Tuproq rejimlari va ularni boshqarish. Reja. Tuproqdagi suvlarning turlari


Download 40.76 Kb.
bet10/10
Sana19.04.2023
Hajmi40.76 Kb.
#1362422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TUPROQ REJIMLARI VA ULARNI BOSHQARISH

Tuproqning oziq rejimi. Tuproq unumdorligini ifodalaydigan asosiy ko’rsatgichlardan biri undagi oziq moddalar va suv hisoblanadi. O’simliklarning ushbu moddalarga bo’lgan talabini qondirish dehqonchilikdagi dolzarb muammo sanaladi.
Tuproqning oziq rejimiga ildiz mikroflorasi, suv o’tlar, undagi sodda hayvonlar, organik moddalar, mikrobiologik jarayonlar, tuproqning fizik-kimyoviy xossalari va boshqalar bevosita tasir ko’rsatadi.
Tuproq oziq rejimini boshqarish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi:
1.  Tuproqni oziq moddalar bilan boyitish;
2. Tuproqdagi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan shakldagi oziq moddalarni o’zlashtiriladigan, harakatchan holatga aylantirish;
3.  O’simliklar oziqlanishi uchun optimal sharoit yaratish;
4. Tuproqdagi oziq moddalar miqdorining kamayishiga qarshi kurashish.
Tuproqlarni oziq moddalarga boyitish uchun yerga o’g’itlar solinadi. Tuproqdagi oziq moddalarning ko’pchilik qismi o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan yoki o’zlashtira olmaydigan murakkab organik birikmalar tarkibida bo’ladi. Dehqonchilikdagi muhim masalalardan biri almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish va boshqa tadbirlardan ilmiy asoslangan xolda samarali foydalanish, o’simliklar qiyin o’zlashtiradigan shakldagi oziq moddalarni oson o’zlashtira oladigan holatga o’tkazishdan iborat.
O’simliklar oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratish uchun tuproq xossalarini yaxshilash, buning uchun esa zaruriy agrotexnikaviy va meliorativ tadbirlarni o’z vaqtida samarali o’tkazish lozim.
Keyingi yillarda o’simliklarni oziqlantirishning biologik usuli keng ko’lamda tarqalmoqda. Bunda o’simliklar ildizida va ildiz atrofida (rizosferada), ildiz ichida (geterotrof va simbiotraf) oziqlanadigan tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar va zamburug’lar)ga katta ahamiyat berilmoqda.
Sinov savollari;
1. Tuproqning qanday rejimlari bor?
2. Tuproqning suv rejimi nima va u qanday boshqariladi?
3. Tuproqning havo rejimi nima va u qanday boshqariladi?
4. Tuproqning issiqlik rejimi nima va u qanday boshqariladi?
5. Tuproqning oziq rejimi nima?
Read 6594 times
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
More in this category: « Tuproq unumdorligi va madaniyligi Тупроқнинг сув хоссалари »

Download 40.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling