Tuproqning ifloslanishi


Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli


Download 80.63 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi80.63 Kb.
#1485819
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqlim o\'zgarishi

Tuproqlarning tabiat va jamiyatdagi roli. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o’ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon komponentlardan iborat bo’lib, iqlim, tog’ jinslari, o’simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o’zaro murakkab tasiri natijasida hosil bo’ladi. Dexqonchiliqning yuzaga kelishi bilan tuproqning kishilar hayotidagi ahamiyati keskin oshib borgan. Inson o’zi uchun zarur bo’lgan barcha oziq mahsulotlari va ko’plab boshqa vositalarni bevosita yoki bilvosita tuproqdan oladi. Er yuzining hozirgi mavjud tuproq qatlami jamiyat taraqqiyoti natijasida kuchli o’zgargan. Insoniyat tarixi davomida 2 milliard gektar dan ortiq unumdor tuproqli erlar yaroqsiz holga keltirilgan. Har yili sayyoramizdagi qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlar maydoni sho’r bosishi, cho’llashish, emirilish natijasida 5 - 7 mln. gektarga kamaymoqda. Tuproqlarga inson tasirining kuchayishi sug’oriladigan dexqonchilik va chorvachiliqning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Er yuzida dehkonchiliq maqsadlarida ishlatiladigan erlar mavjud erlar xududining 10 % ni tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,5 ga dan to’g’ri keladi. Keyingi vaqtda olib borilgan tekshirishlar natijasida tuproqning tabiatda tutgan o’rni juda katta ekanligi aniqlandi. Litosfera, gidrosfera va atmosferada kechayotgan juda ko’p jarayonlar tuproq bilan bevosita bog’liq holda amalga oshadi. Litosferada xilma-xil minerallar, cho’kindilar hosil bo’lishi va nixoyat, energiyaning litosfera qatlamlarida qaytadan taqsimlanishi ham tuproq paydo bo’lishi jarayoni bilan bog’liq. Tuproq er po’stining eng ustki unumdor qismi bo’lib, litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt davomida bir-biri bilan bog’liq holda sodir bo’lgan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Tuproq unumdorligining vujudga kelishida tirik mavjudotning, ayniqsa eng sodda organizmlarning roli kattadir. Chunki, bu organizmlar hayot faoliyati va xalok bo’lishi natijasida tuproqni malum miqdorda organik moddalar bilan boyitadi. Mikroorganizmlarning xalok bo’lishi tufayli vujudga kelgan organik moddalarning parchalanishidan o’simliklarning o’sishi va oziqlanishi uchun zarur bo’lgan mineral mahsulotlar vujudga keladi. Tuproqning unumdor ustki qismidagi organik moddalarning bazilari, bir tomondan, suv tasirida erib sizot suvlar sathigacha yuvilib tushsa, ikkinchi tomondan, o’simlik ildizlari orqali o’sha tuproqning chuqur qismida o’sish uchun zarur bo’lgan birikmalarni biriktirib beradi. Natijada o’simlik tuproqdan olgan mineral moddalar o’simlik xalok bo’lgandan so’ng tuproqning ustki qatlamida qoladi. O’simliklarning ildizlari va er ustidagi organlari tuproq ustida va uning yuqori qatlamlarida bakteriya va zamburug’lar tasirida parchalanadi. Tuproqdagi o’sha organik qoldiqlarning parchalanishi bilan bilan bir qatorda, parchalanishdan paydo bo’lgan mahsulotlar bir-birlari bilan qo’shilib, kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Natijada yangi, murakkab organik moddalar vujudga keladi. Shunday qilib, tuproq tarkibida o’simlik va hayvon qoldiqlarining chirishidan paydo bo’lgan mahsulotlardan hamda bu mahsulotlarning sintezi (qo’shilishi) dan chirindi deb atalgan qoramtir organik modda vujudga kelgan. Yuqorida aytilgan protsesslardan ko’rinib turibdiki, moddalarning aylanma harakatida tuproq ham ishtirok etadi. Uni V.R. Vilyams biologik (kichik) aylanma harakat deb atalgan. Bu aylanma protsesslar tufayli tuproqning unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Dexqonchilik madaniyatining o’sishi natijasida tuproq bilan ekinlar orasida sodir bo’ladigan biologik aylanma harakat tufayli yangi oziq moddalar vujudga keladi. Bu soxada organik va mineral o’g’itlarning roli juda kattadir. Tuproq tabiatning boshqa elementlari bilan doimo aloqada bo’lib, moddalarning umumiy aylanma harakatida muhim rol o’ynaydi. Tuproq eng avvalo o’simlik, hayvonlar va mikroblar bilan birga murakkab ekologik sistemani (biogeotsenoz) vujudga keltiradi va planatemiz biosferasida hayotning yashashini taminlashdek muhim vazifasini bajaradi. Tuproqning biologik yoki kichik aylanma harakatidan tashqari uning katta yoki geologik aylanma harakati ham bor. Bunda oqar suv va yog’in suvlarining ishi tufayli tuproqdagi oziq elementlar eritilib, yuvilib ketadi va okean, dengiz ko’llar tubiga cho’kindi jins sifatida yotqiziladi. So’ngra tektonik jarayonlar hamda dengiz regressiyasi natijasida o’sha joylar quruqlikka aylanadi va o’simliklar o’sib, tuproqning unumdor qismi vujudga keladi. Lekin bu jarayon uzoq vaqt davomida, geologik davrlarda sodir bo’ladi. Litosfera va atmosfera o’rtasida moddalarning almashinishi ham tuproq tasirida sodir bo’ladi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko’tarilgan chang to’zonlar atmosferaga etib, havoning tiniqligiga putur etkazadi, er yuzasiga kelayotgan yorug’lik energisi tasirini susaytiradi, yog’inlarning vujudga kelishiga tasir etkazadi. Atmosferadan tuproq ustiga har xil zarrachalar tushib, tuproq, o’simlik va hayvonot olamiga turlicha tasir etadi. Yog’in suvlari va shamol tasirida tuproq mikrorelefi o’zgaradi. Litosferaning unumdor qatlami hisoblangan tuproq bilan gidrosfera, biosfera hamda atmosfera orasida uzviy aloqa mavjud bo’lib, ular orasida doimo moddalar almashinib turadi. Tuproq kishilar hayoti uchun ayniqsa muhimdir. Inson o’zi yashashi uchun zarur bo’lgan ozuqa resurslarini tuproqdan oladi. Chunki, tuproq ekinlarning asosiy manbaidir. Okean va dengiz resurslarini hisobga olmaganda, inson o’z hayoti uchun kerak bo’lgan hamma narsani tuproqdan oladi. Xozir Er shari quruqlik yuzasining 10,8 % i xaydab ekin ekiladigan erlardir. Antarktida maydoni hisobga olinmasa, ekin ekiladigan erlar dunyo quruqlik yuzasining 11,5 foizini ishg’ol qiladi. Masalan, Janubiy Amerika materigi umumiy er maydoning atiga 5 foizidagina xozirda qishloq xo’jaligida foydalanilmoqda. Er sharidagi ekinzorlar umumiy maydonning faqat 14 % i sug’oriladigan erlardir. Ana shu sug’oriladigan erlardan olinadigan hosil xozir dunyo aholisining 50 foizini oziq-ovqat bilan taminlamoqda. Xaqiqatdan ham tuproq paydo bo’lish jarayonida har xil kimyoviy va biologik aktiv moddalar murakkab chirindi kislotalari, oddiy organik kislotalar, biogen ishqorlar va shunga o’xshash xilma-xil nurash elementlari hosil bo’ladi. Bular fizik nurash elementlari va mikroorganizmlar bilan bir qatorda tog’ jinslariga juda kuchli tasir etib, turli gil, qum va shag’allardan tashkil topgan. Er sharining nurash qobig’ini hosil qiladi.Nixoyat tuproq g’ovak bo’lganligi uchun yog’in-sochin suvlarini shimish, saqlash va ostki qatlamlarga o’tkazish xususiyatiga ega. Tuproqning chuqur qatlamlariga suvning shimilib borishi bilan u erda ham suvda eruvchi xilma-xil kimyoviy birikmalar paydo bo’lishiga sharoit tug’iladi. Bu erning chuqur qatlamlarida paydo bo’lgan yangi birikmalar tabiatdagi turli jarayonlarda ishtirok etib, yana yangi minerallar hosil qiladi. Agar suvni shimib, uni ostki qatlamlarigacha etkazib bera olish xususiyatiga ega bo’lgan g’ovak tuproq qavati bo’lmaganda edi, yog’in-sochin suvlari er yuzasi orqali oqib ketgan bo’lar edi.Tuproqga to’g’ri munosabatda bo’linsa, u doimo yaxshilanib boradi. Buning uchun tuproqni ishlashda ilg’or agrotexnikaga rioya qilish, erni doimo o’g’itlab turish, tuproqda iloji boricha ko’proq nam saqlash, almashlab ekishni joriy qilish zarur. Agar bu tadbirlar amalga oshirilmasa, tuproqda oziq moddalar kamayib ketadi, strukturasi o’zgaradi va oqibatda eroziyaga tez uchraydi, yani tuproq qashshoqlashib boradi. Natijada, unumdor erlar kam unum bo’lib qoladi va kishilik jamiyati uchun salbiy oqibatlar kelib chiqadi, kelajak avlodga tabiiy holati o’zgarib, yomonlashgan, kam unum erlargina meros bo’lib qoladi. Shuning uchun sayyoramizdagi har bir kishining muqaddas burchi, kelajak avlodga erlarimizni yaxshi saqlangan holda qoldirishdan iboratdir.  Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish va ularni ishlatish bo’yicha odamlar bir qancha geokimyoviy jarayonlarni yaratdilar. Bu jarayoni akademik A.E. Fersman “texnogenez” termini bilan atagan. Texnogenezning birdan-bir belgisi Er shari sirtini temir bilan boytishdir. Akademik A.E.Fersman XIX asrda metallar qazib chiqarish qanchalik o’sganligini hisoblab chiqdi. Uning hisobiga qaraganda, chuyan sanoati (Fe, Mn, Mo, NiCr), elektrotexnika va havoda uchish (AL, Cu va kamchil elementlar), oziq-ovqat sanoati (N,P, K elementlari) juda tez suratlar bilan o’sgan. Og’ir metallarga ftor, vanadiy, xrom, marganets, kobalt, nikel, mis, rux, mishyak, molibden, kadmiy, simob, qo’rg’oshin, volfram, vismut, temir, surma va boshqalar kiradi. Atrof-muhit uchun xavflilari simob, qo’rg’oshin,kadmiy, mishyak, selen, ftor elementlari bo’lsa, bular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi. Og’ir metallar tuproqqa yana biotsidlar va mineral o’g’itlar bilan ham tushadi. Og’ir metallar tuproqda asosan o’simlikka, undan oziqlanish zanjiri buylab odam va hayvonga zararli tasir qilish mumkin. Zaharli kimyoviy elementlar ichida xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob birikmasi tabiatdagi anorganik birikmalardan anaerob sharoitida organik moddalar ishtirokida hosil bo’lishi mumkin. Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalari asosan metall ishlab chiqarish sanoati hiqindilari, turli yokilgilarning yonish maxsuloti, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalardir. Xisoblarga qaraganda metallurgiya sanoati har yili juda ko’p miqdorda mis, rux, qo’rg’oshin, nikel, moibden, kobalt, simobni atrof-muhitga chiqarib yuboradi. Simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyak, ftor, rux va boshqalar bilan tuproqning ifloslanishi. Zaharli kimyoviy elementlar ichida eng xavflisi simob bo’lib, uning metilsimob tabiatdagi anorganik birikmalardan anaerob sharoitda organik moddalar ishtirokida hosil bo’lishi mumkin. Simob atmosferaga toshko’mir yoqishdan hosil bo’lgan dud va simob bilan zaharlangan suv havzalari suvini bug’lanishida chiqadi. Bunda simob havo oqimi bilan ko’p joylarga tarqalishi va bazi erlarga o’tirib qolishi mumkin. Simob birikmalari, jumladan metilsimob suv, tuproq, o’simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali o’tib borib, oxiri odam organizmiga tushishi mumkin.Odam organizmdagi simob miqdori ruxsat etilgan miqdordan oshib ketsa, u vaqtda buyrak, jigar va hatto miyaga kuchli tasir qilib asab kasalini keltirib chiqishi va bu kasallik hatto o’limga olib kelishi mumkin.

Download 80.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling