Uglerod oksidlaridan tozalangan ava (2,35-2,45) мpabosim, (35-45) оС harorat bilan separatordan (505) chiqib kompressorda so`rib olishga keladi


Download 29.86 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi29.86 Kb.
#1276515
Bog'liq
AVAkompressiyasi

AVAkompressiyasi.

Uglerod oksidlaridan tozalangan AVA (2,35-2,45) МPabosim, (35-45) оС harorat bilan separatordan (505) chiqib kompressorda so`rib olishga keladi.

Birinchi bosqichda gaz 5,1 Мpa bosimgacha siqilganda harorati 1650C ga yetadi. So`ng havo sovutgichidan o`tib (40-55) оС ga chasovib, separator 105-F da gaz kondensatidan ajratilib ikkinchi bosqich kompressiyaga beriladi.

Ikkinchi bosqichdan so`ng gaz 10,1 Мpa bosim va 182оС harorat bilan havo sovitgichida (40-55)оС gacha sovib, ammiak bug`latgichidan o`tadi va separatorda gaz kondensatidan ajratilib uchinchi bosqich kompressiyaga beriladi.

Ammiak sintezi.

4-bosqich kompressiyadan chiqqan toza AVA 22 Mpa bosim va so`nggi bosqich havo sovutgichidan (40-50) ºС da chiqib kondensatsion kalonnaning (605) pastki qismiga yo`l oladi. Kolonnaning pastki qismida suyuq ammiak qatlamidan barbotaj hosil qilib namlik va boshqa qoldiqlardan yuviladi. Toza va sirkulyatsoin gaz aralashmalari kondensatsion kolonna issiqlik almashinish apparati trubalari orasidan o`tib, 602 issiqlik almashinish apparatining trubalari oralig`ida 1950C gacha qiziydi va sintezkolonnasiga (601) keladi.

Asosiy gaz oqimi kolonnaning pastki qismidan kirib katalizator qutisi va qurilma devoir oralig`idan o`tib yuqoriga harakatlanadi. Kolonnaning yuqori qismida ichki issiqlik almashinish apparati joylashtirilgan.

Issiqlik almashinish apparati trubalari orasidan o`tayotib gaz chiqayotgan gaz issiqligi hisobiga (400-440) оС gacha qizib, katalizator birinchi qatlamiga radial yo`nalishda kiradi. Gazketma-ketkatalizatorning uch qatlamidan 22 MPa, 17 900 s-1hajmiytezlik, (400-530) оСda o`tadi. Jarayon ekzotermik bo`lib AVA reaksiyasi quyidagicha boradi:

3 Н2 + N2 2 NН3 +Q

Oxirgi uchinchi qatlamdan o`tgan gaz tarkibida (14-16) % ammiak tutib, (500-515) оС haroratda markaziy truba orqali yuqoriga ko`tariladi. Yuqoridagi ichki issiqlik almashinish apparati orqali o`tayotib (300-335) оС gacha soviydi. Keyin gaz suv qizdirgichi 603 ga kirib o`z issiqligini bug` hosil qilishga beradi.

Gaz aralashmasidagi ammiak avval havo sovutgichida so`ng ammiak bug`latish apparatida kondensatsiyalash yo`li bilan ajratiladi. Suv qizdirgichi 603 dan so`ng gaz 2400 harorat bilan 602 apparatda (65-75) оС gacha soviydi.Truba oralig`i bo`shlig`idan o`tib havo sovutgichida ammiakning bir qismi kondensatlanadi. Kondensatlangan ammiak separator 621 da ajratiladi. Gaz tarkibida hajmiy jihatdan (11-12) % ammiak bilan 401 sirkulyatsion AVA kompressoriga boradi. Bu yerda bosim sistemada yo`qotilgani uchun 21,9MPagachasiqiladi.

So`ng gaz kondensatsion kolonna va suyuq ammiak bug`latgichidan iborat ikkinchi bosqich kondensatsiyalashga boradi. Gaz aralashmasi kondensatsion kolonnaning (605) yuqori qismidan pastga beriladi. Truba oralig`idan pastga harakatlanayotgan gaz (18-25) оСgacha sovib, 606 ammiak bug`latgichiga kiradi. Yuqori bosimda U simon ammiak bug`latgichiga kirib minus 120C gacha soviydi. Gaz holiga o`tgan ammiak ikki absorbsoin kolonnali sovutishga beriladi va sovib, ortga 606 apparatga beriladi.

Truba bo`shlig`ida kondensatsiyalangan ammiak va sovigan gaz 605 kolonnaning separatsiya qismiga kelib gaz va suyuq ammiakka ajratiladi. Sirkulyarsion gaz toza AVA ga qo`shilib Rashig halqalaridan o`tkaziladi va qolgan ammiak tomchilaridan ajratiladi. Sistemada bu sirkulyatsiya jarayoni qaytarilaveradi. 400C li suyuq ammiak esa 609 ammiak filtri orqali o`tib katalizator qoldiqlaridan tozalanadi va 2 Mpa gacha drossellanib yig`gich 610 gaberiladi.

Suyuq ammiak drossellanishi natijasida ammiakda erigan tank gazlari (vodorod, azot, argon, metan, ammiak) ajraladi. Ammiakni tank gazlaridan ajratish truba oralig`ida minus 340C li 613 ammiak bug`latish apparatida olib boriladi. Keyin esa 614 separatorda suyuq ammiak ajratilib 610 yig`gichga yuboriladi.

Suyuq ammiak yig`gich 610 dan qayta sovutgich 918 A orqaliminus 340C gacha sovutish uchun AXU bo`limiga keladi. Bu yerda inert gazlar mahsulot ammiakda najratiladi. Qayta sovutilgan ammiak AXU bo`limidan minus 340C temperaturada nasos orqali izotermik saqlash joyiga beriladi.

AXU ga kelganda mahsulot holdagi ammiakning sovug`ini rekuperatsiya qilish uchun 918 A, 918B qayta sovutgich apparatlari o`rnatilgan. Tayyor ammiak (2 ÷ 4) оС da omborga yoki iste`molchiga beriladi. 918 B AXU bo`limida 918 A esa agregatning sintez bo`limida joylashgan


Download 29.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling