Tuproqlarni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va unin- rekultivatsiyasi


Neft bilan ifloslangan о‘tloqi-allyuvial tuproq va undan ajratib olingan neft miqdorining kо‘rinishi


Download 278.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi278.5 Kb.
#1545667
1   2   3   4
Bog'liq
Tuproqlarni neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi va unin- rekultivatsiyasi

Neft bilan ifloslangan о‘tloqi-allyuvial tuproq va undan ajratib olingan neft miqdorining kо‘rinishi

Rasmdan kо‘rinib turibdiki, tuproq о‘rtacha, kuchli va juda kuchli darajada neft bilan ifloslanganda о‘zining morfologik belgilarini yо‘qotadi.


О‘zbekiston Respublikasi tabiiy boyliklar, jumladan neft konlariga juda boy hisoblanadi va о‘zining extiyojini tо‘liq ta’minlaydi. Respublikamizda neft konlari quyidagi 5 ta: Ustryut, Buxoro - Xiva, Shimoliy - G‘arbiy Gissar, Surxondaryo va Farg‘ona neftgazregion bо‘yicha tarqalgan bо‘lib, asosiy kismi sug‘oriladigan tuproqdar xududi va tutash xududlarda joylashgan.
Neft bilan ifloslangan xududda о‘suvchi yovvoyi о‘simliklar hamda qishloq-xо‘jalik ekinlarining vegetatsiya jarayoni kechishi uchun nokulay sharoit paydo bо‘ladi va ularning nobud bо‘lishi kuzatiladi (20-rasm).
20-rasm
Neft bilan ifloslangan tuproq qoplami va atrof- muxit xolatini kо‘rinishi

Oradan 14 yil о‘tishiga qaramay tuproq qoplami о‘zining holatini tiklay olgani yо‘q. Neft yoki neft mahsulotlari tuproqka tushganda genetik qatlamda radiusli kimyoviy parda paydo bо‘lib,


ushbu pardadan suv yoki havoning о‘tishi kamaadi va tuproq mikroorganizmlari aksariyati nobud bо‘ladi, natijada о‘simliklar oziqlanishi uchun nokulay sharoit vujudga keladi, provardda esa biologik dunyoning о‘zgarishi kuzatiladi. Bundan tashqari zaharli kimyoviy moddalardan zarar kurgan va nobud bо‘lgan mikroorganizmlar ishtirokida boradigan biokimyoviy, biologik jarayonlar izdan chiqadi va tuproqning bir qator xossalari yomonlashadi.
Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishning yil sayin kengayayotgani, tuproq unumdorligiga zaharli ta’sirini kuchliligini hisobga olib, ifloslanishni oldini olish va ifloslangan tuproqlarni tozalash hamda unumdorligini qayta tiklash masalalariga qatiy e’tibor berish lozim.
2-.Neft va neft maxsulotlarining tuproq xossalariga ta’siri
Tuproq tirik tabiiy murakkab tana bо‘lib, bunda tinimsyu ravishda biologik va kimyoviy jarayonlar kechadi. Tuproqda kechadigan jarayonlar hududning iklimiy, gidrologik, ekologik sharoiti, biologik dunyosi va tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalariga uzviy bog‘liq tarzda turlicha kechadi.
Tuproqka doimiy ravishda tabiiy va antropogen omillar о‘zining ta’sirini о‘tkazadi, buning oqibatida esa tuproqning xossa hususiyatlari о‘zgaradi. Hususan, neft uglevodorodlari tabiiy muhit va tuproq qoplamining ifloslovchi asosiy moddalar qatoriga kiradi. Uning kimyoviy ta’siri tuproqning morfologik, fizik, fizik-kimyoviy, agrokimyoviy, mikrobiologik, biokimyoviy va biologik xossalarini о‘zgartiradi, natijada tuproq unumdorligining pasayishi kuzatiladi. Qolaversa tuproqdagi organik moddalarning minerallanish jarayoniga, umumiy va guruhiy mikroorganizmlarning xilma-xilligiga, ularning miqdorining kamayishiga, fermentlar (katalaza, invertaza, polifenoloksidaza, oksidaza, proteaza, fosfataza, degidrogenaza) faolligining susayishiga, tuproqning nafas olishi va morfologik belgilarining о‘zgarishiga ta’sir etadi.
Ekosistemaning neft va neft mahsulotlari bilan
ifloslanishi ekologik muammolardan tashqari geoekologgas muammoga ham sabab bо‘lib, litosferaning yuqori qismi va suv .tо‘planuvchi qatlamiga singib bir qator holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Gidrogeologiya instituti tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududining yer osti sizot suvlari ustida katta miqdorda neft va neft mahsulotlari tо‘plangan va tuproq qatlamlaridan yer ostiga qarab sizib о‘tgan. Ifloslanishning kengayishi boshqa xudud tuproqlarining ham ifloslanishiga olib kelgan.
Tuproqda uglevodorodlarning 5gr/100gr tuproqda uchrashi unda kechuvchi nitrifikatsiya jarayonining bir necha bor sekinlashishiga va mikroorganizmlarning keskin kamayishiga olib keladi.
Tuproqning eng noziq kismi hisoblangan biologik dunyosi ifloslanish natijasida sezilarli zarar kо‘radi. Ayniqsa umumiy mikroorganizmlar, geterotrof, uglevodorodoksidlovchi,
denitrifikator, nitrifikator bakteriyalar, zamburug‘lar,
aktinomitsetlar, mayda hashoratlar va о‘simliklar zaharli kimyoviy ta’sirga nisbatan chidamsiz hisoblanadi.
Respublikamiz sug‘oriladigan tuproqlarining neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, tuproq xossalarini о‘zgarishini о‘rganish va uning rekultivatsiyasi bо‘yicha T.Abdraxmonov, L.Tursunov, A.Vaxobov, U.Jurayeva, Z.Jabbarov va E.Xushvaqtovlar 2006-2008 yillarga mо‘ljallangan DITD-7 yо‘nalishidagi rо‘yxat raqami A-7-070 «Sug‘oriladigan tuproqlarning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanish holati va uni tozalashning biologik asoslari» mavzusida amaliy loyixasi (amaliy granti) doirasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Tadqiqotchilar ifloslangan hudud tuproqlarining mikrobiologik olamini о‘rganishlariga kо‘ra mikroorganizmlar neft miqdori va fasllar bо‘yicha turlicha miqdorda uchrashi aniqlangan (22-jadval).

Download 278.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling