Tumani xalq ta’limi bo’limi umumiy o’rta ta’lim maktabida
Download 1.12 Mb.
|
biz tinchlikni istaymiz nomli tadbi
- Bu sahifa navigatsiya:
- __________________________ VILOYAT HOKIMLIGI XALQ TA’LIM BOSHQARMASI _____________ TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI __
- Mavzu: “Biz tinchlikni istaymiz” Maqsad
- Sinf xonasi bayromona bezatilgan. Doskada rasmlar tinchlik qushi kaptar rasmlari bor.
- O’qituvchi: Yer ohista kezar ekan samoda, Tinchlik, degan zo’r ne’matga bosh egdim…
- O’qituvchi
- Tabiatning borligi va borlig’i tinchlikdan. Tabiatning boqiyligi va bahori tinchlikdan. Yer shari har lahza nafas olar tinchlikdan.
__________________________VILOYAT HOKIMLIGI XALQ TA’LIM BOSHQARMASI _____________ TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI __-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA “9-May Xotira va qadrlash” kuniga bag`ishlab o’tkazilgan “Biz tinchlik istaymiz” nomli tadbir Mavzu: “Biz tinchlikni istaymiz” Maqsad: o’quvchilarga tinchlik haqida tushuncha berish, tinchlikni asrashga o’rgatish. Bolalarni himoya qilish, ularga mehr ko’rsatish tushunchalarni singdirish. O’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish. Sinf xonasi bayromona bezatilgan. Doskada rasmlar tinchlik qushi kaptar rasmlari bor. Tinchlik insonning loni-jahonidir, borlig’i va iymonidir. Shu bois u hamisha tinchlikka ta’zim qilishni muqaddas burchi, deb biladi. Tinchlik poyiga bosh egadi. Tinchlikni boshiga toj qiladi. O’qituvchi:_Yer_ohista_kezar_ekan_samoda,___Tinchlik,_degan_zo’r_ne’matga_bosh_egdim…'>O’qituvchi: Yer ohista kezar ekan samoda, Tinchlik, degan zo’r ne’matga bosh egdim… Beshikda yotgan go’daklarning osmonday tiniq ko’zlarida, beg’ubor va pok kulgularida nima aks etgan? O’quvchilar: - Tinchlik! Onalarning allasida, har kungi iltijosida, otalarning eng yorqin orzu-tilaklarida nima mujassam? O’quvchilar: - Tinchlik! O’qituvchi: - Bobolarning duosida, momolarning o’lanida aytiladigan birinchi kalom qanday so’z? Tinchlik! Tog’ning ulkan cho’qqisida turgan burgutga ham, polaponlariga tumshug’ida suv olib uchayotgan qaldirg’ochga ham tinchlik kerak. Suvdagi baliq ham tinchluk istaydi. Yam-yashil maysalar, nihollar,daraxtlarga ham tinchlik nihoyatda zarur. Tabiat esa tinchlik bilan barhayot, tinchlik tufayli gullab yashnaydi. Tinchlik bilan barqaror. Tabiatning borligi va borlig’i tinchlikdan. Tabiatning boqiyligi va bahori tinchlikdan. Yer shari har lahza nafas olar tinchlikdan. Tabiatning har shomi-yu har nahori tinchlikdan. Ey odamzot, sen tinch-totuv yashashni istasang, uni daraxtlardan o’rgan. Tinchlik qanday bebaho kuchligini bilmoqchi bo’lsang, tog’larga boq. O’quvchi:Tinchlik umrimizni bezab tursin desak, daryo-yu dengizlardan ibrat olaylik! Tinchlik hayotimizning mazmuniga aylansin desak, bolalarning beg’ubor qo’shig’iga jo’r bo’laylik. O’quvchilar ijrosida G’ulom Shomurodovning „Sizniki shu yorug’ osmon“sheri aytiladi. Bugun bayram jahonda- Bolalarning bayrami. Chaman, bog’, xiyobonda- Lolalarning bayrami.
Xushbo’y, muattar gullar. Ular bilan but bag’ir, Quvnab, yashnab ko’ngillar. Bolajonlar yayraydi, Onajoni yonida. Ona uchun farzandi, Mudom dilu jonida. Bugun bayram, Qiy- chuvdan Yangramoqda keng maydon. Torlik qilmoqda osmon. Bola bor, buvi, bobo, Hayotdan mamnun, shodon. Istardim har bolaning Har kuni bayram bo’lsin. Undan ota-onaning Ko’ngli to’q, xurram bo’lsin. Bolalarning bayrami- Butun jahon bayrami. Shu bir jahonmas, balki Yeru osmon bayrami. O, bolalar quvnangiz, Yayrang, bo’ling sog’- omon. Siznikidir shu zamin, Sizniki shu keng osmon! O’quvchi: Inson va tinchlik, inson va urush mavzulari ming- ming yillik tarix sahifalari uzra bahs qiladi, munozara yuritadi. Shoir aytganidek, bu ikki to’lqin hamon kurashda: Tinchlik – jon deydi, urush esa qon. Tinchlik- hayot deydi, urush esa qurbon. Tinchlik – mehnat deydi, urush esa kulfat, Tinchlik – obod deydi, urush deydi : vayron. O’quvchi: Ona zamin har qanday katta- kichik urushlardan charchadi, benihoya toliqdi. Biror bir go’shada o’q ovozi eshitilsa, yerning bag’ri titraydi.Portlashlardan tuproqlarga titroq kiradi. Hatto bombalardan tog’u toshlar larzaga keladi. Qudratli dengizlar ham urush ovozidan cho’chiydi, daryo to’qinlari ozor chekadi. O’quvchi: Behuda to’kilgan qonning nidosida tinchlik oh uradi. Begunoh uzilgan jonning nidosida tinchlik oh uradi. Urushdan kim foyda ko’rdi, ey johil banda! Besabr soxta shonning nidosida tinchlik oh uradi. Qizlar ijrosida „Oq kabutar“ qo’shig’iga raqs. O’quvchi: Mamlakatimizda bo’layotgan ulkan o’zgarishlar, yuksak taraqqiyot zamirida tinchlik yotibdi. Eng qadimiy obidalarning qayta tiklanishi yoki ta’mirlanishi tinchlik tufayli amalga oshyapti. O’quvchi:So’zlardagi haroratda tinchlik bor. Ko’zlardagi jasoratda tinchlik bor. Tinchlik uchun fidoiylik burchimiz, Yuzlardagi nafosatda tinchlik bor. Yurtboshimiz o’zining „Yuksak manaviyat- yengilmas kuch“ kitobida yozganidek:“Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xonadonga kirsang, qanday yig’in yoki ma’raka bo’lmasin, fotihaga qo’l ochilganda, yoshu qari, erkagu ayol – barchamiz „Yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so’rab duo qilamiz“. O’qituvchi:O’g’lim insho yozar tinchlik haqida, Qizimning daftarida tinchlik so’zi barqaror. Nomingdan aylanay, seni, ey, tinchlik, Nabiram tinchlik kabutarini chizar. Shukur Sa’dullaning „Tinchlik qushi haqida men o’qisam she’r“ she’ri aytiladi: Erta bilan turaman, Salqin shabada esar, Keng yurtimni ko’raman, Ko’nglimda quvonch kezar. Kaptarlarimni ko’ray,- Deb boraman ohista. Ozroq bo’lsa ham, qo’shay- Tinchlik ishiga hissa. Uchiraman, Oq kaptar- Intiladi ilgari. Yarqiraydi qanotlar Oq samolyot singari. Ko’z solaman: Har uydan Uchib chiqar oq kaptar, Charx uradi osmonda, Tinchlik—deya solib jar: Bilsin urushqoq jallod, Qotil, odamxo’r, battol. Tinchlik istar yosh avlod, Katta- kichik, er- ayol! Urush bo’lmay jahonda Tinchlik bo’lsin barqaror! Erkin uchsin osmonda Tinchlik qushi—oq kaptar!... O’quvchi: Mangu gullab tursin – tinchlik daraxti. Mangu meva bersin- tinchlik daraxti. Bu daraxtni asrashdan aslo erinmaylik Mangu boqiy bo’lsin tinchlik daraxti. O’quvchi: Daraxt ko’rkam bog’larga aylansin, tinchlikzorga aylansin! Biz tinchlikni yaxshi ko’ramiz va unga hamisha ta’zimdamiz. Butun dunyo xalqi sen ham tinchlikka talpin, tinchlikka ta’zim qil! Toki yer yuzini tutsin , yer yuzi bo’ylab yangrasin tinchlik ruhi, tinchlik sadosi, tinchlik ovozi! Tadbir yakunlanadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling