Tuproq ona jinsining ma’lum vaqt mobaynida kosmik elementlar ta’sirida yemirilish, nurashi, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mikroorganizmlarning ishtiroki va ularning qoldiq plazmalari xosil bo‘lgan tuzilmadir
-jadval Sug‘oriladigan tuproqlarda xarakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori, (mg\kg)
Download 44.76 Kb.
|
Tuproq ona jinsining ma
4-jadval
Sug‘oriladigan tuproqlarda xarakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdori, (mg\kg)
Tuproqdagi kaliy miqdori. O‘rta Osiyo tuproqlari umumiy kaliyni miqdoriga boy. Paxtachilik zonasidagi asosiy tuproqlarda uning miqdori 1-3 foizni tashkil qiladi va tuproq hosil qiluvchi jins tarkibiga bogliq bo‘ladi. Bo‘z tuproqlar ancha miqdorda kaliy tuzi bilan farqlanadi. Bo‘z tuproqlarning kaliyga boyligi ularni shamoldan kuchsiz ta’sirlanishi bilan xarakterlanadi. Tuproqdagi kaliy to‘rt xil shaklda bo‘lib: alyumosilikatlar (dala shpati, muskovit, biotit va boshqalar) almashinmaydigan, almashinuvchan va suvda eriydigan shaklda uchraydi. O‘simlik asosan suvda eriydigan va almashinuvchan shakldagi kaliyni o‘zlashtiradi. Suvda eriydigan kaliy tuproqda juda oz miqdorda bo‘ladi va uning miqdor ko‘rsatkichi sifatida tuproqdagi o‘zlashtiriladigan kaliy miqdoridan foydalanadi va bu xam xuddi xarakatchan fosforni aniqlashganidek tuproqdan bir foizli ammoniy karbonat eritmasi bilan ajratib olinib, alangali fotometrda aniqlanadi va almashuvchan kaliy bilan ta’minlanish darajasini aniqlashdaquyidagishakldan foydalaniladi: •0-100 juda kam ta’minlangan; • 101-200 kam ta’minlangan; •201-300 o‘rtacha ta’minlangan: • 301-400 yetarli ta’minlangan; • 400 dan ortiq, yuqori darajada ta’minlangan. O‘tloqli tuproqlarda esa 0,02-0,15 foizni, tuproqlarda 0,16-0,20 foizni tashkil qiladi. utloqi-botqoqli Umuman respublika g‘o‘za hokimligi oqibatida ko‘pchilik maydonda tuproq unumdorligi pasayib ketdi, 35 foizdan ortiq maydonda tuproqdagi gumus bir foizdan oshmaydi. Shuning uchun organik o‘g‘it yig‘ib chiritish va uni asosan yerga haydash oldidan solishni keskin ko‘paytirish kerak. Organik o‘g‘itlar solingan tuproqlarda uning strukturasi yaxshilanadi, natijada tuproqning nam saqlash xususiyati, issiqlik va havo almashinuvi yaxshilanadi. Ma’lumki, tuproqda bir vaqtning o‘zida bir-biriga qarama qarshi ikki jarayon sodir bo‘ladi: a) Eski gumusning yemirilishi. 6) Yangisining tiklanishi. Bu ikki jarayon o‘rtasidagi eng qulay vaziyat tuproqqa yangi organik moddalarning qo‘shilishi natijasida vujudga keladi. Biroq O‘zbekistonning barcha pomidor ekiladigan maydonlarida, jumladan, Farg‘ona viloyatida keyingi 30-40 yil ichida, tuproqqa mineral o‘g‘itlarning normalarini oshirilgan qo‘llash monokulturaning avj olishi, hamda organik o‘g‘itlarni kam qo‘llash oqibatida, chirindi moddalarning tuproqdagi miqdori kamayib bormoqda. Shuning uchun dehqonchilikni jadal rivojlantirishning asosiy omillaridan biri tuproq chirindisini ko‘paytirish va shu yo‘l bilan tuproq unumdorligini oshirishdir (5-jadval). Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling