Тупрок ва тупрок пайдо килувчи жинсларнинг гранулометрик (механик) таркиби


Download 138.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi138.62 Kb.
#189892
  1   2   3   4
Bog'liq
tuproq va tuproq paydo qiluchi jinslarning granulometrik mexanik tarkibi



 

 

Reja: 



 

1. Tuprok granulometrik (mexanik) tarkibining vujudga kelishi. 

2. Tuprok mexanik elementlari, ularning klassifikatsiyasi. 

3. Tuprok mexanik fraksiyalarining minerologik, kimyoviy tarkibi, 

fizik xossalari va axamiyati. 

4. Tuprokning granulometrik (mexanik) tarkibi, unga ko`ra 

tuproklar klassifikatsiyasi. 

5. Tuprok mexanik tarkibining axamiyati, uning tuprok unumdorligi 

va agronomik xossalariga ta`siri.  

 

 

 

 

 


1.  Tuprok paydo kiluvchi  jinslar va  tuproklar tarkibi  turli katta-kichiklikdagi 

zarralar, jumladan birlamchi minerallarning yirik donachalaridan tortib, mikronlar 

bilan  o`lchanadigan  eng  mayda  kolloid  zarrachalari  to`plamidan  tashkil  topgan. 

Tuprokning  mexanik  tarkibi  asosan  ular  xosil  bo`lgan  tuprok  paydo  kiluvchi  ona 

jinslaridan o`tgan va tuprok paydo bo`lish jarayonida kam o`zgaradi. 

Govak tuprok paydo kiluvchi jinslarning granulometrik tarkibi ularning xosil 

bo`lishi  va  boshlangich  jinslar  xarakteriga  boglik.  Tog  jinslarining  nurash 

maxsulotlari  parchalanishi,  suv  va  shamol  okimlari  ta`sirida  ko`chirilish  va 

yotkizilishi  jarayonida  ularning  kayta  saralanishi  va  yer  yuzasida  yirik  bo`lakli 

jinslar, kumli, changli yoki loyli yotkiziklar xolida to`planishi sodir bo`ladi. Bunda 

allyuvial  va  eol  yotkiziklari  tarkibi  bir-biriga  o`xshash,  yaxshi  saralangan  kum, 

kumlok,  soz  zarrachalarini  ko`p  saklaydigan  xolga  o`tadi.  Muz,  muz-suv  va 

delyuvial yotkiziklari esa yomon saralangan, xar xil kattalikdagi zarra (bo`lak) lar 

aralashmasidan tashkil topgan. 

Turli  katta  kichikligidagi  zarralar  odatda  turli  minerologik  xamda  kimyoviy 

tarkibga  ega. Tuproklarda  mexanik elementlar nafakat boshlangich ona  jinslardan 

o`tgan,  albatta  asosiy  kismi  shunday  kelib  chikishiga  ega  bo`lsa  xam,  ammo  bir 

kismi  tuprok  paydo  bo`lish  jarayonida  xam  xosil  bo`lgan.  Shuning  uchun 

tuprokning  mexanik  elementlarini  mineral,  organik  yoki  organo-mineralli 

zarrachalar tashkil etadi. Shunga ko`ra tuprok mexanik elementlari birlamchi (ona 

jinslaridan o`tgan) yoki ikkilamchi (yangi xosil bo`lgan) bo`lishi mumkin. 

2.  Jinslar  va  tuproklardagi  turli  o`lchamli  aloxida  zarrachalar  mexanik 

elementlar  deyiladi.  Kelib  chikishiga  ko`ra  mexanik  elementlar:  mineral,  organik 

va  organo-mineral  zarrachalardan  iborat.  Bu  zarrachalar  tog  jinslarining 

bo`lakchalaridan,  ayrim  (birlamchi,  ikkilamchi)  minerallar,  chirindi  moddalar  va 

organik  xamda  mineral  moddalarning  o`zaro  ta`sirlashuvidan  xosil  bo`lgan 

maxsulotlardan 

tashkil 


topgan. 

        Mexanik  elementlar  tuprok  va  jinslarda  aloxida  (kum)  va  turli  struktura 

bo`lakchalariga  birikkan  shaklda  bo`ladi.  Mexanik  elementlarni  mikdoriy 

aniklashga  mexanik  analiz  deb  ataladi.  Mexanik  elementlarning  xossalari,  ular 




o`lchamiga  ko`ra  o`zgarib  turadi.  O`lchami  va  xossalari  bir-biriga  yakin 

zarrachalar odatda fraksiyalarga birlashtiriladi. Zarrachalar katta-kichikligiga karab 

fraksiya  gruppalarining  klassifikatsiyasi  ishlab  chikilgan.  Kattaligi  bo`yicha 

fraksiyalarga  ajratilgan  zarrachalarning  gruppalanishiga  mexanik  elementlar 

klassifikatsiyasi deyiladi. 

Ќozirgi  vaktda  N.A.Kachinskiy  tavsiya  etgan  mexanik  elementlar 

klassifikatsiyasi ko`p ishlatiladi (5- jadval). 

Fraksiyalardagi o`lchami 1 mm dan katta zarrachalarga jinslarning tosh kismi 

yoki tuprok skleti, 1 mm dan kichiklari esa mayda zarrachali yoki mayda kismi deb 

ataladi. Shuningdek, mayda zarrachadagi 0,01 mm dan katta zarrachalar xossalari 

kumga yakin bo`lgani uchun shartli "fizik kum" gruppasiga, 0,01dan kichiklari esa 

loyga o`xshashligi sababli "fizik loy" deb yuritiladi. 

3. Turli mexanik elementlarning minerologik, kimyoviy tarkibi, ularning fizik 

va  fizik-kimyoviy  xossalari  xar  xil  bo`lganidan,  aloxida  fraksiyalar  tuproklar 

xamda jinslarning xossalariga turlicha ta`sir etadi. 

Aloxida fraksiyalar uchun xarakterli bo`lgan xossalarga kiskacha to`xtalamiz. 

        Tosh  (>3  mm)  asosan  turli  tog  jinslarining  bo`lakchalaridan  iborat  bo`lib, 

tuprokda  toshning  ko`pligi  kator  salbiy  xossalargi  olib  keladi.  Jumladan,  kishlok 

xo`jalik mashinalari va kurollaridan foydalanishni kiyinlashtiradi, ekinlarning unib 

chikishi  va  o`sishiga  yomon  ta`sir  etadi.  Tuprokning  toshlilik  darajasi  odatda 

(massasiga  nisbatan  foiz  xisobida)  3  mm  dan  katta  zarrachalar  mikdoriga  ko`ra 

kuyidagi  gruppalarga  ajratiladi:  toshli  bo`lmagan  -  0,5  foiz,  kam  toshli  -  0,5-5 

foizgacha, o`rtacha toshli 5-10 foiz va kuchli toshlok tuprok 10 foizdan ko`p. 

   


 

  

                                



 

 

 



 

5- jadval 

Mexanik elementlar klassifikatsiyasi 

Zarrachalar o`lchami, 

mm 

Mexanik elementlar 



(fraksiyalar) nomi 

Группалари  




>3 

3-1 


1-0,5 

0,5-0,25 

0,25-0,05 

0,05-0,01 

0,01-0,005 

0,005-0,001 

0,001-0,0005 

0,0005-0,0001 



<0,0001 

Тош  


Шагал 

Кум: йирик 

         ўрта 

         майда 

Тўзон(чанг): йирик 

                       ўрта 

                       майда 

Лойка: дагал 

            нозик 

            коллоидлар 

Тош кисми 

 

 



«Физик кум» 

 

 



 

 

«Физик лой» 



O`rta Osiyo sharoitida turli darajadagi toshlok tuproklar togli o`lkalarda keng 

tarkalgan. 



Shagal  (3-1  mm)  birlamchi  minerallarning  turli  bo`lakchalaridan  tashkil 

topgan.  Shagalning  tuprokda  ko`p  bo`lishi  yerni  ishlashda  unchalik  xalakit 

bermasa-da, lekin unga kator salbiy xossalar - suvni juda tez o`tkazib yuborish, suv 

ko`taruvchanlik  xususiyatining  yomonligi,  nam  sigimining  juda  past  bo`lishi 

xarakterli.                Kum  fraksiyasi  (1-0,05  mm)  asosan  kvars  va  dala  shpatlari  kabi 

birlamchi  minerallarning  bo`lakchalaridan  iborat.  Bu  farksiyalarning  suv 

o`tkazuvchanligi  yukori  bo`lib  bo`kish  va  plastiklik  xossasiga  ega  emas,  ammo 

shagalga  nisbatan  unda  kapillyarlik  va  nam  sigimi  ancha  yaxshi.    Shuning  uchun 

tabiiy  kumlar  (ayniksa  mayda  donalisi)  ekinlar  uchun  yarokli  xisoblanadi.  Ammo 

ekinlar  uchun  kumlarning  nam  sigimi  10  foizdan  kam  bo`lmasligi  lozim. 




Download 138.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling