Tunis Reja


Download 0.51 Mb.
bet1/2
Sana07.05.2020
Hajmi0.51 Mb.
#103911
  1   2
Bog'liq
Tunis


Tunis
Reja:

  1. Tunisda islom bank ishi tarixi.

  2. Tunis Markaziy Banki faoliyati.

  3. Tunis tijorat banklari faoliyati.

  4. Mamlakatning islom bank ishining o’ziga hosligi va joriy holati.

  5. Bank tizimida olib borilayotgan islohotlar.


Tunisda islom bank ishi tarixi.
Tunis bank tizimi 23 ta bankdan tashkil topgan bo’lib uning 5 tasi maxsus yo’naltirilgan banklar hisoblanadi, shulardan 3 tasi islom banki hisoblanadi.

Tunis davlati Islom Bank ishi yaqinda kirib kelgan davlatladan biri hisoblanadi. Tunisda birinchi bo’lib ochilgan Islom banki bu “Banque Zitouna” hisoblanadi va u rasmiy ravishda investorlarga o’z eshiklarini 28-may 2010-yildan boshlab ochadi va faoliyatini yuritishni boshlaydi. Ushbu bank tunislik biznesmen Mohamed Sakher tomonidan asos solinadi va o’z faoliyatini $23.1 million bilan boshlaydi. Direktorlar kengashi esa eng yirik 7ta Tunis xususiy kompaniyalari va banklari rahbarlaridan tashkil topadi.

Bundan keyin esa 2014-yildan boshlab “Al Baraka Bank” o’z faoliyatini Islom bank tizimida boshlaydi.

So’nggi ya’ni 3-bo’lib ochilgan Islom banki bu “Wifack International bank”

hisobalanadi. Ushbu bank lizing kompaniyasidan xalqaro bankka aylanadi va 2015-yilda o’z litsenziyasiga ega bo’ladi.

Bulardan tashqari Tunisda 6ta Islom o’zaro fondlari mavjud. Bular: ATID Fondi ( Mart 2009), Al Kaouther Fondi ( Mart 2010), FCPR MAX-Jasmin (2012), Theemar Investment Fondi ( Fevral 2013), UGFC Islamic Fondi va CEA Islamic Fondi (2014).

Bundan tashqari yaqinda 4ta Takaful institutlari o’z faoliyatini boshladi. Bular Zitouna Takaful (2011), El Amana Takaful, Al Takafulia Insurance ( Iyun 2013) va Tunis Re. Bularga qo’shimcha ravishda Tunisda BEST RE ( Aprel 1985) qayta sug’urtalash kompaniyasi mavjud bo’lib, ushbu kompaniya dunyoning eng yetakchi qayta Takaful xizmatini ko’rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.

Shuningdek Tunisda Islom Lizingi bo’yicha bozorda yagona faoliyat yurituvchi Best Lease (1999) kompaniyasi mavjud.

2016-yilga kelib Zitouna Bank $17.41 millionni tashkil etuvchi bondlarini bozorga muvaffaqiyatli ravishda joylashtirdi. Bunga qo’shimcha ravishda Islom mikromoliyalashtirish Zitouna Tamkeen Fondiga Islom Taraqqiyot Banki bilan birgalikda asos soldi.

Shuning bilan birgalikda gaz va energiya sohalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Islom Taraqqiyot Banki bilan Tunis o’rtasida mos ravishda $200 va $310 millionlik moliyalashtirish shartnomalariga erishildi.

Eng muhim o’zgarishlardan biri ham aynan 2016-yilda amalga oshirildi ya’ni yangi qabul qilingan “Bank faoliyatini amalga oshirish qonuni”ga asosan har bir bank Islomiy o’tkazmalarni ( Murabaha, Ijarah, Mudarabah, Mushakarah, Istisnah kabilar) amalga oshirishga rasmiy ravishda ruhsat etildi.
Tunis Markaziy Banki faoliyati.
Tunis Markaziy Bankiga 1958-yilda asos solingan bo’lib hozirda unga Maroune Abassi raislik qiladi. Bosh offisi esa Tunis shahrida joylashgan.

Tunis Markaziy Bankining oldidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat hisoblanadi:



Ushbu har bir vazifa o’z ichiga bir necha vazifani qamrab oladi va bular quyidagilardan iborat:

Monetary siyosat bo’yicha:



To’lov tizimlari va vositalariga javobgarlik bo’yicha:

  • To’lov tizimlarini tashkil etish;

  • To’lov vositalarini tashkil etish;

  • To’lov tizimlari va to’lov vositalari ustidan nazoratni amalga oshirish.

Tunis Markaziy Banki 2019-2021-yillar uchun o’z strategik rejasini qabul qildi va u 2 yirik guruhga bo’linadi bular:

  1. O’z vazifalarini bajarishi uchun Markaziy Bank qamrovini yanada rivojlantirish;

  2. Markaziy Bankning o’z resurslari va vositalarini boshqarishni zamonaviylashtirish va optimallashtirish.

Bular ham o’z navbatida quyidagilarni o’z ichiga oladi:

O’z vazifalarini bajarishi uchun Markaziy Bank qamrovini yanada rivojlantirish.



Markaziy Bankning o’z resurslari va vositalarini boshqarishni zamonaviylashtirish va optimallashtirish.

Bunga qo’shimcha ravishda Tunis Markaziy Banki aholining moliyaviy faoliyatga aralashuv darajasini oshirish borasida ham ma’lum darajada ishlarni amalga oshirmoqda. Buning uchun ular xalqning moliyaviy xizmatlardan yanada ko’proq foydalanishlarini rag’batlantirish maqsadida mobil ilovalarning ham sifat va son jihatini, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va mikro sug’urtani yo’lga qo’yib aholining kam ta’minlangan qismini va kichik bizneslarning mulkiga zarar yetishlarini qoplashni yo’lga qo’yish kabilar bilan ta’sir etmoqchi.

2018-yilda amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rsatdiki hisobvaraqlari moliyaviy institutlarda ochiq bo’lgan aholining 91% oyiga bor yo’g’i 3tadan ortiq bo’lmagan o’tkazmalarni amalga oshirishadi va shuningdek bor yo’g’i 3% Tunis aholisi mobil ilovalar orqali o’z hisobvaraqlarini yuritishadi.

Tunis Markaziy Bankining xalqaro rezerv zahirasiga e’tibor beriladigan bo’lsa 2018-yilgi holatga ko’ra bu $5660.6 millionni tashkil qilgan.

Tunis Markaziy Banki quyidagi jahon moliyaviy tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikda va ularning ham moliyaviy ham texnik ko’maklaridan foydalanib kelmoqda:


  • XVF;

  • Jahon Banki;

  • SECO.

Tunis Markaziy Bankida hozirgi vaqtda jami bo’lib 879 nafar xodim o’z ish faoliyatini amalga oshiradi va shulardan 557 nafari erkaklar va 322 nafari ayollar hisoblanadi.

Quyida Tunis Markaziy Bankining buxgalteriya balansi 2018-yil 31-dekabr holatiga:





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling