Tuproq ona jinsining ma’lum vaqt mobaynida kosmik elementlar ta’sirida yemirilish, nurashi, o‘simlik va xayvonot dunyosi, mikroorganizmlarning ishtiroki va ularning qoldiq plazmalari xosil bo‘lgan tuzilmadir


Jadval Tuproq xavosi bilan atmosfera xavosining farqlari


Download 44.76 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1483110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tuproq ona jinsining ma

Jadval
Tuproq xavosi bilan atmosfera xavosining farqlari.

Atmosfera xavosi

Tuproq xavosi

Azot – 79.01 %

Azot – 79.01 %

Kislorod – 20.96 %

Kislorod – 20.30 %

Karbonat angdrid – -0.03 %

Karbonat angdrid – -0.10 – 0.05 %

Tuproqni zichlashishi o‘simlik ildizini tuproq havosidan va namlikdan foydalanishini qiyinlashtiradi.


G‘o‘zani rivojlanish va hosil to‘planishida kultivatsiyani axamiyati katta chunki, normal nitrifikasiya sodir bo‘ladi. Aks holda xavosiz sharoitda yashovchi bakteriyalar tuproqda keng tarkalgan. Agar biz buni faoliyatini belgilovchi reaksiyani ifodalasak u xolda
HNO3=>HNO2-N2O-N2 azot II oksid
bu jarayon denitrifikatsiya deb atalib hozirgacha denitrifikatorlar faqat zichlashgan tuproqlarda bo‘ladi deb atalgan.
Lekin Ye.N.Mishustin tomonidan aniqlanishicha, bunday bakteriyalar donadorligi juda yaxshi tuproqlarda ham yuksak saviyada bo‘lar ekan. Chunki bunday tuproqlarni ham qisman zichlashgan joylari bo‘lib ana shu yerlarda yuqoridagi bakteriyalarni uchratish mumkin. Tuproqdagi azot faqat denitrifikatsiya bakteriyalari orqali yo‘qolmay ko‘p qismi yer osti suviga yuvilib ketar ekan. Tuproqdagi organizmlar orasida "metobolizm" xususiyati yaxshi tarqalgan, shunga ko‘ra biz denitrafikasiya jarayoni faqat ziyon keltiruvchi jarayon deb tushunmasligimiz kerak. Chunki tuproqda erkin yashovchi azotobakteriyalar bor bo‘lib, ular ana shu mahsulotdan foydalanadilar.
Tuproq xillari, ularni unumdorligini yaxshilash omillari. Respublikamiz tuproqlari turli tiplarga bo‘lingan, ular kelib chiqishi bo‘yicha avtomorf va gidromorflarga bo‘linadi.
O‘zbekiston sharoitida avtomorf (sizot suvlari chukur joylashgan) va gidromorf (sizot suvlar yuza joylashgan) tuproqlar tarkalgan.
Avtomorf tuproqlarga och vertikal holatda joylashgan och, tipik, to‘q tusli bo‘z, saxro zaminda tarqalgan taqirsimon, taqir, bo‘z-ko‘ngir va saxro qum tuproqlari kiradi. Bo‘z tuproqlar O‘zbekistonda ancha maydonni tashkil etadi. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sun’iy sug‘orishlar natijasida hosil bo‘lgan. Sun’iy sug‘orish tuproqning fizik, kimyoviy, biologik va boshka xossalariga ta’sir qiladi va bu xossalarni oz yoki ko‘p darajada o‘zgartiradi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar deganda yer osti suvi chuqur joylashgan, sug‘oriladigan ekinlar ekish uchun foydalanilayotgan tipik bo‘z tuproqli yerlar tushuniladi, ularni boshqa bo‘z tuproqlardan farqi quyidagilar: sug‘orish natijasida ishlanadigan qavatning xamma joyi bir xil bo‘z rangli bo‘ladi, qo‘riq yer paytidagi belgilarning qoldiqlari aniq ko‘rinib turadi: haydov qatlam (25-30-35 santimetr) bir xil rangda; xaydov qatlam osti zichlashgan, plug tovon deb nomlanadi, bu xolat suvni pastga o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi; mexanik tarkibi og‘irroq bo‘ladi. Demak, tipik sug‘orilayotgan bo‘z tuproqlarning mexanik tarkibini o‘zgarishiga agroirrigatsion tadbirlar sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Tipik bo‘z tuproqlar tarkibi xam yillar o‘tishi bilan o‘sha yerlarga ekilayotgan ekinlar va dehqonchilik madaniyatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Agar 1955 - yillarda shu tuproqlarning yuqori qatlamlari chirindi va mineral moddalarga boy bo‘lgan bo‘lsa, 1985 - yillarga kelib ular sezilarli darajada kambag‘allashib qolgan. Masalan, 1955 - yilda kamida 100 yildan buyon sug‘orilib ekin ekilgan tipik bo‘z tuproq tarkibida quyidagicha chirindi, azot va fosfor bo‘lgan (jadval 5). Demak, bundan 25-30 yil ilgari tipik bo‘z tuproqlarimizning unumdorligi hozirgi davrdagidan yaxshiroq bo‘lgan ekan.
Bo‘z tuproqlarning keng tarqalgan gruppasidan biri bu och tusli bo‘zlardir. Ular daryo terrasalarining tekisroq relyefi ustki qismida va tog‘ etaklaridagi nishob yonbag‘irlarga joylashgan, Bunday joylarga xam suv chiqarilib paxta yetishtirilmoqda. Och tusli bo‘z tuproqlar tarkibida chirindi kamroq bo‘lgani uchun rangi ochroqdir. Gumusli qavat yaxshi ajralib turmaydi, karbonatli yoki gipsli qavat yuqoriroqda joylashgan (tipik bo‘z tuproqqa nisbatan) och tusli bo‘z tuproqlar tarkibida diametri 0,05-0,01 millimetr zarralar 50-70 % o‘rtasida bo‘ladi, kalsiyli karbonat ko‘p bo‘ladi. Bu tuproqlar tarkibi analiz qilinsa kremnezem, temir oksidi. alyuminiy va fosfor oksidi, magniy, kalsiy, molibden, kaliy, natriy kabi elementlardan iborat ekanligi ko‘rinadi. Bu tuproqlarni singdirish sig‘imi uncha katta emas, bor-yo‘g‘i 8-10 milligramm ekvivalentini tashkil etadi (100 gramm tuproqda). Sababi kalloid zarrachalar kam, ular singdiruvchi kompleksda asoslarga yaxshi to‘yingan bo‘ladi, demak, bu tuproqlar karbonatlarga boydir, singdirilgan kalsiy va magniy yig‘indisi odatda almashish sig‘imining 90-94 % ni tashkil etadi, qolgan 6-10 % KNO3 dan iborat, lekin Na juda kam bo‘lib 2-3 %dan oshmaydi.
Och tusli bo‘z tuproqlar tarkibida chirindi miqdori haydov qatlamida 0,65-1,32 % o‘rtasida, azot miqdori 0,040-0,058 % ni tashkil etadi. Bu miqdorlar tipik bo‘z tuproqlarga qaraganda kamdir. Bu tuproq noto‘g‘ri agroirrigatsion ishlar qo‘llanilsa sho‘rtob yerlarga tezroq aylanadi, ya’ni tuproq kapillyarlari bo‘zib turishmasa pastki qavatdagi Cl tuzlarining ko‘tarilishi asosan yer usti qismida sodir bo‘ladi, natijada qayta sho‘rlanish jarayoni boshlanadi. 
Masalan, Farg‘ona viloyatining sharqiy qismida to‘q tusli bo‘z tuproqlar uchraydi. Bu tuproqlarda sernam, mayin iqlimga mos (bahori uzunrok (mezotermik), xavo va tuproq xarorati biroz pastrok).



Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling