Eskitdan sug’oriladigan tuproqlar. 50 yildan ortiq vaqt davomida sug’orilishi natijasida tuproq profile katta chuqurligigacha o’zgargan. Bu tuproqlarda karbonatlar va gips erib yuvilib ketganva pastki qatlamlar chirindi bilan boyigan bo’ladi. Ko’p hollarda eskitdan sug’oriladigan tuproqlarning qalinligi agroirrigatsion qatlamning qalinligiga to’g’ri keladi. Suvi tiniq(Loyqasi yo’q) joylarda eskitdan sug’oriladigan tuproqlarda agroirrigatsion qatlam bo’lmaydi va tuproq qalinligi biologic agentlarning faoliyati yaxshi ifodalanganqatlam qalinligiga qarab belgilanadi.
Tuproq profilida o’simliklar tomirlaritarqalgan qatlamning mexanik tarkibi bir xil bo’ladi va bu qatlamlarda oziq moddalar bir me’yorda tarqalgan bo’ladi. Eskitdan sug’oriladigan tuproqlar tarqalgan maydonlar odatda tekislangan bo’ladi.
Eskitdan sug’oriladigan tuproqlar chirindi rangi bilan qatlamning qalinligiga qarab quyidagilarga bo’linadi. Agar chirindi bilan bo’yalgan qatlam 30 sm dank am bo’lsa kuchsiz tuproqlar deyiladi. 30-70 sm gacha bo’lsa o’rtacha kuchli tuproqlar deyiladi. Agarda chirindi qatlami 70 sm dan katta bo’lsa kuchli tuproqlar deyiladi.
Tuproq xaritalarida eskidan sug'oriladigan tuproqlardagi chirindi qatlam qalinligi sonlar indeksi bilan belgilanadi. Kuchsizlar – 1, o'rtacha kuchlilar – 2, kuchlilar – 3
Do'stlaringiz bilan baham: |