Тупрок ва тупрок пайдо килувчи жинсларнинг гранулометрик (механик) таркиби


Download 138.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi138.62 Kb.
#189892
1   2   3   4
Bog'liq
tuproq va tuproq paydo qiluchi jinslarning granulometrik mexanik tarkibi

Mayda  chang  (0,005-0,001)  mm  odatda  ancha  yukori  dispersiyalanganligi 

bilan  xarakterlanib,  kator  birlamchi  va  ikkilamchi  minerallardan  iborat.  Shuning 

uchun xam  yirik zarralarga xos bo`lmagan kator xossalar, jumladan, koagullanish 

va  struktura  xosil  kilish  xususiyatiga  xamda  singdirish  kobiliyatiga  ega,  chirindi 

moddalarni  ko`p  saklaydi.  Lekin  mayda-nozik  zarrachalarning  ko`p  bo`lishi 

tuprokning  suv  o`tkazuvchanligini  yomonlashtiradi,  o`simliklar  uchun  o`tadigan 

nam kam bo`ladi, yukori ko`pchish va bo`kish, yopishkoklik, yorilib ketish va zich 

kovushmali bo`lishi bilan xarakterlanadi. 



Loyka  \<0,001  mm\  asosan  yukori  dispers  ikkilamchi  minerallardan  iborat. 

Birlamchi  minerallardan  kvars,  ortoklaz,  muskovit  kabilar  uchraydi.  Bu  fraksiya 

tuprok  unumdorligida  katta  axamiyatga  ega  va  tuprokda  kechadigan  kator  fizik 

kimyoviy  jarayonlarda  asosiy  rol  o`ynaydi.  Loyka  fraksiyalari  yukori  singdirish 

kobiliyatiga  ega,  chirindi  va  o`simliklar  uchun  zarur  azot  xamda  boshka 

moddalarni  ko`p  saklab  turadi.  Undagi  kolloid  zarrachalar  tuprok  strukturasining 

xosil  bo`lishida  muxim  rol  o`ynaydi.  Ammo  dispersiyalangan  loyka  fraksiyalari 

kator salbiy xossalarga olib keladi. 

Yukorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, mexanik elementlar o`lchamining 

maydalanib  borishi  bilan,  ularning  xossalari  xam  o`zgarib  boradi.  Ayniksa  ana 

shunday keskin o`zgarishlar "fizik kum" \>0,01 mm \ bilan "fizik loy" \<0,01 mm\ 

fraksiyalari  chegarasida  yaxshi  ifodalangan.  Shuning  uchun  xam  tuprokning 

mexanik  tarkibini  o`rganishda  ana  shu  zarrachalarning  mikdoriga  aloxida  e`tibor 

beriladi. 

4.  Tuprok  yoki  jinslardagi  turli  katta-kichiklikdagi  mexanik  elementlarning 

protsent bilan ifodalanadigan nisbiy mikdoriga mexanik tarkibi deb ataladi. 




Turli mexanik elementlarning mikdoriga ko`ra tuprok va jinslarning xossalari 

bir xil emas. 

Tuprok va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy xossalariga 

karab  bir  necha  gruppalarga  ajratiladi.  Mexanik  tarkibining  klassifikatsiyasida 

"fizik kum" va "fizik loy" fraksiyalarining nisbati asos kilib olingan. Dastlabki ana 

shunday klassifikatsiyalardan birini N.M.Sibirsev tavsiya etgan. Keyinchalik kator 

klassifikatsiyalar  (A.N.Sabanin,  V.R.Vilyams)  ishlab  chikildi.  Ќozirgi  vaktda 

N.A.Kachinskiyning  ancha  mukammallashtirilgan  va  foydalanish  uchun  kulay 

klassifikatsiyasi keng ishlatilmokda(6-jadval). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

jadval 


Tuproklar va ona jinslarning mexanik tarkibiga ko`ra klassifikatsiyasi. 

(N.A.Kachinskiy) 

Механик 

таркибига кўра 

кискача номи 

«Физик лой»(<0,01 мм) 

микдори, фоиз 

«Физик кум» (>0,01 мм) 

микдори, фоиз 

Т у п р о к л а р  

Подз

ол 


типи- 

даги 


Дашт 

типида


ги 

хамда 


кизил 

ва 


сарик 

тупрок


лар 

Шўрто


б ва 

кучли 


шўртоб

лар 


Подзо

л 

типида



ги 

Дашт 


типидаг

и хамда 


кизил ва 

сарик 


тупрокл

ар 


Шўрто

б ва 


кучли 

шўртоб


лар 


Кум тупрок: 

         сочилма 

кум 

         бириккан 



кум 

Кумлок тупрок 

Кумок тупрок 

          енгил 

кумок 

          ўрта 



кумок 

          огир 

кумок 

Соз тупрок 



          енгил соз 

          ўрта соз 

          огир соз 

 

0-5 



5-10 

10-20 


 

20-30 


30-40 

40-50 


 

50-65 


65-80 

>80 


 

0-5 


5-10 

10-20 


 

20-30 


30-45 

45-60 


 

60-75 


75-85 

>85 


 

0-5 


5-10 

10-15 


 

15-20 


20-30 

30-40 


 

40-50 


50-65 

>65 


 

100-95 


95-90 

90-80 


 

80-70 


70-60 

60-50 


 

50-35 


35-20 

<20 

 

100-95 



95-90 

90-80 


 

80-70 


70-55 

55-40 


 

40-25 


25-15 

<15 

 

100-95 



95-90 

90-85 


 

85-80 


80-70 

70-60 


 

60-50 


50-35 

<35 

Bu klassifikatsiyaga ko`ra mexanik tarkibining asosiy nomi "fizik kum" ning 

"fizik  loy"  ga  bo`lgan  nisbatiga  karab  beriladi  va  ko`shimcha  nomlanayotganda 

esa, ko`prok uchraydigan fraksiyalar (shagal 3-1 mm, kum 1-0,05 mm, yirik chang 

0,05-0,01  mm,  changsimon  0,01-0,001  mm  va  loyka  <  0,001  mm)  mikdori 

e`tiborga  olinadi.    Masalan,  bo`z  tuproklar  tarkibidagi  fizik  loy  28,1  foiz,  kum 

37,0,  yirik  chang  34,9,  o`rtacha  va  mayda  chang  16  yoki  12,1  foiz  bo`lganda, 

mexanik  tarkibiga  ko`ra  uning  asosiy  nomi  -  yengil  kumok  bo`lib,  ko`shimcha 

nomi - yirik chang kumlidir.                 

Mexanik  tarkibining  ko`shimcha  nomi,  misolda  keltirgandek,  tuprokda 

ko`prok  uchraydigan  ikki  fraksiya  asosida  berilib,  oxirida  aytiladigan  (masalan, 

kum) uning ko`prok ekanligini ifodalaydi. 

N.A.Kachinckiy  o`zining  mukammal  (uch  xadli)  klassifikatsiyasida  kum, 

chang  va  loykalarning  nisbatini  xam  xisobga  oladi,  sho`nga  ko`ra  kaysi 




fraksiyaning  ko`pchiligiga  karab  tuprok  turli  nom  bilan  ataladi.  Masalan,  ogir 

kumok  va  o`rta  kumok  tuproklar  yana  kuyidagi  gruppalarga  bo`linadi:  changli  - 

loyka tuprok, loyka-changli tuprok, yirik changli-loyka tuprok, loyka-yirik changli 

tuprok,  changli  tuprok,  yirik  changli  tuprok,  kum-changli  tuprok,  loyka-kum 

tuprok,  changli  -kum  tuprok.O`rta  va  yengil  soz  tuproklar  esa  loykali-chang 

tuprok,  changli-loyka  tuprok,  yirik  changli-loyka  tuprok,  loykali-yirik  chang 

tuproklarga  bo`linadi.  Kovushmagan  kumlar:  mayda  donador,  o`rtacha  donador, 

yirik donador, mayda donador-shagalli, o`rtacha donador - shagalli (graviyli), yirik 

donador-shagalli kovushmagan kumlarga bo`linadi. Kovushmagan kumlarda chang 

va  loykalar  mikdori  xisobga  olinadi  va  zarrachalarning  katta-kichikligiga  karab 

ular tegishli nom bilan ataladi.  

Shuni  e`tiborga  olish  lozimki,  klassifikatsiyada  tuprokning  genetik  tabiati, 

ulardagi  loy  fraksiyalarning  struktura  agregatlariga  birlashuvi  xossasi  e`tiborga 

olingan  bo`lib,  bunda  gumus  mikdori,  tarkibi  va  almashinuvchi  kationlar  xamda 

mineralogik  tarkibi  muxim  axamiyatga  ega.  Bu  xususiyatlar  kanchalik  yaxshi 

ifodalangan  bo`lsa,  fizik  loy  mikdori  bir  xil  bo`lgan  sharoitda  xam  loy 

zarrachalarining  xossalari  unda  kuchlirok  namoyon  buladi.  Shuning  uchun  xam 

doim  dasht  tuproklari,  kizil  va  sarik  tuproklar  podzol,  sho`rtob  tuproklarga 

nisbatan  strukturali  bo`lganidan,  undagi  fizik  loy  mikdori  bu  tuproklarda  ancha 

ko`prok saklangandagina ogir mexanik tarkibli kategoriyalarga kiritiladi. Masalan 

6-jadvalga ko`ra dasht tuproklari (kora tuprok kabi) ni soz tuproklar jumlasiga fizik 

loy mikdori 60-75 foiz bo`lganda, podzol tuproklarni 50-65 foiz, sho`rtoblarni esa 

40-50 foiz bo`lganda kiritiladi. 

Demak, mexanik tarkibni aniklayotganda tuproklar kelib chikishining genetik 

xususiyatlariga e`tibor berish lozim. 

5.  Mexanik  tarkibi  tuprokning  eng  muxim  fundamental  xossalari  va 

unumdorligini  belgilovchi  asosiy  ko`rsatkichlaridan  biri  bo`lib,  birinchi  navbatda 

uning agronomik axamiyati kattadir. Tuprokning suv o`tkazuvchanligi, nam sigimi 

kabi  xossalari  xamda  xavo-suv,  issiklik  kabi  rejimlari  mexanik  tarkibi  bilan 



bevosita boglik bo`lib, sugorish va zax kochirish melioratsiyasida bu ko`rsatkichlar 

muxim rol o`ynaydi. 

Turli  mexanik  tarkibli  tuproklar  xar  xil  unumdorlikka  ega  bo`lganligidan 

yerni  ishlash,  o`simliklarni  oziklantirish  bo`yicha  turli  agrotexnik  tadbirlar  olib 

boriladi.  Soz  tuproklar  odatda  kumok  va  kumli  tuproklarga  nisbatan  o`simliklar 

uchun  zarur  ozika  kul  moddalarni  ko`prok  saklaydi.  Mexanik  tarkibi  tuprokning 

singdirish  kobiliyati,  oksidlanish-kaytarilish  sharoitlariga,  yerda  chirindining  va 

ozik  moddalarning  to`planishida  xam  muxim  rol  o`ynaydi.    Mexanik  tarkibiga 

ko`ra yerga ishlov berish sistemasi, dala ishlarining muddatlari, o`gitlash normasi, 

kishlok xo`jalik ekinlarini joylashtirish sxemalari kabilar belgilanadi. 

Yerga  ishlov  berishda  kishlok  xo`jalik  mashinalari  va  kurollariga 

ko`rsatiladigan  karshilikni  belgilaydigan  tuprokning  fizik-mexanik  xossalari  xam 

mexanik  tarkibiga  boglik.  Bu  xossasiga  ko`ra  traktorlar  uchun  sarflanadigan 

yokilgi  va  ish  normalari  belgilanadi.  Ayonki,  mexanik  tarkibi  ogirlashuvi  bilan 

tuprokning  ish  kurollariga  ko`rsatadagin  karshiligi  va  yokilgi  sarfi  xam  ortadi. 

Masalan,  yengil  kumoklarda  tuprokning  karshiligi  xar  kvadrat  sm.ga  0,50-0,70 

kg.ni  tashkil  etib  10-12  -  kg/ga  yokilgi  sarflanganda,  o`rtacha  kumoklarda  -0,93-

1,06  kg/sm2  va  yokilgi  sarfi  15-18  kg/ga  ni,  yengil  soz  tuproklarda  esa  karshilik 

yanada kuchli bo`lib, yokilgi sarfi gektariga 28-30 kg ni tashkil etadi. 

Kum  va  kumlok  tuproklar  yengil  xaydalganidan  dexkonchilikda  bularni 

yengil tuproklar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o`tkazib, makbul xavo rejimiga 

ega, tez isiydi. Lekin bu tuproklar kator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam 

sigimiga  ega.  Shuning  uchun  xatto  seryogin  rayonlarda  xam  o`simliklarga  nam 

yetarli  bo`lmaydi.  Yengil  tuproklarda  chirindi  va  o`simliklar  uchun  zarur  ozik 

moddalar  kam  va  singdirish  kobiliyati  past  bo`ladi,  shamol  eroziyasiga  ko`prok 

uchraydi.  Ogir  kumok  va  soz  tuproklar  ancha  yukori  birikkanligi  va  nam 

sigimining  ko`prok  bo`lishi  bilan  xarakterlanadi.  Ozik  moddalar  bilan  yaxshirok 

ta`minlangan,  chirindiga  boy.  Bunday  tuproklarga  ishlov  berishda  aytilganidek, 

ancha ko`p kuch va energiya sarflanadi. Shuning uchun bu tuproklar ogir tuproklar 

deb  yuritiladi.  Strukturasiz  ogir  tuproklar  nokulay  fizik  va  fizik-mexanik 




xossalarga ega. Suv o`tkazuvchanligi past, yengil changlanib ketadi, katkalok xosil 

bo`ladi,  zichligi  yukori,  yopishkokligi  va  ko`pincha  xavo,  issiklik  rejimlarining 

nokulay bo`lishi bilan ajralib turadi. Bu tuproklar xam kumli va kumlok tuproklar 

singari  kishlok  xo`jaligida  foydalanish  uchun  uncha  kulay  emas.  Strukturali  va 

kam  strukturali  yengil  kumok  va  o`rta  kumok  tuproklar  kator  makbul  xossalari 

bilan 


xarakterlanib, 

dexkonchilik 

uchun 

kulaydir. 



Tabiiy  iklim  sharoitlari  va  tuprok  tiplariga  ko`ra  mexanik  tarkibining  makbulligi 

xam o`zgaradi. Masalan, dasht zonasining yaxshi strukturali kora tuproklari uchun 

ancha  ogir  mexanik  tarkib  (ogir  kumok  va  soz  tuproklar)  xam  namni  yaxshi 

to`plash  imkonini  beradi.  Bo`z  tuproklarda  esa  o`rtacha  kumok  mexanik  tarkib 

ancha yaxshi xisoblanadi. 

Mexanik  tarkibi  baxolanayotganda,  shuningdek  kishlok  xo`jalik  ekinlarining 

biologik xususiyatlari va ularning tuprok sharoitlariga bo`lgan talabchanligiga xam 

e`tibor  berish  lozim.  Masalan,  kartoshka  va  ko`pchilik  sabzavot  ekinlari  uchun 

kumlok 

va 


yengil 

kumok 


tuproklar 

ancha 


kulaydir. 

        Tuprokning  mexanik  tarkibi  ona  jinslar  tarkibi  bilan  boglik  bo`lib,  yerdan 

unumli  foydalanilganda  va  turli  tadbirlar  ko`llanilganda,  uning  xossalari 

yaxshilanib  boradi.  Buning  uchun  turli  usullardan  foydalaniladi.  Masalan,  kum 

tuproklarni gillash (yerga loyka okizish), maxalliy o`git ko`llanish bilan yoki ogir 

soz  tuproklarni  kumlash  (yerga  kum  solish)  yo`li  bilan  dexkonchilikda  yaxshilab 



borish mumkin.  


Download 138.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling