Tuproqning singdirish qobilyati, buferligi va tuproq muhitining reaksiyasi, O’simliklar oziqlanishining muhim omillari. Mundarija


O’simliklarning rivojlanish davrlari va oziqlanish sharoitlari o’rtasidagi munosabat


Download 58.01 Kb.
bet8/9
Sana01.05.2023
Hajmi58.01 Kb.
#1419341
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TUPROQNING SINGDIRISH QOBILYATI, BUFERLIGI VA TUPROQ MUHITINING

2.2. O’simliklarning rivojlanish davrlari va oziqlanish sharoitlari o’rtasidagi munosabat

Rivojlanishning ilk davrlarida o’simliklar oziq moddalarni kam miqdorda talab qiladi. Lekin ularning tuproqda kam yoki serob bo’lishi nihollarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu davrdagi fosfor tanqisligi o’simliklarning butun vegetatsiya davridagi rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Keyingi davrlarda fosfor bilan mo’l─kol oziqlantirish ham rejadagi hosilni olishga yordarn bermaydi. Rivojlanishning dastlabki davrlarida tuproqda fosforning me’yorida bolishi o’simliklarning yaxshi ildiz otishiga yordam beradi. Boshoqli don ekinlar dastlabki uch─to’rtta barg yozish davridanoq reproduktiv organlar─boshoq va ruvakka asos solinadi. Bu davrda azot yetishmasligi keyinchalik tupdagi boshoqlar sonining kam bo’lishi va hosilning kamayishiga olib keladi.


O’simliklaming yer ustki organlari─poya va barglari jadal rivojlanadigan davrlarida oziq moddalarga talabi ham kuchayadi. Azot bilan yetarli oziqlantirish vegetativ organlarining jadal o’sishi va assimilyatsiya apparatining shakllanishiga yordam beradi. Gullash va meva tugish davriga kelib aksariyat O’simliklarning azotga bo’lgan talabi kamayadi. Lekin fosfor va kaliyga ehtiyoji ortadi. Bu bevosita ayni elementlarni reproduktiv organlarining shakllanishi, hosilning tovar qismida zaxiraviy modda sifatida to’planishi va ayniqsa, organik moddalarning sintezlanishi va harakatlanishida ishtirok etishi bilan bog’liq. O’sish organlari rivojlanishdan to’xtagan paytda o’simliklar tomonidan oziqa moddalarni o’zlashtirishi ham asta─sekin susayadi va to’xtaydi. Bu davrda organik moddalarning to’planishi va boshqa hayotiyjarayonlaro’simlikda ilgari to’plangan oziq moddalardan takror foydalanish (reutilizatsiya) hisobiga t a’minlanadi14.
Qishloq xo’jalik ekinlarini vegetatsiya davrida oziq moddalarni yutish miqdori va tezligi jihatidan bir─biridan farq qiladi. Barcha boshoqli don ekinlari, zig’ir, kanop, ertaki kartoshkajadal oziqlanadigan davrning qisqaligi bilan ajralib turadi. Masalan, kuzgi javdar kuz faslining o’zidayoq barcha oziqmod dalarning 25—30% ini yutadi, bu davrda o’simliklarning quruq massasi oxirgi massasining 10% iga yetadi xolos. Bahorgi bug’doy nisbatan qisqa muddatda naychalashdan boshoqlashgacha —oziq moddalar yalpi miqdorining 2—3 qismini iste’mol qiladi. Kartoshkaning o’rta vakech pishar navlari oziqa moddalarni asosan iyul oyida o’zlashtiradi. Shu muddatda azotning 40, fosforning 50 va kaliyning 60% ini o’zlashtiriladi. Kartoshkaning ertaki navlarida oziq moddalarni jadal o’zlashtirish yanada qisqa muddatlarda sodir bo’ladi. Zig’irda oziq elementlarni eng ko’p iste’mol qilish g’unchalashdan gullash davrigacha, g’o’zada esa shonalashdan hosil elementlari shakllanib bo’lguncha davom etadi.
Ayrim ekinlar — makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi va bosliqalar oziq moddalarni bir me’yorda hamd a uzoq muddat o’zlashtirishi bilan ajralib turadi. Barcha oziq elementlar o’simliklar tomonidan bir xil tezlikda yutilmaydi. Masalan, makkajo’xorida kaliy tez, azot o’rtacha va fosfor ancha sekin yutiladi. Kaliyning yutilishi ruvak chiqarish davrida tugasa, fosforning yutilishi deyarli vegetatsiya davrining oxirigacha davom etadi. Kanop tomonidan azot va kaliyning o’zlashtirilishi maysalar unib chiqqandan keyin mos ravishda 3 va 5 hafta o’tgach yakunlanadi. Fosforning jadal yutilishi vegetatsiya davrining oxirigacha davom etadi. Qand lavlagining ham oziq moddalarni o’zlashtirishi bir tekis emas. Nihollar paydo bo’lganidan keyingi birinchi o’n kunlikda fosfor va kaliy azotga nisbatan 1,5 barobar, barglar jadal shakllanadigan davrda 2,5—3 baravar ko’proq o’zlashtiriladi. lldizmeva hosil bo’lish va unda shakar to’planish davrida mo’l oziqlantirilsa, to’p barg o’sib ketadi, ildizmeva kattalashib, shakar miqdori kamayadi.
O’simliklarning oziqlanish sharoitlarini o’suv davrlariga mos ravishda o’g’it kiritish yo’li bilan boshqarish va shu yo’1 bilan hosil miqdori hamda uning sifatiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatish mumkin.
Tuproqlarni o’rganish, tarkibi, xususiyatlari hamda ularda sodir bo’ladigan fizikaviy, fizika─kimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlarni bilish dehqonchilikda o’g’itlardan samarali va oqilona foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqqa kiritilgan o’g’itlar turli o’zgarishlarga uchraydi, tarkibidagi oziq moddalarning eruvchanligi, o’zlashtirilish darajasi va harakatchanligi o’zgaradi. Mazkur o’zgarishlar bevosita o’g’itlarning fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari bilan bog’liqdir.
O’g’itlar ham o’z navbatida tuproqlarga sezilarli ta’sir ko’rsatadi: oziq moddalarga boyitadi, tuproq eritmasining reaksiyasini, mikrobiologik jarayonlarning xususiyati vajadalligini, shuningdek, unumdorlikka ta’sir etuvchi ayrim omillarni o’zgartiradi.
Tuproq mikroorganizmlari tomonidan kislorodning o’zlashtirilishi, organik moddalarning parchalanishi va ildiz tizimining nafas olishi natijasida karbonat angidrid (CO2) hosil bo’ladi. Shu sababdan atmosfera havosida karbonat angidrid miqdori 0,03% bo’lgani holda tuproq havosida bir foiz atrofida, ba’zan 2—3% ga yetadi. Tuproqdagi karbonat angidrid miqdori atmosfera va tuproqdagi havo almashinuvi (aeratsiya) jadalligiga monand o’zgaradi. Hosil bo’ladigan karbonat angidridning bir qismi atmosferaga tarqaladi, bir qisrni esa tuproqdagi namlik ta’sirida erib, karbonat kislotaga aylanadi. Atmosferaga uchib chiqadigan karbonat angidrid o’simliklar tomonidan o’zlashtirilib, hosil miqdorini oshirishga xizmat qilsa, karbonat kislota tuproq eritmasining nordonligini oshiradi15: CO2 + H2O = H2CO3 → H ─ + HCO3 ─ Atmosferadagi CO2 miqdori oshganda, tuproq eritmasidagi karbonat angidrid miqdori ham ko’payadi. Aksincha, ayni gazning havodagi miqdorini kamayishi tuproq eritmasi tarkibidagi CO2 ning bir qismini atmosferaga uchib chiqishiga sabab bo’ladi. Tuproqda karbonat angidrid miqdorining ko’pavishi ham ijobiy ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, hosil bo’ladigan karbonat kislota tuproqdagi mineral birikmalar (fosfatlar, kalsiy karbonat va boshqalar) ning eruvehanligini oshiradi va ularni o’simliklar oson o’zlashtiradigan shaklga o’tkazadi. Ikkinchi tomodan, tuproqda namlik ko’p, aeratsiya sust bo’lsa, karbonat angidrid miqdorining ortishi va kislorodning yetishmasligi oqibatida o’simlik va mikroorganizmlarning me’yorida rivojlanishi buziladi. Kislorod tanqisligida ildizning o’sishi va nafas olishi susayadi, o’simlik tomonidan oziq moddalarning o’zlashtirilishi sekinlashadi. Bunda, ya’ni aeratsiya susayganda, tuproqda anaerob─qaytarilish jarayoni kuchayadi.
Tuproq eritmasi — tuproqning eng harakatchan va faol qismi bo’lib, unda o’simliklaming oziqlanishi uchun bevosita xizmat qiladigan turli turnan jarayonlar sodir bo’ladi. Tuproq eritmasida HCO3 ─, OH─, Cl ─ , NO3 ─ , H2PO4 ─ kabi anionlar, H+, Na+, K+ NH4+, Ca2+, Mg2+, Al3+, Fe3+ kabi kationlar va suvda eruvchan organik moddalar mavjud. Bulardan tashqari, unda kislorod, karbonat angidrid, ammiak kabi gazlar ham erigan bo’ladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasini ortishi asosan minerallarni nurashiva parchalanishi, mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalarning minerallashishi, mahalliy va mineral o’g’itlarni qo’llash asosida sodir bo’ladi. O’simliklarning oziqlanishi uchun tuproq eritmasida K + , NH4+, Ca2+, NO3 ─ , SO42 ─, H2P4 ─ kabi ionlarning bo’lishi va doimiy ravishda to’ldirilib turilishi muhimdir. Tuproq eritmasidagi tuzlar rniqdori foizning yuzdan bir ulushidan (chimli podzol tuproqlarda) bir necha foizgacha (qora tuproqlarda) o’zgaradi. Odatda, tuproq eritmasidagi tuzlar rniqdori 0,05% atrofida bo’lib, konsentratsiyaning 2% dan oshib ketishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi o’g’it qo’llash, tuproq namligining kamayishi, organik moddalarning minerallashishi natijasida oshadigan bo’lsa, o’simliklarning oziqlanishi, oson eriydigan moddalarning tuproqni quyi qatlamlariga yuvilishi yoki erimaydigan shaklga o’tishi natijasida kamayadi. Tuproq eritmasining tarkibi va konsentratsiyasi tuproqning qattiq fazasi, eritmasi va kolloidlari o’rtasidagi almashinish reaksiyalari bilan uzviy bog’liqdir.
Tuproqning qattiq fazasi. Tuproqning qattiq fazasi o’simliklar uchun asosiy zaxira moddalarni tutadi. Tuproq qattiq fazasining 90─99% ini mineral moddalar, faqatgina bir necha foizini organik moddalar tashkil qiladi. Organik moddalarning rniqdori juda kam bo’lsada, tuproq unumdorligini belgilashda muhim o’rin tutadi. A. P. Vinogradov ma’lumotiga ko’ra (21─jadval), tuproq qattiq fazasining deyarli yarmini kislorod, uchdan bir qismini kremniy, 10% dan ko’prog’ini aluminiy va temir tashkil qiladi. Atigi 7% ga yaqini boshqa elementlar hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur elementlarning barchasi tuproqning mineral qismida, turli mineral birikmalar tarkibida uchraydi. Uglerod, vodorod, kislorod, fosfor, oltingugurt tuproqning ham mineral va ham organik qismi tarkibida uchragani holda, azot faqat organik moddalar tarkibiga kiradi.
Tuproqlarda K, Ca, Mg va Na larning karbonat, sulfat, nitrat, xlorit va fosfatlari kam uchraydi. Bu tuzlarning aksariyati (ayniqsa K va Na tuzlari) suvda oson eriydi, shu bois ularning tuproqdagi miqdori juda kam. Qiyin eriydigan tuzlar (Ca va Mg karbonatlari hamda kalsiy sulfat) ning miqdori tuproq qattiq fazasining asosiy qismini tashkil etadi.
Ma’lumki, gumus va uning tarkibidagi azotning asosiy qismi tuproqning yuqori disperslikka ega bo’lgan yuza qatlamlariga to’planadi. Shu bois tuproqning ilsimon va kolloid funksiyalari o’simliklar oziqlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, ayni fraksiyalar ancha faol bo’lib, tuproqdagi adsorbsiya jarayonlarini va shunga boq’liq ravishda singdirish qobiliyatini ham belgilaydi16.
Tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan muhim flzikaviy, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari o’rtasidauzviy munosabat mavjud. Temir, kalsiy, magniy, kaliy kabi elementlarning miqdori tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan bog’liq. Og’ir mexanikaviy tarkibli tuproqlar qumli va qumloq tuproqlarga nisbatan oziq moddalarga ancha boydir.
Gumusga aylanmagan organik moddalar deganda, tuproqda chirib ulgurmagan yoki chala chirigan o’simlik qoldiqlari hamda unda hayot kechiradigan hayvon (chuvalchang va hasharotlar) va mikroorganizmlaming qoldiqlari tushuniladi. I.V. Tyurinning aniqlashicha, bir ga maydondagi tuproqqa yil davomida 5—8 t o’simlik qoldiqlari tushib, shundan 1 — 10% i tuproq haydalma qatlamining organik moddasiga aylanadi. Tuproqning 0—20 smli qatlamida mavjud bo’lgan 0,7—2,7 t /ga (ayrim ma’lumotlarga ko’ra 5—8 t/ga) bakteriyalarning atigi 1—2% i organik moddaga aylanadi.
Tuproqdagi kimyoviy o’ziga xos organik birikmalar asosan uglevodlar (selluloza, kraxmal, gemiselluloza) organik kislotalar, oqsillar, aminokislotalar, amidlar, yog’lar, qatronlar, aldegidlar, poliuron kislotalar, oshlovchi moddalar va lignin ko’rinishlarida uchraydi.
Gumusga aylanmagan moddalar umumiy organik moddalar miqdorining 10—15% ini tashkil qilsada, tuproq unumdorligini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu moddalar tuproqda ancha tez parchalanadi, tarkibidagi azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar osonlik bilan minerallashadi va o’simiklarning oziqlanish manbayiga aylanadi. Ularning bir qismi tuproqda parchalanib, o’ziga xos tabiatli organik moddalarga aylanishi va gumus hosil bo’lishi uchun manba bo’lib xizmat qilishini alohida ta’kidlash joiz.
Gumus moddalari tuproq organik qismining 85—90% ini tashkil qiladi. Ular gumin va fulvo kislotalar hamda guminlardan tarkib topgan. Mazkur moddalar ichida gumin kislotalar yaxshi o’rganilgan. Gumin kislotalar o’z ichiga tarkibi va xossalari jihatidan o’xshash bir qator nioddalarni oladi. Gumin kislotalarning eng sodda tarkibi quyidagicha: uglevodlar — 52—62, kislorod — 31—39, vodorod — 2,8—6,6, azot —3,3 —5 ,1%.
Gumus moddalarning ikkinchi guruhi fulvo kislotalar bo’lib, ular azotli yuqori molekular oksikarbon kislotalardir. Fulvo kislota gumin kislotadan o’zining och tusi (fulvo so’zining lug’aviy ma’nosi sariq, sarg’ish demakdir), suv va mineral kislotalarda eruvchanligi hamda kislotali gidrolizga oson berilishi bilan farqlanadi. Fulvo kislotalarning eng sodda kimyoviy tarkibi quyidagicha: uglerod — 45—48, vodorod — 5—6, kislorod — 43—48,5 va azot — 1,5—3,0%.
Fulvo kislotalarning kalsiyli va magniyli tuzlari suvda eriydi, ularning aluminiy hamda temir bilan hosil qiladigan kompleks birikmalari ham ancha harakatchan bo’lib, faqat pH ning tor intervalida cho’kmaga tushadi. Fulvo kislota molekulalar tarkibidagi azotli moddalar nisbatan kuchsizroq bog’langan, gumin kislotalarning azotli birikmalariga nisbatan kislotali gidrolizga oson beriladi. Fulvo kislotalar tarkibidagi azot tuproq yalpi azotning 20—40% ini tashkil qiladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ekinlar o’g’itlanmasdan yetishtirilganda, tuproqda gumus va azot zaxirasining keskin kamayishi kuzatiladi17. Bu jarayon ayniqsa toza shudgor qilib tashlab qo’yilgan maydonlarda ancha jadal ketadi. Agrokimyoviy tadbirlar tuproqdagi gumus miqdoriga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Sug’oriladigan bo’z tuproqlarda qo’riq tuproqlardan farqli o’laroq gumusning hosil bo’lishi va minerallashishi o’ziga xos tarzda kechadi. Tuproqni haydash natijasida haydalma qatlamda gumus miqdori kamayib borayotganga o’xshab ko’rinadi. Aslida esa avval 4—5 sm li yuza qatlamda mavjud bo’lgan gumus haydalma qatlam ostida to’plana boradi. Agar gumusning tuproqdagi yalpi miqdorini hisobga olsak, u sug’oriladigan bo’z tuproqlarda qo’riq tuproqdagidan 1,2—1,4 marta ko’pdir18.
Organik moddalar miqdori ancha kam bo’lsada, tuproqlar unumdorligini belgilash va o’simliklar oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Gumin, fulvo va boshqa organik kislotalar, shuningdek, karbonat kisiota ta’sirida silikatlar, alumosilikatlar, kalsiy va magniy karbonatlari hamda boshqa qiyin eriydigan birikmalar parchalanadi va kalsiy, magniy, kaliy, fosfor kabi oziq elementlar o’simliklar olzlashtiradigan shaklga o’tadi. Organik moddalar o’simliklar oziqlanishida asosiy manba hisoblanadi. Tuproqdagi azot zaxirasi toialigicha, fosfor va oltingugurt qisman, kaliy, kalsiy, magniy va boshqa elementlar kamroq miqdorda organik moddalarning tarkibida jamlangan bo’ladi. Organik moddalar absorbsiya jarayonida faol ishtirok etadi, tuproqning nam sig’imi, suv va havo o’tkazuvchanligi, issiqlik rejimi va strukturasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa

Tuproqlarni singdirish xossalarini o‘rganishda akademik K.K.Gedroys, G.Vagner, S.Mattsonlarni xizmatlari katta bo‘ldi. D.N.Pryanishnikov laboratoriyalarida, o‘simlikni oziqlanishida tuproqlarning almashinib singdirish qobiliyati muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tajribalar asosida isbotlandi.


Agarda, tuproq muhitiga tarkibida azot kam bo‘lgan organik modda solingan bo‘lsa (somon va somonli go‘ng) mikroorganizmlar rivojlanishi tezlashadi binobarin, oziq moddalarni, ayniqsa, azot oziqasini mikroorganizmi tomonidan singdirilishi kuchayadi va tezlashadi, ammo, shu bilan bir qatorda, o‘simlikni azot bilan oziqlanishini yomonlashadi.
O‘zbekiston Respublikasining tog‘ etaklari va adirlarida toshloq yerlarni o‘zlashtirishda - dehqonlar tuproqlarni mexanikaviy singdirish qobiliyatidan foydalanganlar, ya’ni ular bir necha yillar davomida toshloq yerlarga loyqa cho‘ktirish (kolmotaj) yo‘li bilan u joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor tuproqlarni vujudga keltirganlar. Shunday qilib, tuproqlarning mexanikaviy singdirish qobiliyati ham o‘ziga xos amaliy ahamiyatga egadir
Tuproqning singdirish qobiliyati minerallarni tuproqda o‘zgarish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ularni tuproqdagi harakatchanligini va binobarin, o‘simlik tomonidan o‘zlashtirish jarayonini belgilaydi. Masalan, singdirish qobiliyati past bo‘lgan qum va qumoq tuproqlarda yerga suvda yaxshi eruvchan o‘g‘itlar solingan taqdirda ularni chuqur qatlamlariga behuda yuvilib ketishiga olib keladi.
Bunday tuproqlarda o‘g‘itlarni tez-tez va kam miqdorda berishni taqozo qiladi. Aksincha singdirish qobiliyati yuqori bo‘lgan tuproq sharoitida o‘g‘itlar ko‘p miqdorda berilsa, hattoki namlik ortiqcha bo‘lgan sharoitda ham bunday salbiy hollarga olib kelmaydi. Har bir tuproqlar faqatgina umumiy singdirish hajmi bo‘yicha farqqilmasdan, balki singdirilgan kationlar tarkibi bo‘yicha ham farq qiladilar
Tuproqlarning singdirish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, ularning buferlik xususiyatlari ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Organik modda bilan yuqori ta’minlangan loyqa va loyqasimon mexanik tarkibiga ega bo‘lgan tuproq yuqori buferlik xususiyatiga ega bo‘lsa, singdirish hajmi past bo‘lgan qumli va qumloq tuproqlar esa, kuchsiz buferlik xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni ularni nordon yoki ishqoriy sharoitga o‘zgarishiga qarshi tura olish qobiliyati past bo‘ladi.
Shuningdek, tuproq va uning eritmasi tarkibidagi kislota va ishqorlarning oqsil moddalari bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi tufayli nordonlik va ishqorlik holati ancha kamayadi. Chunki, har bir tuproqdagi organik qoldiqlar va chirindilar tarkibidama’lum miqdorda oqsillar bo‘ladi. Shuning uchun ham, tuproqdagi tabiiy jarayonlar ta’sirida paydo bo‘lgan yoki tashqi muhitdan kelgan nordonlik va ishqoriy reaksiya ana shu oqsillar ta’sirida doimiy ravishda neytrallanib turiladi. Ko‘pchilik o‘simliklar neytral yoki unga yaqin bo‘lgan eritmali muhit sharoitida yaxshi rivojlanib, yuqori va sifatli hosil beradi. Tuproqlarning buferlik qobiliyati bo‘lmaganda edi, turli xil organik qoldiqlar chiriganda va tuproqqa fiziologik nordon yoki fiziologik ishqoriy o‘g‘itlar solinganda vujudga keladigan kislota yoki ishqor o‘simliklarning oziqlanishiga, o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, ba’zan ularni nobud qilishi ham mumkin.
Demak, tuproqning buferlik qobiliyati uning unumdorlik xususiyatlarining yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, buferlik yuqori bo‘lsa, tuproqlarning sifat ko‘rsatkichlari ham shunchalik yaxshi bo‘ladi. Tuproq eritmasining nordonligini yo‘qotishda va unga qarshi buferligini oshirishda, yerga yuqori miqdorda organik o‘g‘itlar va ohak solish ijobiy samara beradi.


Download 58.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling