Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi. Tuproq buferligi va uning ahamiyati


Tuproq kislotaliligi va uning turlari


Download 161.5 Kb.
bet2/4
Sana07.02.2023
Hajmi161.5 Kb.
#1173374
1   2   3   4
Bog'liq
Tuproq kislotaliligi va ishqoriyligi REFERAT

Tuproq kislotaliligi va uning turlari.


Kislotali reaksiya, ilgari aytilgandek, singdirish kompleksida H+ va A13+ ionlari bo‘lgan (asoslar bilan to‘yinmagan) podzol, chimli podzol, botqoq tuproq va qizil tuproqlar uchun xosdir. Tuproq kislotaliligi aktual va potensial gruppalarga ajratiladi. Tuproqning
p o t e n s i a l(yashirin) kislotaliligi singdirish kompleksidagi almashinuvchi H+ va A13+ ionlarining ta‘sirida hosil bo‘ladi. Potensial kislotalik ham


Ishqoriylikning ortishi


Kislotalikning
ortishi Suli, javdar, zig‘ir Kartoshka
Lyupin
Barcha madaniy ekinlarning rivojlanishi
yuqori Kislotalik tufayli to‘xtagan


Tuproq reaksiyasi (pH) ko‘rsatkichlari

almashinuvchi va gidrolitik shakllarga bo‘linadi. Tuproq bilan eritmadagi tuzlar orasidagi o‘zaro ta‘sir natijasida almashinuv reaksiyasi boradi hamda eritmaga H+ va Al3+ ionlari siqib chikariladi. A l m a sh i n u v ch i k i s l o t a l i l i k tuproqning KCl, NaCl va BaCl2 kabi neytral tuz eritmasi bilan o‘zaro ta‘siri natijasida yuzaga keladi. Almashinuvchi kislotalilikni aniqlashda odatda 1n KC1 eritmasidan foydalaniladi. Bunda quyidagi reaksiya boradi va eritmada xlorid kislotasi hosil bo‘ladi:


Tuproq ] H +KCl Tuproq ]K+HCl (eritmada)
Almashinuvchi kislotalilik ko‘rsatkichi pH bilan hamda 100 g tuproqda mg ekv shaklda ifodalanadi.
Gidrolitik kislotalilik tuproqning gidrolitik ishqoriy tuz, jumladan sirka kislotasining natriyli tuzi (CH3COONa) eritmasi bilan o‘zaro ta‘siri natijasida hosil bo‘ladi. Reaksiya kam ishqoriy muhitda quyidagi sxema asosida kechadi:
Tuproq ] H +CH3 COONa = Tuproq ] Na+CH3 COOH.
Hosil bo‘lgan sirka kislotasining vodorod ionlari eritmaning kislotaliligini belgilaydi. Gidrolitik kislotalilikning ko‘rsatkichi 100 g tuproqda mg/ekv bilan ifodalanadi. Gidrolitik kislotalilik miqdori, odatda almashinuvchi va aktual

kislotalilikdan ko‘p bo‘ladi. Gidrolitik kislotalilik karbonatli tuproqlardan boshqa, ko‘pchilik tuproqlarda uchraydi.



Download 161.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling