Yangidan sug’oriladigan tuproqlar 10 yildan 50 yilgacha bo’lgan sug’orilish tarixiga ega. Bu tuproqlarning faqatgina ustki qismi (30-40 sm li qatlam) sugorish natijasida o’zgargan bo’ladi. Xaydalma qatlam har xil tuzilishga ega. Pastki qatlamlat qo’riq tuproqlar holatidagi tabiiy belgilar bilan, barcha qatlamlarni ham saqlab qolgan. Tuproq qatlamlarida uchraydigan bunday qatlamlar xaritalarda(Yas)indeks bilan belgilanadi.
Yangitdan o’zlashtirilgan tuproqlar. Bu tuproqlar 10 yilgacha sug’orilish tarixiga ega. Bu tuproqlarning faqatgina ustki qatlami xaydash natijasida o’zgargan xalos. Ostki qatlamlar esa qo’riq tuproqlarnikiday tabiiy qatlamlarini saqlab qolgan bo’ladi. Tuproq profile bo’yicha o’zgarish unchalik sezilmaydi. O’simlik ildiz sistemasining ozuqa istemol qiladigan chuqurliklarida, oziq moddalarini kam saqlashi bilan xarakterlanadi. Rel’efi odatda noteks bo’ladi. Yangitdan o’zlashtirilgan tuproqlarning indeksi (Yao’) belgisi bilan belgilanadi.
Sug’oriladigan tuproqlarning bo’linishi va ularning indekslari
O'zbekiston hududi sug'oriladigan tuproqlari asosan 2 ta mintaqaga bo'linadi.
1.Cho'l zonasi mintaqasi.
2.Bo'z tuproqlar mintaqasi.
Agar cho'l zonasi mintaqasi bo'yicha tuproqlarning indekslanishini ko'radigan bo'lsak:
Aftomorf tuproqlar indeksi
Sur tusli qo'ng'ir tuproqlar S-Q
Yangitdan sug'oriladigan sur tusli qo'ng'ir tuproq ya-s-S-Q
Cho'lning qumli tuproqlari Ch-q
Taqirlar T
Taqirli tuproqlar Tl
Yangitdan sug’oriladigan taqirli –o’tloqi tuproqlar yasTl-O’
Eskitdan sug’orilayotgan taqirlar es Tl
Qoldiq sho'rxoklar Qshx
Do'stlaringiz bilan baham: |