Tuproqning havo va issiqlik rejimlari hamda ularni boshqarish usullari


O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Ularning mikroorganizm va organik moddalarga tasiri


Download 31.45 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1417566
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 6 МАВЗУ TUPROQNING HAVO VA ISSIQLIK REJIMLARI HAMDA ULARNI BOSHQARISH

4. O’simliklar uchun kerak bo’lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Ularning mikroorganizm va organik moddalarga tasiri.
Ekilgan urug’larga ularning unib chiqishi va keyingi o’sishi uchun tuproqda malum harorat bo’lishi kerak. Urug’lar muayyan haroratda unib chiqadi (3-jadval). Agar harorat urug’ning unib chiqishi uchun yetarli bo’lsa, minimal, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lsa, optimal, agar undan yuqori bo’lsa maksimal temperatura deyiladi.
Issiqlik sharoiti tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatida ham katta ahamiyatga ega, chunki bunda o’simliklar uchun yaroqli holatdagi oziq moddalar hosil bo’ladi, tugunak va erkin yashovchi bakteriyalar atmosfera azotini to’playdi va hokazo.
Tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik singdirishi, tarqatishi va nurlantirishi uning issiqlik xossalari deyiladi. Quyosh radiasiyasi tuproqdagi issiqlikning asosiy manbai hisoblanadi.
Tuproq og’irlik va hajm issiqlik sig’imiga ega. Masalan, 1 g tuproqni 10S qizdirishi uchun ketgan issiqlik og’irlik, 1 sm3 tuproqni 10S qizdirish uchun sarflangan issiqlik tuproqning hajm issiqlik sig’imi deyiladi.
Tuproqning issiqlik sig’imi uning namligiga bog’liq. Tuproq qancha nam bo’lsa, uni qizdirish uchun shuncha ko’p issiqlik zarur. Mexanik tarkibi og’ir tuproqlarda nam ko’proq bo’lgani uchun yengil tuproqlarga nisbatan bahorda sekin qiziydi. Shuning uchun bunday yerlarda bahorgi dala ishlari bir necha kun keyin boshlanadi.
Tuproqning issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga issiq o’tkazish qobiliyati uning issiqlik o’tkazuvchanligi deyiladi. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi 1 sekundda 1 sm qalinlikdagi 1 sm2 dan o’tgan kaloriya issiqlik miqdori bilan aniqlanadi.
Yerning chuqur qatlamlariga issiqlikni borishi tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligiga bog’liq. Tuproqning issiqlik o’tkazuvchanligi uning minerologik, mexanik tarkibiga, namligiga, organik moddalar miqdoriga, donadorligi, yerning qattiq va yumshoqligiga bog’liq.
O’simliklar va mikroorganizmlar hayotida suv va oziqa rejimlariga ko’ra tuproqning issiqlik balansi muhim rol uynaydi, shuningdek, bu rejimlar bir-biri bilan o’zaro bog’liqdir. Issiqlik balansini tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqlik tashkil etadi va u 1 sm2 kaloriya bilan ifodalanadi.
Tuproqqa tushayotgan va undan sarflanayotgan issiqlikning aniq hisoblash ancha murakkab ish, uni taxminan quydagi formulaga muvofiq ifodalash mumkin.
R = LE + P + Q
bu yerda: R- tuproqning issiqlik balansi; LE -bug’lanishga sarflangan issiqlik; P-havoning pastki qatlami bilan tuproqning ustki qatlami orasidagi issiqlik almashinishi; Q-tuproqning issiqlik almashinishi.
Malumki, tuproqqa kuyesh energiyasidan tashkari (asosiy issiqlik manba) biologik, ekzotermik va fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida ham issiqlik kelib turadi.
Organik moddalarning mikroorganizmlar tasirida parchalanishi natijasida ham tuproqda issiqlik hosil bo’ladi. Bu biologik jarayondan issiq xonalarda ko’chat yetishtirishda (go’ng, g’o’za puchoq va har xil organik moddalar solib) keng ko’lamda foydalaniladi.
Tuproqda sodir bo’ladigan har xil kimyoviy reaksiyalar vaqtida, radiaktiv moddalarning parchalanishidan ham malum miqdorda issiqlik hosil bo’ladi.

Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling