Tuproqning singdirish qobilyati, buferligi va tuproq muhitining reaksiyasi, O’simliklar oziqlanishining muhim omillari. Mundarija


Download 58.01 Kb.
bet5/9
Sana01.05.2023
Hajmi58.01 Kb.
#1419341
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TUPROQNING SINGDIRISH QOBILYATI, BUFERLIGI VA TUPROQ MUHITINING

Bir valentlilar Li
Ikki valentlik Mg
Uch valentlik Al
Bir valentli kationlar qatorida vodorod mustasnodir. Tuproqning vodorodni singdirish darajasi kaltsiyning singdirish darajasiga qaraganda to’rt marta, natriyning singdirish energiyasiga qaraganda esa o’n yetti marta ortiqdir6.
Kationlarning bir qismi zarra bilan mustaxkam aloqaga kirishib, almashinmaydigan shaklga o’tib oladi va uni boshqa kationlar siqib chiqara boshlaydi. Kaliyning ancha qismi almashinmaydigan shaklga o’tib oladi va tuproqda mustahkam o’rnashib qoladi. Magniy ham huddi shundaydir.
Singdirilgan asоslarning tarkibi tuproqlarning ko’pgina eng muhim kimyoviy va fizik xossalarini belgilaydi. Akademik K.K. Gedroyts tuproqlarni asоslarga to’yingan va to’yinmagan tuproqlarga ajratdi. Asоslarga to’yingan tuproqning singdiruvchi kompleksida Ca, Mg, K va Na bo’ladi, asоslarga tuyinmagan tuproqning singdiruvchi kompleksida esa vodorod bo’ladi. Qora tuproq, qashtan tuproq va qo’ng’ir tuproq, bo’z tuproq, sho’rtob, sho’rxoq, sur tusli qo’ng’ir tuproq, taqirlar hamda dasht va Cho’llardagi gidromorf o’tloq va botqoq tuproqlar asоslar bilan to’yingan tuproqlarga, podzol tuproq chimli-podzol tuproqlar, sur tusli o’rmon tuproqlari, podzollashgan qora tuproqlar, qizil tuproqlar va botqoqli tundra tuproqlari esa asоslarga to’yinmagan tuproqlarga kiradi.
Ikki valentli kaltsiy bilan to’yingan tuproqlar reaqtsiyasi kuchsiz ishqoriy yoki neytraldir. Tuproqning Ca bilan to’yingan kolloid-loyqa qismi elektrolitik potentsialining pastligi bilan xaraterlanadi. Kolloidlar elektrolitlar ta’sirida qaytarilma koagulyasiya holatiga o’tadi, shuning uchun ular tuproqqa mustxkam o’rnashib qoladi. Buning natijasida tuproqning maksimal gigroskopikligi past bo’ladi, suvning shimilishi hamda filtratsiyasi tezlashadi va suv kapillyarlardan sust ko’tariladi. Ca ga to’yingan tuproqning bo’kishi, plastikligi, yopishqoqligi va qovushqoqligi kichik bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu esa tuproqni anchagina ko’proq namligida xam ishlash imkonini beradi. Quriganda tuproqlarning qisilishi va bosilishiga ko’rsatgan qarshiligi kamayadi, natijada tuproq yaxshi uvalanadi.
Natriy tuproqlarga singdirilgan asоslar o’rtasida aloxida o’rin tutadi. Singdirilgan natriy sho’rtob hamda sho’rxok tuproqlarga xosdir. Dasht va Cho’llardagi qora tuproq, kashtan tuproq, qo’ng’ir tuproq va sur tusli qo’ng’ir tuproqlar, shuningdek taqir tuproq va ayrim o’tloq tuproqlarda ham singdirilgan natriy uchraydi. Singdiruvchi kompleksdagi natriy miqdori tuproq singdirish sig’imining 5 foyizidan oshmaydi va u tuproqlarning xossasiga ta’sir etmaydi, ayrim xollarda esa tuproq unumdorligi uchun foydali hamdir. Bordiyu singdirilgan natriy miqdori 5 % dan ortiq bo’lsa, tuproq unumdorligi pasayadi, bundan xam ortiq bo’lganda tuproq dehqonchilik uchun yaroqsiz bo’lib qoladi.
Natriy suv bilan reaksiyaga kirishganda uning bir qismi tuproqning singdiruvchi kompleksidan chiqadi va eritmaga o’tib, pH ning 9-10 gacha oshishiga sabab bo’ladi.
Ph bu qadar yuqori bo’lganda ba’zi bir sho’ralardan boshqa ko’pchilik o’simliklar nobud bo’ladi. Bundan tashqari, singdiruvchi kopleksdan siqib chiqarilgan natriy suvda erigan CO32- yoki HCO3- bilan reaksiyaga qirishib o’simlik xujayralarini yemiradigan natriy korbonat va natriy bikorbonatni hosil qiladi.
Anionlarning singdirilishi. Tuproq kationlardan tashqari, bazi anionlarni xam singdira oladi. Singdirishning bunday tipi fizik-kimyoviy singdirish turiga kiradi.
Bundan tashqari, anionlar kimyoviy yo’l bilan ham singishi mumkin. Anionlar singdirilish darajasiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
Yaxshi singuvchi anionlar: HPO42-, PO43-, OH-; kuchsiz singuvchi anionlar:CО32- HCО3-.
Odatdagi sharoitda tuproqqa sing’maydigan anionlar: Si, NO2-, NO3-.
Suvdagi anionlar miqdori tuproq reaksiyasiga qarab o’zgaradi. pH miqdori oshgan sari suvda HCО3-, CО32-, HPO42-, PO43- miqdori ortadi, aksincha H2PO4miqdori kamayadi.
Tuproqning fosforni singdirishi eng yaxshi o’rganilgan. Fosfor bazoidlar yordamida HCО3- va CО32- ionlarining kislotali tuproq sharoitida H2PO4- va HPO42- ionlariga almashinuvi sоdir bo’ladi. Bu ionlar qizil tuproq va podzallashgan tuproqlarda eng kuchli ravishda singadi. Fosfat kislota kislotali muxitda tuproqda o’rnashib qoladi va birikmaga kirmay qolgan temir gidrat oksidi hamda alyuminiy gidrat oksidi bilan reaksiyaga kirishib, erimaydigan birikma hosil qiladi.

Download 58.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling