Tuproq payda boliwishida tashqai omillarning orni
Download 118.05 Kb.
|
6 amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Plitasimon
- 4. Tuproqning yangi aralashmasi .
3. Tuproq strukturasi kuchsiz, mexanik kuch ta`sirida tuproq zarralarini birlashtiruvchi gil (loy) kolloidlarga, chirindiga, singdirish qobiliyati, eritmasiga bog`liq holda shakllanadi.
U asosan 3 tipga bo`linadi: 1) Kubsimon - tuproq struktura bo`lakchalari 3 o`q yo`nalishi bo`yicha bir xil bo`ladi. Bu palaxsasimon, kesaksimon, yong`oqsimon va donador turlarga bo`linadi. Bo`lakcha kattaligi, shakli inobatga olinadi. 2) Prizmasimon (ustunsimon) bo`lakchaning bo`ylama o`qi enlama o`qidan katta bo`ladi. Bu ustunsimon, prizmasimon turlarga bo`linadi. Bo`lakchalar kattaligi 1 sm. dan 5 sm.gacha bo`ladi. 3) Plitasimon – bunda enlama o`qlar bo`ylamadan keskin katta bo`ladi. Bu plitasimon va tangasimon turlarga bo`linadi. Bo`laklar kataligi 1 mm.dan 5 mm.gacha bo`ladi. (Bu Zaharov klassifikatsiyasi). Zaharov ularni tip, tur-xillarga ajratadi. Struktura namlanganda yemirilmaydigan chin sof strukturaga va yemiraladigan soxta strukturaga bo`linadi. Struktura shaklining o`lchamlariga qarab quyidagicha bo`ladi. 0,25 mm.dan katta bo`lsa – makrostruktura; 0,25 mm.dan kichik bo`lsa – mikrostruktura deyiladi. Yerga ishlov berilmasa, struktura bo`ziladi. 4. Tuproqning yangi aralashmasi. Tuproq hosil bo`lish jarayonida har xil yaralmalarning paydo bo`lishga – tuproqning yangi yaralmasi deyiladi. Masalan: illyuvial qatlamda ko`mir kislotasi tuzlarining paydo bo`lishi, botqoqlar pastki qatlamida ko`kish, zangori dog`larning paydo bo`lishi. Ular kimyoviy va biologik yo`l bilan paydo bo`ladi. Kimyoviy yo`l bilan tuproq zarrachalari orasidagi bo`shliqlarda «tomirchalar», «naychalar», «qo`g`irchoqlar» va gips konkretsiyalari paydo bo`ladi. Biologik yo`l esa o`simlik va hayvonlar bilan bog`liq. 5. Tuproq qo`shilmasi Inson faolyati tufayli tuproqqa qo`shilgan qoldiq jismlar kiradi. Bularga arxeologik topilmalar, suyak, sopol, g`isht kabilar misol bo`ladi. 6. Tuproqning mexanik tarkibi (zarralari donadorligi)ni namlab soqqa, pilik, halqalar tayyorlab qo`lda bilish mumkin. Bu tuproqning suv o`tkazuvchanligini, suv sig`imini, ishlov berish xususiyatlari va o`simlik o`sish sharoitlarini belgilab beradi. Download 118.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling