Tuproqlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish


Download 63.5 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1240370
1   2   3   4
Bog'liq
Tuproqlarning asosiy ekologik muammolari

Tuproqning organik qismi. Organik moddalar tupqorning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Organik moddalar, shu jumladan gumus miqdori har xil tuproq tiplarining haydalma qatlamida turlichadir. Jadvaldan tuproqlar tarkibidagi gumus miqdori ayrim tuproq tiplarida 10% va undan ham ko’proqni tashkil etgani holda ayrim tuproqlardagi 1-2% atrofida bo’lishi ko’rininb turibdi.


Turli tuproq tiplari tarkibidagi gumus miqdori



Tuproq tipi

Haydalma qatlamdagi gumus miqdori, %

0-20 sm 0-100 sm

Qatlamdagi gumus zahirasi, t\ga

Chimli podzol

2-4

53

80-120

Sur tusli podzollashgan o’rmon tuproqlari

4-6

109

150-300

Qora tuproqlar

4-12

137-192

300-800

Kashtan tuproqlar

3-4

99

200-250

Bo’z tuproqlar

1-2

37

50

Qizil tuproqlar

5-7

153

150-300

Tuproqning organik qismi turli-tuman organik moddalar majmuidan ibirat. Ular ikkita guruhga ajratiladi:



Gumusga aylanmagan organik moddalar deganda, tuproqda chirib ulgurmagan yoki chala chirigan o’simlik qoldiqlari hamda unda hayot kechiradigan hayvon va mikroorganizmlarning qoldiqlari tushuniladi.
I.B. Tyurinning aniqlashicha, bir ga maydondagi tuproqqa yil davomida 5-8 m o’simlik qoldiqlari tushib, shundan 1-10% I tuproq haydalma qatlamining organik moddasiga aylanadi. Tuproqning 0-20 sm li qatlamda mavjud bo’lgan 0,7-2,7 m\ga ma’lumotlarga ko’ra 5-8 m\ga bakteriyalarning atigi 1-2% I organik moddaga aylanadi.
Organik moddalar o’simliklar oziqlanishida asosiy manba hisoblanadi. Tuproqdagi azot zahirasi to’laligicha, fosfor va oltingugurt qisman, kaliy, kalsiy, magniy va boshqa elementlar kamroq miqdorda organik moddalarning tarkibida jamlangan bo’ladi. Organik moddalar adsorbsiya jarayonida faol ishtirok etadi, tuproqning nam sig’imi suv va havo o’tkazuvchanligi, isssiqlik rejimi va strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




  1. Download 63.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling