Tuproq sanitar gigenik ahamiyati
Aholi turar joylarini chiqindilardan tozalashning gigiyenik asoslari
Download 134 Kb.
|
Tuproq sanitar gigenik ahamiyati
10.3. Aholi turar joylarini chiqindilardan tozalashning gigiyenik asoslari
Zamonaviy shaharlar, shahar turkumiga kiruvchi tuman markazlari va aholi yashash posyolkalarining qurilishi aholi sonining ortib borishi bilan bog‘liq holda aholi yashash joylarini turli xildagi sanoat va xo‘jalik chiqindilaridan tozalash muammosining gigienik ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Insonlarning hayoti va mehnat faoliyatlari juda katta miqdordagi chiqindilarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular 2 guruhga bo‘linadi: - suyuq chiqindilar (ifloslangan idishlar, kir yuvishdan hosil bo‘ladigan suvlar, umumiy ovqatlanish muassasalaridan chiqariladigan suvlar, kundalik turmushdan va sanoat korxonalaridan chiqariladigan suyuq chiqindilar; - qattiq chiqindilar (oshxona chiqindilari, axlat va ko‘cha supirindilari, sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan qattiq chiqindilar). Qilingan hisob-kitoblarga qaraganda 1 odam 1 yil davomida o‘rtacha 160 kg dan 360 kg gacha qattiq chiqindilarni ua 300 1 gacha suyuq chiqindilarni chiqarar ekan. Xar yili Respublikamizdagi kanalizatsiyasi bo‘lmagan aholi turar-joylaridan o‘n ming tonnalab chiqindilarni, kanalizatsiyasi bor bo‘lgan shaharlardan esa o‘n minglab quruq chiqindi va million kub metrlab suyuq chiqindilar tashib chiqariladi. Bunday katta miqdorlardagi chiqindilarni nima qilish kerak va ularni qanday zararsizlantirish mumkin degan muammoning yuzaga kelishi tabiiy. Chiqindilar o‘z tarkibida juda katta miqdordagi mikroorganizmlarni ushlaydi, gelmentlar va ularning tuxumlarini tutadi, metall va shisha chiqindilari, plastik materiallarning qoldiqlari va turli tabiatga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalarni ushlaydi. Chiqindilarni o‘z holicha tashlab qo‘yilishi esa ularning parchalanishi va chirishi oqibatida o‘zidan turli xildagi qo‘lansa hid tarqatuvchi kimyoviy gazlarni hosil qilib tabiiy muhitning tozaligiga putur etkazadi; sasib - chiriyotgan chiqindi pashshalar, suvaraklar, kemiruvchi hayvonlar va boshqa turdagi zararkunandalarni ommaviy tarzda ko‘payib ketishiga sharoit yaratadi. Aholi yashash joylarida hosil bo‘ladigan va chiqarib tashlanadigan chiqindilarni tashkiliy tarzda to‘plash, uzoqlashtirish va zararsizlantirish tizimi tashkil etilmagan taqdirda ana shu joylarning sanitar tartibini keskin yomonlashishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun aholi yashash joylarini axlatlar va chiqindilardan o‘z vaqtida tozalash hamda zararsizlantirish muhim gigienik ahamiyatga egadir. Aholi yashash joylarini qanday usulda bo‘lmasin tozalashda quyidagi asosiy prinsipga amal qilish juda muhimdir - aholi imkoniyati boricha ana shu chiqindilar bilan kamroq aloqada bo‘lishi va atrof-muhitga imkon qadar zarar keltirmasligi, ya’ni tabiiy muhitning tabiiy holiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Bu prinsipga aholi yashash joylarida to‘planadigan axlatlar va chiqindilarni muntazam, o‘z vaqtida, maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan holda chetlashtirish va ularni zararsizlantirishni esa iloji boricha germetik tarzda bajarilish sharoitidagina amal qilinishi mumkin. Aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalash quyidagi tarzda amalga oshiriladi: 1)tashib chiqarish tizimi orqali; 2) aholi yashash joylarini kanalizatsiya bilan jihozlash orqali. Tashib chiqarish tizimida kichik aholi yashash punktlarida hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilar avval to‘planishi va vaqtincha saqlanishi lozim; bu tizimni qo‘llashda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish kerak - chiqindilar to‘planadigan o‘ralar izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak, tuproq orqali sizilib o‘tib shu tuproqni va er osti suvlarini ifloslamasligi lozim. Axlat idishlari va o‘ralarning to‘lishi bilan tezlikda maxsus transport vositalari yordamida ularni aholi yashash joylaridan chetga chiqarilishi va zararsizlantirilishi kerak. Suyuq chiqindilarni zararsizlantirish assenizatsiya maydonchalari va haydash maydonchalarida amalga oshiriladi, bunday tozalash va zararsizlantirish usuli shu maydonlardagi tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish xususiyatiga asoslangan holda bajariladi. Kanalizatsiya tizimi aholi yashash joylarini suyuq chiqindilardan tozalashdagi eng yaxshi variant hisoblanadi. Kanalizatsiyalangan shahar va ishchi poselkalarida oqizish tizimidan to‘g‘ri va unumli foydalanilganda aholi yashash joylari doim toza bo‘lib, aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklar darajasi keskin pasayadi. Kanalizatsiya deganda - turar joy binolari ichidagi har bir xonadonda hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarni qabul qilish vositalari, oqizish shoxobchalari, chiqindi suvlarini tozalash inshootlarini tushuniladi. Chiqindi suvlarini zararsizlantirish sug‘orish va boyitish maydonlarida, filtrlash maydonlarida yoki maxsus tozalash inshootlari majmuasida amalga oshiriladi. Umumiy kanalizatsiya tizimi bo‘lmagan hollarda ayrim ob’yektlardan hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilar, agar ularning umumiy hajmi 800m3 bo‘ladigan bo‘lsa, kichik kanalizatsiya tizimi jihozlanishi mumkin. Bunday tozalash va zararsizlantirish turi hosil bo‘ladigan suyuq chiqindilarni ob’yektdan uzoqroqda maxsus tashkil etilgan maydonlarda tuproq orqali tozalash yoki kichik tozalash moslamalari orqali amalga oshirilishi mumkin, bu inshootlarning qudrati 25—100 m3 tengdir. Texnik vositalardan va tibbiy jarayonlardan to‘g‘ri foydalanilgan hamda to‘g‘ri tashkillashtirilgan tozalash tizimida kanalizatsiya chiqindi suvlarini tozalangandan so‘ng suv manbalariga qo‘shib yuborilishi yoki maxsus ob’yektlar bo‘lsa shu suvdan qayta foydalanish imkoniyati yaratiladi. Aholi yashash joylarini qattiq chiqindilardan tozalash (axlatlar) ham etarli darajada murakkab jarayondir. Axlatlarni zararsizlantirishdagi an’anaviy usul - axlat to‘plash joylari va keyinchalik ularni ko‘mish usuli hisoblanadi (axlatlarni tuproq usulida zararsizlantirish), ammo hozirgi kunda axlatlarni biotermik usulda zararsizlantirish ham mavjud bo‘lib, axlatlar maxsus kameralarga joylashtiriladi, natijada axlat o‘z-o‘zidan qizib, uning harorati 50-70 °C gacha ko‘tariladi. Bunday sharoitda axlat tarkibidagi oqsil va organik birikmalar aerobli sharoitda parchalanib go‘ngga aylanadi, mikroorganizmlar, ayniqsa patogen mikroblar, gelmentlar va ularning tuxumlari o‘ladi. Download 134 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling