Tuproq biogesenozi va oziq zanjiri
Download 6.81 Kb.
|
1 2
Bog'liqTuproq biogesenozi va oziq zanjiri-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Produtsentlar
- Redutsentlar
Tuproq biogesenozi va oziq zanjiri Tuproq biogesenozi va oziq zanjiri Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning popu- lyats iyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa organizmlar va o‘lik tabiatning ta’sirida bo‘lishi bilan birga, o‘z navbatida, o‘zlari ham ularga ta’sir ko‘rsatadi. Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populyatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz — bir-biriga bog‘liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenozning biotik qismi mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlardan tashkil topadi va biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz o‘simliklar (fitotsenoz), hayvonlar (zootsenoz) zamburug‘lar va mikroorganizmlardan (mikrobiotsenoz) tashkil topadi. Biogeotsenozning turg‘unligini moddalarning davriy ayla- nishi (o‘lik tabiatdan tirik tabiatga, tirik tabiatdan esa o‘lik tabiatga tinmasdan aylanishi) orqali ta’minlanadi. Bunda energiya manbayi Quyosh hisoblanadi, uning energiyasi davriy aylanish jarayonida kimyoviy bog‘lar energiyasiga, keyin esa mexanik va issiqlik energiyasiga aylanadi. Biogeotsenozda hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: autotroflar va geterotroflar. Autotroflar asosan o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, ular fotosintez tufayli Quyosh energiyasini o‘zlashtirib, oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburug‘lar, bakteriyalar kiradi Produtsentlar autotrof organizmlar bo‘lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil o‘simliklar hisoblanadi. Sintezlangan organik moddaning bir qismi konsumentlar — geterotroflar, o‘txo‘r hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Ular esa o‘z navbatida go‘shtxo‘r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi. Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanadi. Ular asosan mikroorganizmlardan tashkil topib, hayvon va o‘simliklarning o‘lik tanasini parchalab, organik moddalarni oddiy anorganik moddalarga parchalaydi. Organik moddalarning ko‘p qismi darhol parchalanmay, yog‘och, tuproqning organik qismi, suvdagi cho‘kmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar ko‘p ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilg‘iga (torf, ko‘mir va neft) aylanadi. Har yili Yerda fotosintezlovchi organizmlar 100 mlrd t ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra ko‘proq sintezlanishi natijasida atmosferada CO2 ning miqdori kamayib, O2 miqdorining ortishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmidan sanoat va qishloq xo‘jaligining tobora rivojlanishi atmosferada CO2 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Download 6.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling