Tuproqning ifloslanishi


Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari


Download 80.63 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi80.63 Kb.
#1485819
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi

Insonning tuproqga tasiri va uning asosiy shakllari. Insonning tuproqga ijobiy va salbiy tasiri ajratiladi. Inson tuproqlarning hosildorligini oshirishi, erlarning holatini yaxshilashi mumkin. Shuning bilan birga shahar ko’rishi, atrof - muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi natijasida tuproqlar bevosita yo’q qilinishi, yaroqsiz holga kelishi, emirilishi mumkin. Hozirgi kunda tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta tezroq amalga oshmoqda. Er sharida tuproq qatlami tabiatning boshqa komponentlari kabi ekvatordan shimolga va janubga tomon zonal o’zgarib boadi, tog’lik erlarda esa balandlik mintaqalari hosil qiladi. Joyning geologik tuzilishi, iqlimi, o’simliklari va boshqa tabiat komponentlari tasirida har bir tabiat zonalarining tuproqlari turlichadir. Er shari quruqlik yuzasi umumiy maydonning 31 foizga yaqini tuproqlari uncha rivojlanmagan joylarga to’g’ri keladi (15 foizini muz va tundra zonalari, 1,2 foizini tog’lar, 0,7 foizini quruqlikdagi suvlar ishg’ol qiladi). Qolgan 60foizi esa tuprog’i yaxshi rivojlangan o’rmon, o’rmonli dasht, chala cho’l, cho’l, savannlar, subtropik, tropic zonalar va daryo vodiylardagi allyuvial tuproqli erlardir. Ammo har tabiat zonasida tuproq qoplamining xarakteri va qishloq xo’jaligida foydalanishi tabiiy faktorlar tasirida turlicha bo’ladi. Mo’tadil mintaqada joylashgan keng barglik va aralash o’rmonlar (sur tusli o’rmon tuproqlari), o’rmonli dasht va dasht (qoramtir va qora tuproqlar) zonalar xozircha ko’proq o’zlashtirilgan. Bu tuproq zonalarida butun er maydonning 26 – 35 % ini ekinlar va o’simliklar eqilgan joylar egallaydi. Dexqonchiliqda foydalanish darajasi jixatidan qizil tuproqli subtropik zona (13 %)- ikkinchi o’rinni; kashtan hamda qo’ng’ir tuproqli cho’llar zonasi (7 %) esa uchinchi o’rinni; issiq mintaqada joylashgan bo’z tuproqli cho’l zonasi (2 %) va qizil qo’ng’ir tuproqli savanna (2 %)- to’rtinchi o’rinni egallaydi. Tabiiy sharoitni noqulayligi tufayli tundra zonasidagi dexqonchiliqda foydalaniladigan (qisman ekiladigan rezavor ekinlarni hisobga olinmaganda) erlar yo’q.

Download 80.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling