Tuproqning mexanik tarkibi, fizik, kimyoviy, biologik xossalari


Download 67 Kb.
bet2/2
Sana10.02.2023
Hajmi67 Kb.
#1186273
1   2
Bog'liq
1363356419 42223

Namlik sig’imi deb, suvni ushlab qolish miqdoriga aytiladi. Mayda donachali, ko’p chirindili, kolloid bo’lakchali, nitratli, osh tuzli va ohakli tuproqlarda ko’p bo’ladi. Qumli tuproq 15-20%, qumoq tuproq 25-30 %, loyqa – 70 %, torfli – 100 % gacha ushlab qoladi. Suv o’tkazuvchanlik (filtrlash) – xususiyati, tuproq suvni yuqoridan pastga o’tkazadi. O’tkazuvchanlik xususiyatini gigiyena tomondan ahamiyati katta ya’ni u tuproqni suv - havo rejimini belgilaydi, bunda biologik jarayonlar kechadi.
Kapilyarligi (suv ko’tarish) - xususiyati. Bunda suv tuproqning nam qismidan quruq qismiga ko’tariladi. Ko’tarilishi mexanik tarkibiga bog’liq. Donachalar qancha kichik bo’lsa, ko’tarilishi shuncha yuqori bo’ladi. M: qumli tuproqlarda bir necha sm. bo’lsa, loyqa tuproqlarda esa 5-6 m gacha bo’lishi mumkin. Bu xususiyatni ahamiyati shundan iboratki, atmosfera suvlari kam bo’lganda yuqori qatlami namlik va to’yimli moddalar bilan ta’minlanadi. Ammo, molxonalarni zax bo’lishiga ham sabab bo’ladi.
Gigroskoplik (shimish, yutish) - xususiyati, ya’ni havodagi namlikni yutishdir. Bu havodagi namlikni ko’p-ozligiga bog’liq. Tuproqda har xil chirindilar, torf va ba’zi tuzlar ko’p bo’lsa bu xususiyati yuqori bo’ladi (Ca, K – tuzlar). Tuproq suvining bug’lanishi - gigroskopligini teskarisidir. Tuproq yuzasi katta, donachasiz zichlangan, xiraroq, erigan tuzlar kam va janubga qarab qiya bo’lsa bug’lanish ko’p bo’ladi. Quyoshning kuchli issiqligi, quruq havo, shamol ta’sirida tuproqni ustki qatlami quriydi va natijada mikrobiologik jarayonlar sekinlashadi. Tuproqni issiqlik saqlash xususiyati - Asosan quyosh energiyasiga, geografik joylashishiga, yilning fasliga, obi-havo va tuproqning tuzilishiga bog’liqdir, chirindiga boy va quruq tuproq tez isiydi (8-30 m chuqurlikda doimiy, keyin har 34 m da 1° ga ko’tariladi). Havoning harorati 0° bo’lsa tuproq muzlaydi (2 m gacha) tuproqni isishi tufayli mikrobiologik jarayonlar va organik moddalarni chirishi yaxshi boradi. Molxonalarni poydevorini tiklashda kanalizasiya va vodoprovodni o’tkazishda muzlash qalinligini hisobga olish zarur. Zax tuproqlarni muzlashidan poydevorlar va binolar yemiriladi, darz ketadi. Yutuvchanlik xususiyati deb - gazlarni suyuqliklarni, erigan moddalarni yutishi o’simlik va mikroorganizmlar uchun oziqa muhitni tuproq zarrachalarni o’shlab qolishiga aytiladi. (Ammo ko’p bo’lsa hammasini ushlab qola olmaydi-suvga o’tib ketadi). Chirigan moddalarni mikroorganizmlarni o’shlab qolishi gigiyena tomondan ahamiyati katta (mexanik, fizik, ximiyaviy va biologik xususiyatiga bog’liq).
Tuproqning kimyoviy tarkibi - Tuproq qattiq mineral, organik zarrachalar, tuproq eritmasi va havodan tashkil topgan. Mineral moddalar 90-99 %, organik esa 1-10 % gacha bo’ladi. Mineral qismida har xil ximiyaviy birikmalar bo’lib, eng ko’pi SiO2, alyuminiy, temir, kaliy, natriy oksidlaridir. Tuproqda karbonatlar ko’p bo’lsa, kalsiy va magniy oksidlari, sho’r tuproqlarda esa kaliy xlor va natriy xlorlar ko’p bo’ladi. Tuproq tarkibida minimal miqdorda mikroelementlardan kobalt, marganes, simob, bor, temir, ftor, brom va boshqalar bo’ladi. Tuproqning hosildorligi uning kimiyoviy tarkibiga bog’liq. U yoki bu mineral elementlar ko’p yoki oz bo’lishi o’simliklar orqali hayvonlarni Sog’ligiga va mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Mineral elementlarga kambag’al tuproqlarda o’simliklarni hosildorligi past bo’lib, to’yimli moddalar kam bo’ladi. Xatto shu zonadagi suvning tarkibiga ta’sir etadi.
Agar Sa va R tuzlari yetishmasa, o’simlikda ham yetishmaydi, oqibatda hayvonlar organizmida mineral moddalar almashish buziladi. Suyak kasalliklari ko’payadi, nasldorlik pasayib, mahsuldorlik kamayadi.
Natriy yetishmasa hayvonlarni ishtaxasi pasayadi, oqsil yig’ilishi kamayadi, markaziy nerv sistemasi tez charchaydi, yurakni ish faoliyati buziladi va hakozo. Keyingi yillarda hosildorlikni oshirish maqsadida azotli ug’itlar ko’p ishlatiladi. Bu esa tuproq, suv, o’simliklarni tarkibida nitratlarni ko’payishiga sabab bo’lib, hayvonlarni zaharlaydi (har ga 150 kg bug’doy, javdar va boshqa o’simliklar tarkibida mumkin bo’lgan darajadan ortib ketadi).
Mikroelementlarni biologik rolini 1891 yil biogeoximiyaning ya’ni tuproqni ximiyaviy tarkibini bo’tun tirik organizm bilan bog’lanishini o’rganadigan fanning asoschisi akad. V.I.Vernadskiy o’rgangan va isbotlagan. Mikroelementlarni tuproq, suv va tirik organizmlar o’rtasida taqsimlanishini uni shogirdlari A.P. Vinogradov, Ya.V. Peyve, V.V.Kovalskiy va boshqalar o’rganganlar ya’ni biogeoximiyaviy provinsiyani ta’limotini yaratganlar. Biogeoximiyaviy provinsiya ma’lum viloyat tuprog’ida, o’simlik dunyosida, suv va hayvonlar organizmida u yoki bu elementlarni ko’p yoki oz bo’lishiga aytiladi. Bu ixtiro ko’pgina hayvon va odamlar kasalliklari tug’risida bilishga sharoit yaratdi. Bunday kasalliklarga Biogeoximiyaviy enzootiya kasalliklari deyiladi. Mamlakatimizda enzootik kasalliklar har xil joylarda uchraydi. Masalan: yod yetishmasligidan – buqoq (zob); kobolt yetishmasligidan akaboltoz (suxotka), mis yetishmasligidan akuproz (lizuxa) kasalliklari aniqlangan.
Kaspiy buyi, Dog’iston, Checheniston, Ingushetiya va boshqa rayonlarda mis yetishmasligi va qurg’oshin - molibden sulfatlarni ko’pligidan yosh hayvonlar va bug’oz qo’ylarda ataksiya kasalligi uchraydi.. Boshkirtistonda misni ko’pligidan (normadan 40 barobar ko’p) qon ishlab chiqarish buziladi, qonda eritrosit va gemoglabin kamayadi, jigar kattalashadi, juda oriqlaydi va halok bo’ladi.
O’zbekiston sharoitida birinchi bo’lib Zarafshon vohasida, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida biogeoximiyaviy provinsiyani prof. M.A. Rish va uning shogirdlari R.A.Aminov, D.V.Abdullayev, K.A.Askarov, Sh.M.Xolmatov va Sh.N. Nazarovlar aniqladilar. Ohakli va ishqorli tuproqlarda molibden erigan holda ko’p uchrab, qoramol va qo’ylarni zaharlaydi. Yaylov o’simliklari muzlaganda yoki quritilganda molibden erimaydigan birikmaga aylanib, zaharlaydi. Tuproq va suvda ftor elementi ko’p bo’lsa odam va hayvonlarda flyuoroz kasalligi uchraydi yetishmasa tishlarda chirish kasalligi bo’ladi. Qorqalpog’iston, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari, Dolvarzin, Qarshi, Muborak, Qoraqum, Nishon xo’jaliklarida mis yetishmasligidan endemik gepatit, qora junli depigmentasiyalanishi va jun tukilishi kuzatiladi. Yod yetishmasligidan buqoq, sigirlarni qisir qolishi, mahsuldorlikni kamayishi bo’ladi. Bu kasallik Buxoroning qorakul, Farg’onaning markaziy tumanlarida, Andijon, Shaxrixon, Samarqandning Jomboy, Okdaryo, Ishtixon tumanlarida uchraydi. Rux yetishmasligi Jizzax viloyati G’allaorol, Zomin, Zarbdor, Samarqandning Nurobod, Navoiyning Nurota, Qashqadaryoning G’o’zor va Yakkabog’ tumanlarida uchraydi. Buxoroning chul tumanlarida Qashqadaryoning g’arbiy tumanlarida, Samarqandning Urgut va boshqa tumanlarida o’simlik va tuproqda misni ko’pligidan misdan zaharlanish – ya’ni jigar va qonga misni tarqalishi kasalligi bo’ladi. Shunday qilib tuproqda yetishmaydigan makro va mikroelementlarni o’g’it tariqasida o’simliklarga berilishi yoki mikroo’g’itlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari rasionga ham makro va mikroelementlar qo’shib berib boriladi.
Tuproq har xil mikroorganizmlarga juda boy bo’ladi. (bakteriyalar, aktinomisitlar, mog’orlar, achitqilar protozoalar, suv hayvonlari). Eng ko’pi tuproqning 10-30 sm qalinligida uchraydi. Ustki betida juda kam bo’ladi. Chunki quyosh nuri va qurg’oqchilik ta’sirida nobud bo’ladi. 2-4 m chuqurlikda 1-2 ta va 6 m chuqurlikdan keyin mikroblar bo’lmaydi. Mikroorganizmlarni Soni yilning fasliga qarab o’zgaradi: qishda eng kam, bahorda eng ko’p va yozda esa maksimumga yetadi. Ko’pincha tuproq tarkibida saprofit bakteriyalar bilan bir qatorda patogen mikroblar sporalari va gelmintlar tuxumlari ham ko’p o’chraydi. Patogen mikroblar odam va hayvonlarni axlati, sulagi va boshqa ajratmalari, shuningdek yuqumli kasalliklardan o’lgan hayvonlarni jasadlaridan o’tadi. Ular tuproqqa tushgandan keyin tez halok bo’ladi yoki patogenlik xossasini yo’qotadi. Biroq spora hosil qiladigan bakteriyalar (kuydirgi, qoqshol, gazli gangrena, botulizm) uzoqyillar tirik qolishi mumkin.
1881 yil Lui Paster kuydirgidan o’lgan jasadni ko’mib 17 yildan keyin ochgan, kursa sporaga uralgan mikroblar tuliq yashash qobiliyatini yo’qotmaganligini aniqladi. Qorason (emkar) mikroblari 30-40 yil yashaydi. Bu kasalliklarni tuproq infeksiyasi deb ataladi. Bu mikroblarni uzoq yashashiga oziqa muhiti va namlik bor yo’qligi ko’p darajada sabab bo’ladi. Nam tuproqda quruqqa nisbatan 2-4 barobar uzoqroq saqlanadi. Tuproqda doimo yashaydigan ba’zi bir bakteriya va zamburug’lar patogen mikroblarni dushmanidir, chunki bularda ishlab chiqariladigan bakteriofag va antibiotiklar ularni halok qiladi. Kuydirgi kasalligini mikrobi tuproq neytral yo kuchsiz ishqoriy muhitda bo’lsa aktivlashadi. Tuproqda ma’lum sharoitlarda spora hosil qilmaydigan patogen mikroblar (sil kasalligi, brusellez, cho’chqa saramasi, salmonellez, nekrobasillez, oqsil, dermotomikoz) ham uchraydi.
Patogen mikroblardan tashqari gelmintlarning tuxumi ham ko’p o’chraydi. Yer betiga tushgan askaridalar quyosh nuri ta’sirida namlik yo’qligi tufayli 7 Soatda nobud bo’ladi, ammo 2-10 sm chuqurlikda esa bir yilgacha saqlanadi. Ba’zi bir gelmintlarning tuxumi har xil iqlim sharoitidagi tumanlar tuprog’ida 2 va undan ko’proq yillar yashash qobiliyatini yo’qotmaydi va kelgusida ozuqa va suv orqali hayvonlarni kasallantiradi. Insoniyat va hayvonot olamida paydo bo’ladigan hamma iflosliklar, chiqindilar tuproqqa tushishi tabiydir. Ammo, bu murakkab, organik moddalar qator omillar ta’sirida o’simliklar uchun zarur bo’lgan organik birikmalarga aylanib qoladi. Lekin, iflosliklar haddan tashqari ko’p bo’lsa tuproq bularni zararsizlantira olmaydi. Aksincha iflosliklarni organik qismi patogen mikroblar uchun oziqa muhit bo’lib, ularni ko’payishi va rivojlanshiga sabab bo’ladi. Iflos tuproq atmosfera havosini ham ifloslantiradi, pashsha kemiruvchilar ko’payadi va natijada kasalliklar ko’payadi. (havo changi temasini eslating). Hozirgi kunda tuproq radioktiv chiqindilar bilan ham ifloslanish ehtimolini oldini olish gigiyena tomondan ahamiyati katta. Agar tuproq radioaktiv moddalar bilan ifloslansa bu moddalar o’simliklarga, suvga, hayvonlarga go’sht va sut orqali odamga ham o’tadi.
Tuproqning o’z-o’zidan tozalanishida bakteriyalar, zamburug’lar, hasharotlarning lichinkalari, qurtlar va boshqalar ishtirok etadi. Bunda ko’pgina patogen mikroorganizmlar noqulay biologik sharoitlar ta’sirida halok bo’ladi. Tuproqdagi murakkab organik moddalar tuproqdagi bakteriyalar ishlab chiqadigan enzimlar ta’sirida parchalanib O2 ishtirokida mineral moddalarga aylanadi. Oksidlanish jarayonida suv, СO2 azot, gugurt, fosfat kislotalarini tuzlari hosil bo’ladi bunga ammonifikasiyalanish deyiladi. Ammonifikasiyalanishdan keyin aerob sharoitda nitrifikasiya jarayoni boshlanadi. Ammonifikasiya va nitrofikasiya hodisalari uzluksiz qaytarilib turadi va bu hodisani denitrifikasiya deyiladi. Hosil bo’lgan nitrifit mikroblar ta’sirida azot kislotalarini hosil qiladi, qaysikim tuproqdagi K, Na va boshqa elementlar bilan birikib o’simliklar yaxshi o’zlashtiradigan o’g’itlarni hosil qiladi. Xuddi shuningdek, sulfatlar, fosfatlar ham hosil bo’lishi bo’ladi. Tuproqda organik moddalarning parchalanishi jarayonlari bilan bir qatorda sintez jarayonlar ham bo’lib turadi natijada chirindi (gumus) hosil bo’ladi. Bu agronomiyada katta ahamiyatga ega.
Tuproqni sanitariya tomondan baholash uning fizik, kimyoviy, bakteriologik va gelmintologik xossalarini tekshirishlar asosida o’tkaziladi. Qurilish uchun tuprog’i toza, organik moddalar bilan ifloslanmagan, yer osti suvlari chuqur joylashgan (poydevorgacha 1 m qolsin) joy ajratiladi. Tuproq va suvni sanitariya jihatdan baholashda ichak tayoqchasi bilan ifloslanganligini ifodalovchi miqdor belgisini koli titr va koli indeks joriy qilingan (jadval). Tuproqda gijja tuxumlari bo’lishi ham ifloslikdan darak beradi. 1 kg tuproqda 100 dan ortiq gelmint tuxumi bo’lsa juda iflos, 10-100 gacha o’rtacha, 1-10 sal iflos, bo’lmasa toza deyiladi (jadval). Har xil kasallik mikroblari bilan ifloslanishi oldini olish agrotexnik va sanitariya tadbir choralarga bog’liq. Almashlab ekishni joriy etish, tuproqni to’g’ri ishlash mineral va organik o’g’itlardan to’g’ri foydalanish zarur. Yerni quritish, haydash, kanallar o’tkazish.
Tuproqda yuqumli va gelmintozlar bo’lgan yerlarda kuyidagitadbirlar o’tkazish zarur: ifloslangan yerni o’rash va o’sgan o’simliklardan foydalanmaslik, kasal mollarni ajratish yoki shu kasalliklarni yuqtiradigan hayvonlarni emlash, epizootik tadbirlarni reja asosida bajarish, ilgari mollarni o’ligi kumilgan yerlarni tartibga keltirish, yaylovlarni biologik degelmintizasiya (zagonlarga bo’lish) va boshqa ishlarni bajarish kerak.
Tuproqni organik chiqindilar va tuproq infeksiyasini qo’zg’atuvchi mikroblar bilan ifloslanishidan qo’riqlashning asosiy tadbirlari – aholi yashaydigan punktlari va chorvachilik fermalarini har xil chiqindilardan tozalashni uyushtirish, go’ngxonalarni jihozlash, yerlarni sug’orish va shimdirishdan to’g’ri foydalanish, hojatxona, yuvindi chuqurlari axlatxonani to’g’ri qurish, go’sht kombinatlari, biotermik quduqlar veterinariya-sanitariya qoidalariga va talablariga qattiq rioya qilishdir.
Tuproqni patogen mikroblar va gelmintlarni bo’g’imlari bilan ifloslanishida shu kasallik bilan kasallangan hayvonlarning tezagi eng xavflidir. Shuning uchun bu hayvonlarning go’ngi ma’lumdarajada biotermik usulda zararsizlantirilgandan so’ng dalaga chiqariladi. Mabodo, go’ngda spora hosil qiladigan mikroblar bo’lsa, u holda go’ng ko’ydiriladi. Ba’zan xavfli kasalliklar bilan o’lgan mollarni o’ligi yotgan yerlar ham zararsizlantirishga to’g’ri keladi. Bunda tuproqning tuzilishi, ko’rinishi va mikroorganizmlarning turiga qarab har xil dezinfeksiya qiladigan dorilar ishlatiladi. Qum, qumloq va boshqa yumshoq tuproqlar patogen mikroblar bilan ifloslangan bo’lsa 4% formaldegid, 10% - issiq sernokarbol aralashmasi yoki NaOH (1m2 10 l), 25% xlorli ohak aralashtiriladi. Bunda tuproq 25 sm chuqurlikda chopilib aralashtiriladi (1 m2 5 kg).
Tuproq ko’ydirgi, qorason va boshqa kasalliklar sporalari bilan ifloslangan bo’lsa etilen oksid va bromli etil, bromli metil aralashmasi bilan zararsizlantiriladi. Bu dorilar 2 m chuqurlikgacha o’tadi.
Katta mollarni o’ligini yo’qotishda maxsus avtomashinalardan foydalaniladi. Avtomashina yoki aravalar suyuqlik oqmaydigan, mahkam yopiladigan tushirish va ortishga oson qilib jihozlanadi. Yashiklarni ichki devorlari va taglari dezinfeksiya qilishga oson bo’lishi uchun ruxlanadi yoki metall tunuka bilan qoplanadi. Yashiklarni uzunligi 2,5 m; kengligi 1,7-1,75 m va chuqurligi 0,85 m bo’lib, orqa va yon tomonlaridan tashlanadigan bo’ladi.
O’lik yotgan yerning ustki qatlami 25-50 sm olinib, o’lik bilan olib ketiladi, qolgan yer esa 10% xlorli ohak aralashmasi bilan dezifeksiya qilinadi. Har safar o’lik tashilgandan keyin avtomashina, arava, asboblar, anjomlar, maxsus kiyimlar qunt bilan dezinfeksiya qilinadi va tozalanadi.
O’liklarni yorish va terisini ishlash chiqindi zavodlarning xonalarida yoki biotermik quduqni oldida betonlangan joyda bajariladi.
Kasallikni turiga qarab o’liklar va suyim chiqindilari biotermik quduqda zararsizlantiriladi yoki chiqindi zavodlarida maxsus usullarda hayvonat olamidan olinadigan ozuqalar tayyorlanadi ayrim zooantroponoz kasalliklarda butunlay ko’ydiriladi.
Biotermik quduq – hayvonlarni o’ligini yuqotish uchun quritiladi. Buning uchun aholi yashash joyidan, fermalar, yaylov, daryo, kul va ariqlardan 1-2 km uzoqlikdan joy tanlanadi 200-500 m2 yerning atrofi devor bilan uralib yagona kirish darvozasi quriladi. Devorning ichki tomonidan eni 1 m va chuqurligi 1,4 m ariq qaziladi. Quduqning eni 3 m, chuqurligi 9-12 m bo’lib va ichki devori tubi suv o’tkazmaydigan qatlam bilan ishlab chiqiladi. Quduqning labi yerdan 20 sm balandlikga ko’tariladi. Og’zi 2 qavat: oralig’i 30 sm qilib qopqoq qilinadi. Bu oraliq qish paytida poxol, eski paxta yoki jandalar bilan tuldiriladi. Quduqning havosini almashlab turish uchun 25x25 sm o’lchamli taxtadan surg’ichli truba qilinadi. Quduqga juda xavfli kasalliklardan o’lgan hayvonlarning o’ligidan boshqa hammasi tashlanishi mumkin. aerob sharoitda o’liklar 4-5 oy davomida chiriydi. Bunda termofil bakteriyalar rivojlanishi natijasida harorat 60-70 ko’tariladi va oqibatda patogen mikrofloralar halok bo’ladi.
O’liklarni ko’ydirish – xavfli yuqumli kasalliklardan (ko’ydirgi, qoraСOn, quturish va boshqalar) o’lgan hayvonlarning o’ligi butunlay terisi shilinmay, ajratgan suyuqliklari bilan birga ko’ydiriladi.
Chiqindi zavodlarida turli kasalliklardan o’lgan hayvonlardan go’sht - suyak uni, qon uni, baliq uni va boshqalar olinadi.

Adabiyotlar:





  1. Suvonqulov Yu.A. «Qishloq xo’jalik hayvonlari gigiyenasi»

Toshkent, 1994
1. Kuznesov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx
jivotnыx» Moskva, 1991

  1. Medvedskiy V.I. «Soderjaniye, kormleniye i uxod za jivotnыmi». Minsk, 2007

  2. Kochish I.I., Kolyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiyena», Moskva, 2008

4. M.A.Rish, R.A. Daminov, D.V. Abdullayev "Biogeoximicheskoye
rayonirovaniye i endemicheskiye zabolevaniya s/x jivotnыx
O’zbekistana" Toshkent, Fan, 1980.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling