Tuproqning ifloslanishi


Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi


Download 80.63 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi80.63 Kb.
#1485819
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi

Radioaktiv chiqindilari bilan tuproqning ifloslanishi Er yuzasida radioaktiv ifloslanish ifloslanish uning hamma qismida bir xil emas. Bunga havo tsirkulyatsiyasi, o’simliklar qoplami va bir joyda yadro qurollining ko’plab portlatilishi sababchidir. Er shari mintaqalari ichida ekvatorial mintaqada radioaktiv ifloslanish kamroq. Chunki bu joylarda havo oqimining yuqori ko’tarilishi natijasida troposferadagi radioaktiv moddalar ekvatorial mintaqa territoriyasiga kamroq tushadi. O’rtacha kengliklarda havo yog’inlar bilan yuvilib, radioaktiv moddalar er yuzasiga ko’proq tushadi. Shunday qilib, Er sharida radioaktiv ifloslanish havodan o’rtacha kengliklarga ko’proq, ekvator, shimoliy va janubiy qutb doiralari ichiga kamroq tushadi. Bunga asosiy sabab shimoliy yarimsharda yadro qurollarining sinalishidir. Er sharida radioaktiv moddalarning ko’p qismi okean va dengiz suvlarida to’planib qolgan. Bunga asosiy sabab havodan tushgan va daryo suvlaridan kelgan radioaktiv moddalarning yig’ilib qolishidir.
Natijada, xozir okeanlar suvida radioaktiv moddalarning miqdori tabiiy darajasidan 10 % oshib ketgan.Radioaktiv moddalar ayniqsa okean suvlarining organik dunyosiga boy bo’lgan eng ustki, 200-300 m chuqurlikacha bo’lgan qavatida ko’p to’plangan. Tuproqning radioaktiv ifloslanishida atom elektrostantsiyalarining shikastlanishi, ulardan chiqayotgan chiqindilar, suvlar ham sababchidir. Chunki xozir dunyo bo’yicha atom elektrostantsiyalari juda ko’p bo’lib, har yili to’lardan o’rtacha 40-45 tasida faloqat yuz berib turadi, bundan 30-37 tasi AQSh zimmasiga to’g’ri keladi. Shu sababli materiklar ichida Shimoliy Amerika materigi radioaktiv moddalar bilan ko’proq ifloslangan. Er yuzasida radioaktiv izotoplarning to’planishi ko’proq ozuqa moddalari kam bo’lgan landshaft zonalarida sodir bo’ladi. Shu sababli ozuqa moddalari kam bo’lgan Tundradagi mox, lishaynikda va alp o’tloqlarda radioaktiv izotoplar to’planib qolib(akkumlyatsiyalanib), undan hayvonlarga o’tadi.Atmosfera va tuproqning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi biosferadagi hayot uchun jiddiy xavf vujudga keltirmoqda. Chunki o’z xususiyatini uzoq vaqt o’zgartmaydigan radioaktiv moddalar tirik organism to’qimalarida to’planib, ularga salbiy tasir etmoqda. Radioaktiv moddalar inson organizmiga salbiy tasir ko’rsatadi. Inson organizmiga radioaktiv moddalar havodan, suvdan, ozuqa moddalardan o’tib, ular organizmda neytrallashmasdan to’plana boradi. Natijada inson organizmi zaiflashib, rak, leykomiya (qon buzilish) kabi kassaliklar kelib chiqadi. Qazib olinayotgan fosforitlarda ham tabiiy radionuklidlar bo’lishi kuzatiladi. Unga katta bo’lmagan miqdorda U-238, Th-232, Ra-226 va K-40. Bu rudalarni qayta ishlanishidan, dalalarga fosforit solinishini va o’simlikka o’tishini nazarda tutganda fosforitlar ham atrof muhitni ifloslantiruvchi potentsial manbalardan hisoblanadi.
Beda ekish sho’rlanishning oldini olish va sho’r bosgan erlar sho’rini yo’qotishga katta ahamiyatga ega. Beda ildizi tuproqning strukturali holatiga aylantiradi. Va bir necha santimetrdagi ustki qavatni yumshatadi. Beda ildizi tuproqning chuqur qatlamlariga tarqaladi. Va pastki qavatidagi sizot suvini nasos singari toritb olib, yaproqlari orqali bug’latadi. Beda eqilgan joyning tuproqlari strukturali bo’lganidan tuproqdan suv ortiqcha bug’lanmaydi, va nam uzoq vaqt saqlanadi. Shuning uchun ham sho’r sizot suvi er betiga ko’tarilmaydi. Bundan tashqari, beda har yili 3-4 marta o’rib olinadi; natijada u bilan birga ko’pgina tuz tuproqdan tamomila ketadi. Dala atrofiga o’tkazilgan ixota daraxtlar tuproq sho’rlanishning oldini olishda va sho’r bosgan erlarni yaxshilashda juda katta ahamiyatga ega. YOzda havo issiq va quruq bo’lishi, kuchli shamollar esib turishi natijasida tuproqlarning, ayniqsa strukturasiz tuproqlarning ustki qavatidagi namlik tezda bug’lanib, sug’orilgan dala qurg’ob qoladi. Bu esa tuproqning ustki qatlamida tuzlarning to’planishiga sabab bo’ladi. Ixota daraxtzorlar barpo qilinganda iqlimning bu xildagi noqulay sharoitni o’zgaradi. Tuproq va o’simliklarni qaxratuvchi shamolning zararli tasiri ozayadi, havoda namlik ko’payadi. Natijada tuproqdan va ekinlardan suvning bug’lanib ketishi ancha kamayadi. Shunga ko’ra sizot suvning er yuzasiga ko’tarilishi va tuproqning sho’rlanish sekinlashadi. Bundan tashqari daraxt ildizlari suvni to’g’ridan to’g’ri erning pastki qatlamidan surib olib, yaproqlari orqali bug’latib yuboradi. Tuproq sho’rlanishning oldini olish uchun qo’llaniladigan tadbirlar har qaysi rayonning tabiiy sharoitlariga qarab agronom-melioratorlar maslaxatiga muvofiq o’tkazilishi kerak.

Download 80.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling