Tuprokda IV gurux elementlari


Silikatlarning analiz usullari


Download 87.5 Kb.
bet3/4
Sana16.11.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1781284
1   2   3   4
Bog'liq
8 amaliy

Silikatlarning analiz usullari.
Analiz usullari ichida eng kup foydalaniladigani bu termik analiz usulidir.Termik analiz usulida endotermik va ekzotermik effektlar urganilib, shu asosda minerologik tarkibi aniklanadi.Infrakizil spektroskopiya usulida esa kuprok tuprokning organik moddalari urganiladi.Bulardan tashkari, elektron mikroskoplar yordamida xam tuproklarning minerologik tarkibi urganiladi.
Tuprokda alyuminiy birikmalari.
Tuprokda Al xar xil eruvchanlikka ega bulgan birikmalar tarkibiga kirgan bulib, gumid zona tuproklarida xususan, chimli podzol va podzol tuproklarda almashinuvchi tarzda buladi.
Al tuprokda oksid, gidrooksid va oddiy tuz, kompleks birikma, alyuminiy kislotalari shaklida uchraydi.Uning kup tarkalgan birikmasi Al2O3 ya'ni korund bulib suvda va kislotalarda erimaydi, ok rangli, lekin tabiatda Cr, Mn, Fe,Ti lar ta'sirida doimo buyalgan buladi.
Korundni buyalgan formalari sapfir, rubin, topaz bulib bular kimmatbaxo toshlar sanaladi.
Tuprokda gibbsit Ki gidroargillit nisbatan kup uchraydi, aktaedrik kristalli parjaraga ega. Tuprokda gibbsit bilan birga yoki mustakil, bemit - - AlON va diaspor - - AlON uchraydi.Bu minerallar kadimiy tropik tuproklar uchun xarakterli.
Allofanlar shaklida xam tuprokda uchraydi.Allofanlar tarkibida Al2O3 24-42 %, SiO2 21-40 %, H2O 39-44 % buladi.
Allofanlar uchun Si: Al=1:1 nisbati xarakterli.Allofan atamasi Shtromaer va Gausmanlar tomonidan kiritilgan bulib, ular amfoterlik xususiyatiga ega.Ular fosfatlarni va boshka aniolarni boglaydi.Kation singdirish sigimi 20-50, anion sigimi 50-30 mg.ekv/100g.Alyuminiy mikdori tuprok xususiyatlariga jiddiy ta'sir kursata oladi.Agar uning mikdori kup bulsa, tuprokning xajm massasi kamayadi, plastikligi, suv saklash kobiliyatlari ortadi.
Tabiiy sharoitlarda ba'zan alyuminiyli mineral suvlar xam xosil buladi.
Tuprok muxitda alyuminiyni xama mineral tuzlari xam turgun emas.Uning fosfatli birikmalari, uran kislotasi bilan va polisaxaridlar bilan xosil kilgan birikmalari kata axamiyatga ega.
Tabiiy suvlarning buglanishi natijasida maxsus birikmalar KAl(SO4)2 x 12H2O kvarslar xosil buladi.
Nordon jinslar katlamida oltingugurtli gazlar ta'sirida aluni xosil buladi.Bulardan tashkari, pegmatit va gneislarda kriolitlar (Na3AlF6) uchraydi.Bu minerallar suvda xar xil mikdorda erib, boshka moddalar katorida alyuminiy oksidini xosil kiladi.Tabiatda unchalik oddiy bulmagan melit deb ataluvchi A2C12O12 x 18H2O tarkibli mineral mavjud bulib, u miss ranga ega.
Gumus kislotalarining oksidlanishidan melit kislota xam xosil bulishi aniklanganligi e'tiborga sazovordir.
COOH
OOC
HOOC COOH OOC COO
+ Al2O3 ____ Al Al + 3H2O
HOOC COOH OOC COO
COOH COO

Tuprokda turli silikatlar: sillimanit, disten, urta polisilikatlar, muskovit, epidot, mikrlin, ortoklaz, anortit va ularning oralik formalari mavjud.


Tuprokning nozik fraksiyalarida Al oksidi v gidrooksididan tashkari gili minerallar xam uchraydi.Ularga kaolinit- Al4(OH)8 [Si4O10], montmorillionnit – Al2Si4O10(OH)2 * nH2O, xlorit va boshkalarga kursatish mumkin.
Xullas tuprok tarkibidagi Al – li birikmalarning xammasini, ular tarkibidagi alyuminiylarni aniklash, kata ilmiy va amaliy ish bulib, tuprokshunoslikda kata axamiyatga ega.Ammo xozirgi kunda ularni guruxlarga ajratib urganish maksadga muvofik bulib, bunda S.V.Zon tavsiyasidan foydalanish ma'kul.

  1. Alyumosilikatlar panjarasiga kiruvchi silikatli alyuminiy.

  2. Alyumosilikatlar kristall panjarasiga kirmaydigan erkin alyuminiy.

Uz navbatida erkin alyuminiy guruxi kristallangan va amorf guruxlariga bulinadi.Alyuminiyning bu guruxlarini aniklashning turli yullari mavjud.
Masalan, Dyushofurning bir usuli 1 n.NaOH yordamida yoki yana bir usuli esa 1 n.KCl eritmasida ajratish.
Alyuminiy guruxlari xar xil tuproklarda va ularning profillarida xilma-xil mikdorda (27-jadval) tarkalgan.Buni S.V.Zon (1982) ma'lumotlarda kurishimiz mumkin.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling