Тупроқларни экологик жиҳатдан баҳолаш ва тупроқ бонитировкаси


Download 62.91 Kb.
bet1/2
Sana27.06.2023
Hajmi62.91 Kb.
#1657041
  1   2
Bog'liq
Tuproq ekologiyasi, tuproqdagi muammolar va ularga qarshi kurash, yer haqidagi qonun va tuproq muhofazasi

Tuproq ekologiyasi, tuproqdagi muammolar va ularga qarshi kurash, yer haqidagi qonun va tuproq muhofazasi


Reja:

  1. Tuproq ekologiyasi.

  2. tuproqdagi muammolar

  3. yer haqidagi qonun va tuproq muhofazasi

Har xil qishloq xo`jaligi ekinlariga nisbatan tuproqni ekologik jihatdan baholash ishlari nisbatan murakkab bo`lib, bu boradagi ishlardan diqqatga sazovori L.L. Shishov, N.I. Karmanov va boshqalarni ishlarini aytish mumkin.


Bular tomonidan ishlab chiqilgan usul tuproq-ekologik ko`rsatkichlariga tayangan bo`lib, yerlarni ball bonitetlari shu asosda hisoblab chiqariladi. Bunda haydalma yerlar, ko`p yillik daraxtzorlar, yaylov va boshqalarni kichik yer maydonchasidan boshlab viloyat, respublika miqyosigacha ball bonitetlarini aniqlash mumkin. Bu usulda tuproqlarni baholash qator vazifalarni yechimini topishga, tuproqlarni baholashga yordam beradi.
1. Sug`orish melioratsiyasi sohasida - sug`orish jarayonida tuproqlarni bonitet ballarini o`zgarishi, qo`shimcha hosilni hisoblash, u yoki bu o`simlikni sug`orish xududlarini aniqlashda bu usulni ahamiyati katta.
2. Dehqonchilikni kimyolashtirishda - jadal texnologiyani birinchi navbatda kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni aniqlashda, o`g`itlardan yana ham samaraliroq foydalanish yo`llarini aniqlashda qo`l keladi.
3. Iqtisod sohasida - ishlab chiqarishni yaxshilashni potensial manbalarini aniqlashda, pul bilan baholashda, foydani qayta taqsimlashda ham usulni ahamiyati katta bo`ladi.
Tuproqni bu usulda baholash uni tabiiy xossa va xususiyatlariga tayanganligi sababli uning unumdorlik darajasini baholashda keskin farqlarga, yaoni haqiqiy holidan keskin farq qiluvchi kattaliklarga olib kelmaydi.
Tuproqlarni bu usulda baholashni afzalliklaridan biri doimo qo`llaniladigan bonitirovkaga o`xshaganligi bo`lib, uni, yaoni tuproqni tabiiy xossa va xususiyatlari, iqtisodiy ko`rsatkichlarini hammasini yaxshilab o`rganish o`rniga hosil yetishtirishdagi barcha texnologik jarayonlarni kuzatish va nazorat qilish kifoya.
Bu usulda tuproqni baholash o`z ichiga 3 bo`limni qamrab oladi.

  1. Xo`jaliklar bo`yicha tuproq-agrokimyoviy va agroiqlimiy ko`rsatkichlarni tayyorlash.

  2. Tuproq-ekologik baho.

  3. Har xil qishloq xo`jalik ekinlariga nisbatan tuproq bonitirovkasi.

Bu usulda maolumotlarni to`plash 5 ta shaklni o`z ichiga oladi.
Xo`jalik to`g`risida umumiy maolumot:

Download 62.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling