi ajablanib.
— Ha! — deb javob beribdi zaharli ilon.
Shunda ularning oldidan tulki o‘tib qolibdi.Tulki kishidan bu mojaroning sababini so‘rabdi. U kishi bor voqeani aytib beribdi. Shunda tulki:
— Men bunga ishonmayman. Shunday katta ilon shu kichkina to‘rvaga qanday sig‘sin? — debdi.Ilon bo‘lsa:
— Ishonmasang yana to‘rvaga tushay, ko‘rasan! — debdi.
— Qani tush-chi! — debdi tulki.
Ilon tezda to‘rvaga kiribdi Tulki u kishiga qarab:
— Ey odam! Ilon to‘rvaga tushdi, vaqtni o‘tkazma! — debdi.
Shundan keyin u kishi to‘rva og‘zini bog‘lab. uni yonib turgan olovga uloqtiribdi. Ilon halok bo‘libdi.
Savollar:
1.Hikoyadan siz qanday xulosa chiqardingiz?
2.Tulki tabiatan qanday hayvon ?
3.Ilonning yaxshillikka yomonligi o’ziga foyda berdimi?

Quyida berilgan maqollari bo’sh joylarini to’ldiring.


Yomon bilan yurguncha,


…… yurgin o’lguncha.

Yomo bilan yurdim , qoldim uyatga ,


Yaxshi bilan yuurdim, yetdim …….
Yomon odam to’ymas ,
Yomonligini ……

Yaxshilik nur keltirar,


Yomonlik –……
Ilonlar (Ophidia yoki Serpentes) - tangachalilar kenja turkumi. Qadimgi Ilon qazilma qoldigʻi (uzunligi 11 m gacha) boʻr davridan maʼlum. Ilonning ajdodi echkemarlarga oʻxshash kaltakesaklar boʻlganligi taxmin qilinadi. Tanasi ingichka va uzun, uzunligi 8 sm dan 10 m gacha, muguzeimon qalqon va tangachalar bilan qoplangan. Oyoq kamari suyaklari boʻlmaydi, ayrim Ilonda chanoq va orqa oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan. Umurtqalari 141 dan 435 tagacha. Tush suyagi bo'lmaydi, qovurgʻalari harakatchan. Koʻzini shaffof qovoqlar qoplab turadi. Quloq teshigi va nogʻora pardasi boʻlmaydi, o'rta qulogʻi sodda tuzilgan. 

Shirin uyqu


Bir odamning uchta o‘g‘li bor ekan. U vafoti oldidan o‘g‘illariga: «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», -deb vasiyat qilibdi.
Bu gapni katta o‘g‘illari bir xil tushunibdi. Kichik o‘g‘li esa boshqacha tushunibdi. Katta o‘g‘illar yerlarga suv sepib, karavotga ko‘rpani qalin to‘shab, har xil shirin taomlarni ustma-ust yeb yotaverishibdi. Oxiri yeyishga ovqatlari qolmabdi. Kichkina o‘g‘il esa ko‘p mehnat qilib, temirchilik hunarini o’rganibdi. Ishlab-ishlab, horib charchab kelgach, yegan qattiq noni-yu, ichgan suvi shirin tatiyveribdi. Uxlasa uyqusi ham shirin bo‘lib, kun sayin tetiklashib, brogan sari davlati ziyoda bo’lib ketaveribdi.

Savollar:


1.Ota o’g’illariga «Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng», deganda nimani nazarda tutgan edi?
2. Barcha o’g’illar otaning vasiyatiga quloq solishdimi?
3. Nega uchinchi o’g’ilning borgan sari davlati ziyoda bo‘lib ketaveribdi?

Maqolar:
Mehnat qilsang, yasharsan,


Katta-katta osharsan.

Mehnat qancha og’ir bo’lsa,


Keti shuncha shirin bo’ladi.

Mehnat shuhrat keltirar,


Yalqovlik - la’nat.
OTA ROZI – VATAN ROZI
Eson Rahimov
Yaxshi farzand ona yerning
Jon fidosi, deydilar.
Yaxshi farzand dono elning
Ko’z ziyosi deydilar.

Ota rzi – Vatan rozi ,


O’g’lonlarim, qizlarim.
Vatan rozi – ota rozi,
Yashang o’chmas izlarim.
Cho‘pon yigit bilan boy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir boshpanasiz cho‘pon bor ekan. U juda qashshoq va kimsasiz ekan. Lekin cho‘pon juda mehnatkash ekan, doimo odamlarning og‘irini yengil qilib, qo‘lidan kelgan yordamini ayamas ekan. Cho‘pon taqdir bir kun kelib unga kulib boqishiga umid qilib yurar ekan.Bir kuni cho‘pon yaylovda qo‘y boqib yurganida bir nuroniy chol kelib, undan bir burda non so‘rabdi. Yigit o‘zining ozgina nonini chol bilan baham ko‘ribdi. Chol rahmat aytib, cho‘ponga bitta nay beribdi va:
— O‘g‘lim, sen mehribon, qo‘li ochiq yigit ekansan. Bu nay — seniki. U — sehrli. Chalganingda sen hamma tashvishu g‘amlaringni unutasan. Uning kuyi senga shodlik va baxtiyorlik olib keladi, — debdi va ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.
Shu-shu yigitga bu nay ovunchoq bo‘lib qolibdi.
Qishloqda dong‘i ketgan bir boy yashar ekan. Uning hamma narsasi yetarli ekanu, lekin sog‘lig‘ining mazasi yo‘q ekan. Uning kasaliga hyech kim shifo topolmas ekan. Boy kechalari alaxsirab uxlolmay chiqar ekan.
Bir kuni kechasi boy uzoqdan nay ovozini eshitib, unga mahliyo bo‘lib qolibdi. O‘zi ham sezmay, asta-sekin shu ovoz kelgan tomonga qarab ketaveribdi. Yurib-yurib bir qorong‘i kulbaga kelib qolibdi, nay ovozi o‘sha yerdan eshitilayotgan ekan. Kirib qarasa, bir yigit nay chalib o‘tirgan emish. Boy yigitga qarab:
— Ey yigit, sening kuying menga juda ham yoqdi, go‘yo sog‘ayib ketgandek bo‘ldim. Men anchadan beri kasal edim, hyech kim dardimga shifo topgan emas edi. Men butunlay sog‘ayib ketishni istayman. Sen meni shunchalik turib yurishimga, o‘zimni yaxshi his qilishimga yordam berding. Bundan keyin yanada sog‘ayib ketishim uchun nima qilishim kerak? — deb maslahat so‘rabdi.
— Ey boy ota, dardingizning da’vosi oson. Mening aytganlarimni bajarsangiz, tuzalib ketasiz. Siz davlatingizni aslo kambag‘al-qashshoqlardan ayamang, yetim-yesirlarning boshini silang. Odamlardan yaxshiligingizni hyech ayamang. Shunda siz butunlay sog‘ayib ketasiz, — debdi cho‘pon.
Boy ancha xasis ekan. Shuning uchun yigitning aytgan gaplari unga hyecham yoqmabdi. Lekin butunlay sog‘ayib ketmasa yoki kasal bo‘lib yotib qolsa, hamma boyligi qolib ketishini o‘ylab, yana ikkilanib qolibdi. Oxiri yigitning aytganlarini qilishga rozi bo‘libdi. Qlshloqdagi kambag‘al-qashshoqlarni yig‘ib katta ziyofat qilib beribdi. Ularga narsalar ham ulashibdi. Qishloqdagi barcha kambag‘allar xursand bo‘lib, boyga «uzoq umr, sog‘liq, davlati bundan ham ko‘p bo‘lishini» istab, haqqiga duo qilib, uy-uylariga tarqalibdilar.
Shu-shu boy darddan butunlay xalos bo‘lib, hyech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketibdi. Boy yigitning aqlliligiga qoyil qolib, o‘zining yakka-yu yagona sohibjamol qizini uch kecha-yu uch kunduz to‘y qilib cho‘ponga beribdi.

Savollar:


1.Mehnatkash cho’ponning saxiyligi unga qanday yordam beribdi?
2.Dunyodagi eng baxtli insonlar kimlar?
3.Siz cho’ponning o’rnida bo’lganingizda boyga qanday maslahat bergan bo’lardingiz?
4. Boyning to’liq tuzalib ketishiga nima sabab bo’ldi?
A)Kambag’allarning duolari
B) Cho’pon yigitning nayi
D) Uning boyligi

Sezgir cho’pon


Anvar Obidjon
Qo’zichog’im ma’raydi,
Menga zimdan qaraydi.
Bu qarashning ma’nosi-
O’t bilan suv so’raydi.
Tez aytish.
Qo'zichog’im qo’ng’ir, oq,
Qo’ng’iroqli qo’g’irchoq.
Qo’ng’iroq qo’g’irchoqnikimi?, qo’zichoqnikimi?
Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling