Tuproq paydo qiluvchi jinslarning minerelogik va mexanik tarkibi


Download 60 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi60 Kb.
#1053677
  1   2
Bog'liq
1404299693 52577


Tuproq mineral va organik qismining kelib chiqishi va tarkibi

Reja:




  1. Tuproq paydo qiluvchi jinslarning minerelogik va mexanik tarkibi.

  2. Tuproq ona jinsi va tuproqning mexanik tarkibi, uning ahamiyati.

  3. Tuproqdagi organik moddalar manbai.

  4. Tuproq gumusining hosil bo’lishi, tarkibi va hossalri.

  5. Gumusning tuproq paydo bo’lishidagi va unumdorligidagi ahamiyati.

Mustaqil tabiiy jism- tuproq qattiq (minyeral va organik zarrachalar), suyuq (tuproq yeritmasi), gazsimon (tuproq xavosi) va tirik jonovorlar tuproq organizmlari kabi bir-biri bilan bevosita bog’liq bo’lgan turli qismlardan iborat ko’p bazali dispyers (turli zarrachalar to’plamidan tashkil topgan) sistemadir.


Tog’ jinslarining tarixi bir-biri bilan bevosita bog’liq fizik, kimyoviy va bilogik turlarga bo’linadi. Ona jinslar kelib chiqishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: Elyuvial, delyuvial, allyuvial, ko’l, prolyuvial, muz yotqiziqlari, dengiz, eol yotqiziqlari va leoss jinslariga bo’linadi.
Ellyuvial jinslar yoki elyuviy- tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash qobog’ida o’z joyida qolib to’planishidan hosil bo’ladi. Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg’ir va yerigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog’ yonbag’irlariga keltirib to’plashidan hosil bo’ladigan yotqiziqlarga aytiladi.
Alluvial yotqiziqlar yoki allyuviy- doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog’liq yotqiziqlardir. Toshqilar natijasida daryo sohillari va daryo bo’ylarida ko’p to’planadi.
Alluvila yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Oxangaron, Murqab, Jahon daryolari vodiylarida sohil va deltalarda keng tarqalgan bo’lib, ko’pgina gidramorf tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. Кo’l allyuvial yotqiziqlar ko’l va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda yergan muz suvlarining pastqam tekisliklaridagi havzalarida hosil bo’ladi. Sho’r ko’llar qurigach sho’rhoklarga aylanadi. Proluvial yotqiziqlar yoki prolyuviy – tog’li o’lkalarda bahorda yergan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog’in suvlari sel oqimlari natijasida hosil bo’ladi. Prolyuvial tog’ yonbag’irlari va tog’oldi yoyilmalarida keng tarqalgan.
Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar- muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag’al toshlardan iborat jinslardir. O’rta Osiyoda muzlik yotqiziqlari maydoni uncha ko’p emas. Baland va o’rta tog’li rayonlarda tarqalgan.

Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengizlar o’rnida va to’rtlamchi davrlarda dengizlar trangressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo’lgan yotqiziqlardan iborat.


Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo’lish, yaxshi yaxshi saralashganligi va tuzlarni ko’p saqlashi bilan haraktyerlanadi. Eol yotqiziqlari shamolning turli tog’ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo’ladi. Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho’l zonasida bo’lib, qum barxanlari, qum tepachalari, mo’tadil iqlimli dengiz qirg’oqlari hamda daryo vodiylarida o’ziga xos qum tepalar- donador shakldagi releflar yuzaga keladi. Lyoss va lyossimon yotqiziqlarda tabiiy unumdorligi yuqori bo’lgan bo’z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo’ladi.
Jinslar va tuproqlardagi turli o’lchamli alohida zarrachalar mexanik elementlar deyiladi. Кelib chiqishiga ko’ra mexanik elementlar: menyeral, organik va organo-minyeral zarrachalardan iborat.
Tuproq yoki jinslardagi turli katta-kichiklikdagi mexanik elementlarning foiz bilan ifodalanadaigan nisbiy miqdorlarlarga mexanik tarkibi deb ataladi. Tuproq va jinslarning mexanik tarkibi uning fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga qarab bir nechta gruhlarga ajratiladi.
Mexanik tarkibining klassifikatsiyada «fizik qum» va «fizik loy» fraksiyalarining nisbati asos qilib olingan. Demak, mexanik tarkibni aniqlayotganda tuproqlar kelib chiqishining genetik xususiyatlariga e’tibor berish lozim.
Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Bu organik moddalar o’simliklari, jonivorlar va mikroorganizmlarining har-xil darajada chirigan qoldiqlaridan hamda tuproqning o’ziga xos modasi – gumus yig’indisidan iborat.
Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekular modda kompleksi bo’lib, qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir.
Tuproqlar organik qismining tarkibida: gumus-85%, o’simliklar qoldiqlari-10%, tuproq florasi va faunasi 5% atrofida bo’ladi.
Organik brikmalarning tuproqda parchalanishi murakkab va uzoq kechadigan jarayon bo’lib, undan mexanik, fizik, biologik va biokimyoviy omillar natijasida juda murakkab o’zgarishlar ro’y beradi. Mukammal tuzilgan strukturali organik brikmalar oddiy shakldagi brikmalargacha, jumladan, to’liq minyerallashgan (CO2, NH3, H2O kabi) mahsulotlarga qadar parchalanadi va qisman gumus moddalari to’planadi va ushbu jarayonda mikro va makro organizmlarni roli katta. Tuproq fyermentlari organik qoldiqlarning qayta o’zgarishida faol qatnashadi.
Tuproqda turli kimyoviy brikmalarning parchalanishi va murakkab o’zgarishi ro‘y beradi: oqsillarning parchalanishi; mono-va disaxaridlarning o’zgarishi; kraxmal gidrolizi; sellyulozaning aromatik brikmalari; lipidlar parchalanishi. Organik moddalar o’zining tabiati va tuproq paydo bo’lish jarayonlaridagi roliga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 1. Spesifik xususiyatga ega bo’lgan. 2. Spetsifik xususiyatga ega bo’lmagan organik moddalar.
Birinchi guruh o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan organik moddalar tuproq gumusidan iborat bo’lib, u organik moddalarning 85-90% tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga xos xususiyatga ega bo’lmagan organik moddalar kiradi va uning tarkibida organik kimyoviy ma’lum bo’lgan turli azot saqlovchi va azotsiz organik moddalar mavjud, ular organik moddalarning 10-15% ni tashkil etadi.
Har qanday tuproqda bir vaqtning o’zida ikki jarayon: 1) minyerallanish-murakkab organik brikmalarning oddiy moddalar (CO2, NH3, H2O kabi) gacha parchalanishi va 2) gumufikatsiya- gumusning hosil bo’lish jarayoni ro’y beradi.
Gumus hosil bo’lish tezligi, uning borish xaraktyeri qator omillarga, jumladan o’simliklar qoldig’ining miqdori va kimyoviy tarkibiga, tuproqning namligi va aeratsiyasiga, muhit reaksiyasiga (rN), oksidlanish-qaytarilish sharoitiga mikrobiologik faoliyatining intensifligiga, mikroorganizmlar guruhlari tarkibiga, tuproq minyeral qismining tarkibiga, kimyoviy holatiga bog’liq.
Gumus – murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekular modda kompleksi bo’lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda minyeral qismi bilan juda mustahkam birikkan o’ziga xos moddadir. Gumusning tarkibi asosan quyidagi uch guruh organik moddalardan iborat: 1)hali chirimagan o’simlik va hayvon qoldiqlari tarkibidagi dastlabki moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, lipidlar va boshqalar); 2) gumusga aylanayotgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, fenol, monosaxaridlar va boshqalar); 3) gumus moddalari, gumusning o’ziga hos asosiy spetsifik qismi bo’lib, barcha gumus tarkibining 85-90% ini tashkil etadi. Gumusning o’ziga xos bo’lmagan qismi hisoblangan birinchi va ikkinchi gurux organik moddalar gumusning 10-15% ini tashkil etadi.
Gumusning kimyoviy tarkibi o’simliklar qoldiqlari tarkibidan farq qiladi va gumus tarkibida o’simliklarga nisbatan uglerod va azot miqdori ko’payib, kislorod va vodorod aksincha kamayadi. Gumus moddalar tarkibi quyidagilardan iborat: 1) gumin kislotalari; 2) fulvokislotalar va guminlar.
Gumin kislotalari – siklik tuzilishga ega bo’lgan azot saqlovchi yuqori molekular organik kislota bo’lib, suvda kam yeriydi, minyeral kislotalarda esa yerimaydi. Gumin kislotalari ishqorlarda eriydi, ular yeritmasi qoramtir rangda bo’lib, to’q jigarrangdan qoragacha o’zgarib turadi. Gumin kislotalar tarkibida Sq50-62%, Nq2,8-6,6%, Oq3-6% dir. Ular tarkibida kul elementlari 1-10% atrofida. Gumin kislotalar tarkibida aromatik va geterotsiklik komponentlar 50-60% uglerod komponentlari-25-30%, funksional guruxlar 10-25% atrofida bo’ladi. Gumin kislotalari tuproqning minyeral qismi bilan o’zaro ta’sirlanishib, uning tuzlari (gumatlar)ni hosil qiladi. Natriy, kaliy, ammoniy gumatlar suvda yaxshi eriydi. Кolloid shakldagi gumatlar tuproqda ilyuvial qatlamlargacha yuvilib cho’ktirilishi mumkin masalan, sho’rtob tuproqlarda ushbu jarayon yaxshi ifodalangan.
Кalsiy va magniy gumatlari suvda erimaydi va tuproqda gil holida ushlanib, mexanik element zarrachalarini biriktirib, sementlab suvga chidamli struktura hosil qiladi.
Fulvokislotalar – gumin kislotalar kabi azot saqlovchi yuqori molekular organik kislota bo’lib past konsentratsiyada och sariq, yuqori konsentratsiyada jigarrang maxsus brikma bo’lib uning tarkibida uglyerod gumin kislotadan ko’ra ancha kam, kislorod ko’proq saqlashi, kislotalar va ishqorlarda erishi bilan farq qiladi. Suvli eritmasi kuchli kislotali (rN 2,2-2,8) xususiyatga ega. Fulvokislotalar juda harakatchan bo’lganidan tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalarning yuvilib ketishiga olib keladi. Gumusda gumin kislotalari ko’payganda fulvokislotalarning kimyoviy faolligi pasayadi.
Guminlar – gumusning ishqorlarda erimaydigan qismi bo’lib, qisman minyerallar bilan mustahkam brikkan gumin kislotalari va qiyin eriydigan organik qoldiqlardan iborat. Gumus tarkibida guminlar 15-20, ba’zi tuproqlarda40-48% ga yetadi.
Tuproqning gumusli holati deganda organik moddalarning morfologik belgilari, umumiy zahirasi, uning hosil bo’lishi, o’zgarishi hamda tuproq profili bo’ylab harakati kabi jarayonlarning yig’indisi tushiniladi. Tuproqning gumusli holatini ko’rsatuvchi belgilar – organik moddalar miqdori va zahirasi, uning tuproq qatlami bo’ylab tarqalishi, azot bilan boyiganligi, gumus hosil qilish darajasi, gumus kislotalarning tiplari va ularning alohida belgilari. Turli tuproqlarda gumusli holati bir xil emas. Tuproqning guruh va fraksiya tarkibi ajratiladi. Guruh tarkibi deganda gumin kislota, fulvokislota va gumusning gidrolizlashmaydigan qoldig’i miqdorlari tushiniladi.
Gumin kislotaning fulvo kislotaga nisbati asosida (Sg.k:Sf.k) tuproq gumusi quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) fulvat (S g.k:S f.k < 06), 2) gumat – fulvat (0,6-0,8), 3) fulvat-gumat (0,8-1,2), 4) gumat (>1,2). Tuproq gumusining fraksion tarkibi deyilganda gumin kislota va fulvo kislotalar fraksiyalarining tuproq minyeral qismi bilan bog’lanish darajasiga ko’ra guruhlarga ajratish tushiniladi:
Tuproqning hajm og’irligi tabiiy holatdagi bir kub santimetr quruq tuproqning gramm hisobidagi og’irligini shu hajmdagi Q40S da olingan suv og’irligi bo’lgan nisbatiga aytiladi va g/sm3 bilan ifodalanadi. Tuproqning hajm og’irligining unumdorligini belgilashda, ayniqsa madaniy o’simliklarning normal rivojlanishida ularning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproq hosil bo’lish jarayonida bo’shliqlarning umumiy hajmiy yig’indisiga tuproqning g’ovakligi deyiladi.
Tuproqning g’ovakligi uning solishtirma og’irligiga bog’liq. Ularning o’zgarishi bilan g’ovaklik ham o’zgarib boradi.
R=(1-(H.O)) x 100%)

R- tuproqning umumiy g’ovakligi % hisobida.


Tuproqning g’ovakligi uning muhim hususiyatlaridan biridir. G’ovaklarning mavjudligi havo almashinish (ayerasiya) va suv harakatiga ijobiy ta’sir etadi.


G’ovaklik tuproqning mexanik tarkibi bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura hosil qilishda muhim rol o’ynovchi organik moddalar, jumladan gumusning ayerob sharoitda tez minyerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi gumus kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tuproqda mo‘tadil mikrobiologik jarayonlarning bo’lishi muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning fizik hossalaridan eng asosiylari, bu tuproqning solishtirma og’irligidir. Tuproqning solishtirma og’irligi deb ma’lum hajmdagi tuproq qattiq qismi og’irligini shunday hajmdagi Q40S darajadagi suv og’irligiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Qattiq fazasining zichligi tuproq tarkibidagi organik moddalar miqdoriga va minyeral qismi komponenetlarining nisbatiga bog’liq. Tuproq qattiq fazasidagi organik moddalarning qattiq fazasi zichligi 0,2-0,5 dan 1,0-1,4 g/sm3 gacha, minyeral birikmalardan iborat qismida esa 2,1-2,5 dan 4,0-5,18 g/sm3 gacha o’zgaradi.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling