Тупрок ва тупрок пайдо килувчи жинсларнинг гранулометрик (механик) таркиби
Download 138.62 Kb. Pdf ko'rish
|
tuproq va tuproq paydo qiluchi jinslarning granulometrik mexanik tarkibi
Mayda chang (0,005-0,001) mm odatda ancha yukori dispersiyalanganligi
bilan xarakterlanib, kator birlamchi va ikkilamchi minerallardan iborat. Shuning uchun xam yirik zarralarga xos bo`lmagan kator xossalar, jumladan, koagullanish va struktura xosil kilish xususiyatiga xamda singdirish kobiliyatiga ega, chirindi moddalarni ko`p saklaydi. Lekin mayda-nozik zarrachalarning ko`p bo`lishi tuprokning suv o`tkazuvchanligini yomonlashtiradi, o`simliklar uchun o`tadigan nam kam bo`ladi, yukori ko`pchish va bo`kish, yopishkoklik, yorilib ketish va zich kovushmali bo`lishi bilan xarakterlanadi. Loyka \<0,001 mm\ asosan yukori dispers ikkilamchi minerallardan iborat. Birlamchi minerallardan kvars, ortoklaz, muskovit kabilar uchraydi. Bu fraksiya tuprok unumdorligida katta axamiyatga ega va tuprokda kechadigan kator fizik kimyoviy jarayonlarda asosiy rol o`ynaydi. Loyka fraksiyalari yukori singdirish kobiliyatiga ega, chirindi va o`simliklar uchun zarur azot xamda boshka moddalarni ko`p saklab turadi. Undagi kolloid zarrachalar tuprok strukturasining xosil bo`lishida muxim rol o`ynaydi. Ammo dispersiyalangan loyka fraksiyalari kator salbiy xossalarga olib keladi. Yukorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, mexanik elementlar o`lchamining maydalanib borishi bilan, ularning xossalari xam o`zgarib boradi. Ayniksa ana shunday keskin o`zgarishlar "fizik kum" \>0,01 mm \ bilan "fizik loy" \<0,01 mm\ fraksiyalari chegarasida yaxshi ifodalangan. Shuning uchun xam tuprokning mexanik tarkibini o`rganishda ana shu zarrachalarning mikdoriga aloxida e`tibor beriladi. 4. Tuprok yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning protsent bilan ifodalanadigan nisbiy mikdoriga mexanik tarkibi deb ataladi. Turli mexanik elementlarning mikdoriga ko`ra tuprok va jinslarning xossalari bir xil emas. Tuprok va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy xossalariga karab bir necha gruppalarga ajratiladi. Mexanik tarkibining klassifikatsiyasida "fizik kum" va "fizik loy" fraksiyalarining nisbati asos kilib olingan. Dastlabki ana shunday klassifikatsiyalardan birini N.M.Sibirsev tavsiya etgan. Keyinchalik kator klassifikatsiyalar (A.N.Sabanin, V.R.Vilyams) ishlab chikildi. Ќozirgi vaktda N.A.Kachinskiyning ancha mukammallashtirilgan va foydalanish uchun kulay klassifikatsiyasi keng ishlatilmokda(6-jadval).
jadval
Tuproklar va ona jinslarning mexanik tarkibiga ko`ra klassifikatsiyasi. (N.A.Kachinskiy) Механик таркибига кўра кискача номи «Физик лой»(<0,01 мм) микдори, фоиз «Физик кум» (>0,01 мм) микдори, фоиз Т у п р о к л а р Подз ол
типи- даги
Дашт типида
ги хамда
кизил ва
сарик тупрок
лар Шўрто
б ва кучли
шўртоб лар
Подзо л типида ги Дашт
типидаг и хамда
кизил ва сарик
тупрокл ар
Шўрто б ва
кучли шўртоб
лар Кум тупрок: сочилма кум кум Кумлок тупрок Кумок тупрок кумок ўрта кумок кумок Соз тупрок енгил соз ўрта соз
0-5 5-10 10-20
20-30
30-40 40-50
50-65
65-80 >80
0-5
5-10 10-20
20-30
30-45 45-60
60-75
75-85 >85
0-5
5-10 10-15
15-20
20-30 30-40
40-50
50-65 >65
100-95
95-90 90-80
80-70
70-60 60-50
50-35
35-20 <20
100-95 95-90 90-80
80-70
70-55 55-40
40-25
25-15 <15
100-95 95-90 90-85
85-80
80-70 70-60
60-50
50-35 <35 Bu klassifikatsiyaga ko`ra mexanik tarkibining asosiy nomi "fizik kum" ning "fizik loy" ga bo`lgan nisbatiga karab beriladi va ko`shimcha nomlanayotganda esa, ko`prok uchraydigan fraksiyalar (shagal 3-1 mm, kum 1-0,05 mm, yirik chang 0,05-0,01 mm, changsimon 0,01-0,001 mm va loyka < 0,001 mm) mikdori e`tiborga olinadi. Masalan, bo`z tuproklar tarkibidagi fizik loy 28,1 foiz, kum 37,0, yirik chang 34,9, o`rtacha va mayda chang 16 yoki 12,1 foiz bo`lganda, mexanik tarkibiga ko`ra uning asosiy nomi - yengil kumok bo`lib, ko`shimcha nomi - yirik chang kumlidir. Mexanik tarkibining ko`shimcha nomi, misolda keltirgandek, tuprokda ko`prok uchraydigan ikki fraksiya asosida berilib, oxirida aytiladigan (masalan, kum) uning ko`prok ekanligini ifodalaydi. N.A.Kachinckiy o`zining mukammal (uch xadli) klassifikatsiyasida kum, chang va loykalarning nisbatini xam xisobga oladi, sho`nga ko`ra kaysi fraksiyaning ko`pchiligiga karab tuprok turli nom bilan ataladi. Masalan, ogir kumok va o`rta kumok tuproklar yana kuyidagi gruppalarga bo`linadi: changli - loyka tuprok, loyka-changli tuprok, yirik changli-loyka tuprok, loyka-yirik changli tuprok, changli tuprok, yirik changli tuprok, kum-changli tuprok, loyka-kum tuprok, changli -kum tuprok.O`rta va yengil soz tuproklar esa loykali-chang tuprok, changli-loyka tuprok, yirik changli-loyka tuprok, loykali-yirik chang tuproklarga bo`linadi. Kovushmagan kumlar: mayda donador, o`rtacha donador, yirik donador, mayda donador-shagalli, o`rtacha donador - shagalli (graviyli), yirik donador-shagalli kovushmagan kumlarga bo`linadi. Kovushmagan kumlarda chang va loykalar mikdori xisobga olinadi va zarrachalarning katta-kichikligiga karab ular tegishli nom bilan ataladi. Shuni e`tiborga olish lozimki, klassifikatsiyada tuprokning genetik tabiati, ulardagi loy fraksiyalarning struktura agregatlariga birlashuvi xossasi e`tiborga olingan bo`lib, bunda gumus mikdori, tarkibi va almashinuvchi kationlar xamda mineralogik tarkibi muxim axamiyatga ega. Bu xususiyatlar kanchalik yaxshi ifodalangan bo`lsa, fizik loy mikdori bir xil bo`lgan sharoitda xam loy zarrachalarining xossalari unda kuchlirok namoyon buladi. Shuning uchun xam doim dasht tuproklari, kizil va sarik tuproklar podzol, sho`rtob tuproklarga nisbatan strukturali bo`lganidan, undagi fizik loy mikdori bu tuproklarda ancha ko`prok saklangandagina ogir mexanik tarkibli kategoriyalarga kiritiladi. Masalan 6-jadvalga ko`ra dasht tuproklari (kora tuprok kabi) ni soz tuproklar jumlasiga fizik loy mikdori 60-75 foiz bo`lganda, podzol tuproklarni 50-65 foiz, sho`rtoblarni esa 40-50 foiz bo`lganda kiritiladi. Demak, mexanik tarkibni aniklayotganda tuproklar kelib chikishining genetik xususiyatlariga e`tibor berish lozim. 5. Mexanik tarkibi tuprokning eng muxim fundamental xossalari va unumdorligini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, birinchi navbatda uning agronomik axamiyati kattadir. Tuprokning suv o`tkazuvchanligi, nam sigimi kabi xossalari xamda xavo-suv, issiklik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan
bevosita boglik bo`lib, sugorish va zax kochirish melioratsiyasida bu ko`rsatkichlar muxim rol o`ynaydi. Turli mexanik tarkibli tuproklar xar xil unumdorlikka ega bo`lganligidan yerni ishlash, o`simliklarni oziklantirish bo`yicha turli agrotexnik tadbirlar olib boriladi. Soz tuproklar odatda kumok va kumli tuproklarga nisbatan o`simliklar uchun zarur ozika kul moddalarni ko`prok saklaydi. Mexanik tarkibi tuprokning singdirish kobiliyati, oksidlanish-kaytarilish sharoitlariga, yerda chirindining va ozik moddalarning to`planishida xam muxim rol o`ynaydi. Mexanik tarkibiga ko`ra yerga ishlov berish sistemasi, dala ishlarining muddatlari, o`gitlash normasi, kishlok xo`jalik ekinlarini joylashtirish sxemalari kabilar belgilanadi. Yerga ishlov berishda kishlok xo`jalik mashinalari va kurollariga ko`rsatiladigan karshilikni belgilaydigan tuprokning fizik-mexanik xossalari xam mexanik tarkibiga boglik. Bu xossasiga ko`ra traktorlar uchun sarflanadigan yokilgi va ish normalari belgilanadi. Ayonki, mexanik tarkibi ogirlashuvi bilan tuprokning ish kurollariga ko`rsatadagin karshiligi va yokilgi sarfi xam ortadi. Masalan, yengil kumoklarda tuprokning karshiligi xar kvadrat sm.ga 0,50-0,70 kg.ni tashkil etib 10-12 - kg/ga yokilgi sarflanganda, o`rtacha kumoklarda -0,93- 1,06 kg/sm2 va yokilgi sarfi 15-18 kg/ga ni, yengil soz tuproklarda esa karshilik yanada kuchli bo`lib, yokilgi sarfi gektariga 28-30 kg ni tashkil etadi. Kum va kumlok tuproklar yengil xaydalganidan dexkonchilikda bularni yengil tuproklar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o`tkazib, makbul xavo rejimiga ega, tez isiydi. Lekin bu tuproklar kator salbiy xususiyatlarga, jumladan, kam nam sigimiga ega. Shuning uchun xatto seryogin rayonlarda xam o`simliklarga nam yetarli bo`lmaydi. Yengil tuproklarda chirindi va o`simliklar uchun zarur ozik moddalar kam va singdirish kobiliyati past bo`ladi, shamol eroziyasiga ko`prok uchraydi. Ogir kumok va soz tuproklar ancha yukori birikkanligi va nam sigimining ko`prok bo`lishi bilan xarakterlanadi. Ozik moddalar bilan yaxshirok ta`minlangan, chirindiga boy. Bunday tuproklarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko`p kuch va energiya sarflanadi. Shuning uchun bu tuproklar ogir tuproklar deb yuritiladi. Strukturasiz ogir tuproklar nokulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega. Suv o`tkazuvchanligi past, yengil changlanib ketadi, katkalok xosil bo`ladi, zichligi yukori, yopishkokligi va ko`pincha xavo, issiklik rejimlarining nokulay bo`lishi bilan ajralib turadi. Bu tuproklar xam kumli va kumlok tuproklar singari kishlok xo`jaligida foydalanish uchun uncha kulay emas. Strukturali va kam strukturali yengil kumok va o`rta kumok tuproklar kator makbul xossalari bilan
xarakterlanib, dexkonchilik uchun kulaydir. Tabiiy iklim sharoitlari va tuprok tiplariga ko`ra mexanik tarkibining makbulligi xam o`zgaradi. Masalan, dasht zonasining yaxshi strukturali kora tuproklari uchun ancha ogir mexanik tarkib (ogir kumok va soz tuproklar) xam namni yaxshi to`plash imkonini beradi. Bo`z tuproklarda esa o`rtacha kumok mexanik tarkib ancha yaxshi xisoblanadi. Mexanik tarkibi baxolanayotganda, shuningdek kishlok xo`jalik ekinlarining biologik xususiyatlari va ularning tuprok sharoitlariga bo`lgan talabchanligiga xam e`tibor berish lozim. Masalan, kartoshka va ko`pchilik sabzavot ekinlari uchun kumlok va
yengil kumok
tuproklar ancha
kulaydir. Tuprokning mexanik tarkibi ona jinslar tarkibi bilan boglik bo`lib, yerdan unumli foydalanilganda va turli tadbirlar ko`llanilganda, uning xossalari yaxshilanib boradi. Buning uchun turli usullardan foydalaniladi. Masalan, kum tuproklarni gillash (yerga loyka okizish), maxalliy o`git ko`llanish bilan yoki ogir soz tuproklarni kumlash (yerga kum solish) yo`li bilan dexkonchilikda yaxshilab borish mumkin. 35>15>20> Download 138.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling