Tuproq payda boliwishida tashqai omillarning orni
Download 118.05 Kb.
|
6 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qora rang
Tuproqlar fizikasi
Tuproq hosil bo`lish jarayonining tashqi ifodasiga tuproq morfologiyasi deyiladi, (tashqi ko`rinishi desa ham bo`ladi). U tuproqning ichki kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalarini ifodalaydi. 1. Tuproq kesmasi – tuproqning morfologik belgilarini o`rganish uchun qaziladi. Unda pastga tomon genetik qatlamlar bo`ladi. Ularning yig`indisi tuproq kesmasi deb ataladi. Qatlamlar asosan 3 ga bo`linadi va ular lotin harflar bilan belgilanadi. A – ustki, qatlam bo`lib bu ham o`z navbatida qatlamchalarga bo`linadi: Ao – o`simliklar qiyi (to`shagi); A1 – chirindili – akkumlyativ qatlam, chirindi – (gumus) qatlami; A2 – yuvilma yoki elyuvial – suv yuvib ayrim moddalarni pastga tushiradi. *B – Illyuvial oraliq - shimilma qatlam. Yuqoridan kelgan moddalar shu qatlamda to`planadi _________________________________________ *B – o`tuvchi (oraliq)- ilyuvial (shimilma).qatlam M=A+B – tuproqning qalinligini (M) tashkil qiladi. Qalinlik bir necha sm-dan 150-250-300 sm.gacha bo`ladi. Qadimgi madaniy-agroirrigatsion qatlam ( ayniqsa O`rta Osiyoda) qalin bo`ladi. S – Ona jins – turlicha bo`ladi. 2. Tuproqning rangi – ona jinsga bog`liq holda xilma-xil bo`ladi. Tuproq tiplari uning rangiga (tusiga) qarab nomlanadi. Lekin, bular nisbiy bo`lib birontasi ustunlik qiladi va o`sha inobatga olinadi. Buyo`q tuproqshunos olim S.A.Zaharov tuproqlarning ranglar uchburchagini quyidagicha tavsiya etgan: S.A.Zaxarov fikriga ko`ra, tuproqlarning ranglari shu 3 rangning uyg`unligidan hosil bo`ladi. Qora rang - organik moda, chirindining ko`pligidan darak bersa, oq rang – kvars, kaolinit, ohak, gipsning ko`pligidan, qizg`ish, sarg`ish rang esa temir (III) – oksidi – gidiridi (Fe2O3 • n H2O) ning ko`pligidan nishona. Qora dog`lar marganes ko`pligini bildiradi. Dog`lar va ranglar tuproqning sifatlaridan darak beruvchi indikator bo`lib, tuproqning qay sharoitda paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Rus dehqonlari tuproqlarning 25 xili va kichik xilchalarni ajratishgan. Download 118.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling