Tuproq qoplamining mintaqalarda tarqalishi Reja


Tabiat mintaqalari tuproqlari


Download 26.96 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi26.96 Kb.
#1560120
1   2   3
Bog'liq
Tuproq qoplamining mintaqalarda tarqalishi Reja

Tabiat mintaqalari tuproqlari


Yevropaning shimoliy qismlari qu„tbiy bioiqlim oblastini tashkil etadi va arktik hamda subarktik tundra tuproqlar mintaqasiga bо„linadi.
Arktik va subarktik mintaqaning umumiy maydoni 2565,8 ming kv.km. ni tashkil etadi.
Arktik mintaqa shimoliy muz okeanidagi orollar va Rossiyaning shimoliy qismidagi dengiz chegaralari, Norvegiyaning shimol va Alyaska territoriyasini о„z ichiga oladi. Zona juda sovuq iqlim sharoitiga ega. Yog„in miqdori 150-300 mm atrofida. Tuproqlar kо„p davr muzlagan holatida bо„lib, faqat yozdagina 2-2,5 oy mobaynida 30-50 sm qalinlikdagi qatlami eriydi. Mintaqaning arktik chо„l qismida о„simliklar asosan kо„k, yashil suv о„tlari, lishaynik va mayda moxlardan iborat.
Arktik tundra poligonal tuproqlarni tashkil topgan. Mintaqaning materik qismida dengiz bо„ylaridagi shо„rlangan jinslarda karbonatli va shо„rhokli tuproqlar tarqalgan.
Subarktik mintaqadagi yillik о„rtacha temperatura +0,20 S dan –90S gacha, Osiyo qismida esa –160S ni tashkil etadi. Iyulda о„rtacha temperaturasi +11+13 atrofida.
Yillik yog„in miqdori о‟rtacha 300 mm ni tashkil etadi. Lekin Kola yarim orolida u 400 mm atrofida bо„lib, sharqqa borgan sari kamayib boradi, sharqiy Sibirda 140-160 mm atrofida bо„ladi. Zonaning harakterli tuproq-iqlim sharoitlaridan biri bu yerda ham abadiy muzlik qatlamlarining bо„lishidir.
Subarktik mintaqada zonal tuproq tipi tundraning gleyli tuproqlaridir. Bundan tashqari ayniqsa, mintaqaning janubiy qismida botqoq tuproqlar, allyuvial – tundra – chimli tuproqlari va shо„rhrlangan tuproqlar keng tarqalgan.
Tundra gleyli tuproqlarning harakterli morfologik xususiyatlari sovuq va sernam sharoitdagi protsesslar mobaynida hosil bо‟lgan torfli va gleyli /berchlangan/ qatlamlarni bо„lishidir.
Tundra gleyli tuproqlari 2 podtipga bоlinadi: 1) chimli, gleyli; 2) Torfli-gleyli podtiplarga bо‟linadi.
Tundra tuproqlarida chirindi miqdori 1-3 % atrofida. Tundraning kо‟pchilik qismida asosan bug‟uchilik rivojlangan lekin hozirgi vaqtda bu zonada ochiq gruntda madaniy ekinlarni yetishtirish ham mumkin. Bu yerda kartoshka, karam, piyoz, lavlagi, sholg‟om, arpa yetishtiriladi. Bu tuproqlardan qishloq xо‟jaligida foydalanganda ularning issiqlik va havo xossalarini yaxshilash zarur. Ayniqsa, orgaik о„g„itlarni (torf, kompost, baliq sanoati chiqindilar) kо„proq berish tuproq xususiyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Dehqonchilikda kо„proq yengil mexanik tarkibli tuproqlarni foydalaniladi.

Download 26.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling