Tuproqda va suv muhitida yashovchi hasharotlar morfologiyasi va biologiyasi


Download 30.48 Kb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1106723
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Referati toshkent-2020 Mavzu Hasharotlar morfologiyasi va biolo


TUPROQDA VA SUV MUHITIDA YASHOVCHI HASHAROTLAR
HASHAROTLAR MORFOLOGIYASI VA BIOLOGIYASI
Reja:

  1. Hasharotlarga yorug’likning ta’siri.

  2. Hasharotlarga namlikning ta’siri.

  3. Hasharotlarga haroratning ta’siri.

  4. Tuproqda yashovchi hasharotlarning asosiy guruhlari.

  5. Hasharotlarning hayotiy shakllari.

Fanning maqsadi: Entomologiya biologiya fanining tarkibiy qismi bo’lib, hasharotlar olamini o’rganadi. Hasharotlar o’simlikxo’rlar sifatida qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik va bog’dorchilikka zarar yetkazishi bilan birga ayrim turlarining hayvon va o’simliklarga bakterial, virus va zamburug’ kasalliklarni tarqatishda ham ahamiyati katta.
Fanning vazifalari: hasharotlarning boshqa bo’g’imoyoqlilardan farqi va ularning turini to’g’ri aniqlash hamda o’simlik, odam va hayvonlarga ziyon keltiruvchi turlariga qarshi ilmiy asosda kurashish hamda entomofaglarni muhofaza qilish bo’yicha fundamental bilimlarni berishdan iborat. Shuningdek, Entomologiya fani hasharotlarning anatomo-morfologik tuzilishi, hayot tarzi va biogeotsenozda tutgan o’rnini to’laqonli yoritib beradi.
Fanning predmeti: Hasharotlar va ularga yaqin umurtqasizlar entomologiyaning o’rganish obyekti bo’lib, hayvonlarning o’ziga xos guruhini tashkil etishadi. Yer yuzida tarqalgan barcha tirik organizmlar ichida tur miqdori jihatidan hasharotlar birinchi o’rinni egallaydi. Hasharotlar juda ko’p ekologik nishalarni egallagan. Masalan: boshqa hasharotlarda yashaydi, tirik yoki o’lik o’simliklar bilan oziqlanadi, yuqori tuzilgan hayvonlar tapnasida yoki ichki organlarida uchraydi. Ko’pchilik hasharotlarning kattaligi 1-2 mm ni tashkil etsa ham ularning tanasI, to’qimalari, organlari yuqori umurqali hayvonlarniki singari murakkab tuzilgan. Ko’pgina hasharotlar yuqori reprooduktiv potensialga ega. Hasharotlar oziq ovqat sifatida odamlar singari tabiiy mahsulotlardan foydalanganligi va ularning ko’pchiligi turli yo’llar bilan bizning salomatligimizga ta’sir ko’rsatganligi uchun hasharotlar odamlarning oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari uchun jiddiy raqobatchi hisoblanadi. Ba’zan hasharotlar insoniyatni bunday raqobatda yengib chiqqandek tuyuladi, lekin hozirgi vaqtda bu mayda ko’p sonli raqiblarga nisbatan murakkab muvozanat o’rnatishga erishilgan. Lekin bu muvozanatni ushlab turish va odam g’alabalarining qiymati borgan sari ortib bormoqda.

Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling