Tuproqqa asosiy ishlov beruvshi mashinalar. Pluglar. Maruza savollari. Agrotexnik talablar


Download 1.66 Mb.
bet7/10
Sana19.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1710236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Машины и орудия для основной обработки почвы

Ag‘dargichsiz korpus (д rasm). Qurgoqchilik, tuprog‘i shamol va suv eroziyasiga uchrash ehtimoli bor joylarda ishlatiladi. Uning lemexi 1 kesib olgan palaxsa kengaytirgich 7 gacha ko‘tarilib, uning ustidan orqa tomonga siljib o‘tadi va shudgor tubiga tushadi. Yuqoriga ko‘tarilib, oshib tushish va shudgor tubiga zarb bilan urilish natajasida tuproq qatlami deyarli aralashmasdan birmuncha maydalanadi. Tusik 8 ustunni yeyilib ketishidan saqlaydi.
Tezkor korpus 10...12 km/h tezlikda ishlatilgandagina texnologik jarayon yaxshiroq bajariladi. Bunday korpusning ag‘dargichidan irg‘itilayotgan tuproq 30...40 sm uzoqlikdagi yerga otilib borib yoyilib tushadi, zarb bilan yerga urilishi hisobiga kesaklar maydalanadi. Natijada shudgor yuzasi tekisroq bo‘ladi. Agar tezkor korpus meʼyoridan (8 km/soat) kamroq tezlikda ishlatilsa, uning tuproqni deformatsiyalashi va irgitish tezligi o‘zgarib, shudgor sifati yomonlashadi.
O’yiq korpus - unumdor tuproq qatlami yupqa joylarda, uning pastki qatlamini har yili oz-ozlab qushimcha yumshatish hisobiga, unumdor qatlam qalinligini oshirish maqsadida ishlatiladi. O‘yiq korpus ikkita pastki 6 va yukorigi 5 lemexlarga egadir.
Qurama (kombinatsiyalashtirilgan) korpus (e rasm). Og‘ir, zich tuproqli yerlarni kuchli maydalab xaydash uchun mo‘ljallangan. Bunday korpusga qisqartirilgan ag‘dargich 12 o‘rnatiladi. Ag‘dargichning kesib olingan joyiga konussimon rotor 9 qo‘yilgan. Traktorning quvvat olish vali orqali majburan 300...500 ayl/min tezlik
bilan aylantiriladigan rotor sirtiga o‘rnatilgan parrak 13 qisqartirilgan ag‘dargichdan tushayotgan tuproq palaxsasini shiddatli maydalab, shudgor tubiga ag‘darib tashlaydi.

Disksimon korpus (ж rasm). Serildiz og‘ir va qattiq tuproqli yerlarni hamda namligi yuqori bo‘lgan sholipoyalarni haydash uchun mo‘jallangan. Korpus o‘qiga erkin aylanadigan sferik disk 10 o‘rnatilgan. O‘tkir charxlangan tig‘li disk shudgor tubiga taxminan 70°, harakat yunalishiga esa 40°...45° “xujum” burchagi ostida urnatiladi. 25...35 sm gacha botirilgan disk agregat bilan birgalikda ilgarilama, tuprokning karshiligi taʼsirida aylanma xarakatda buladi. Bunday korpus shudgor tubini zichlamaydi, «plug tovoni»ni hosil qilmaydi. Yirik kesaklar orasi ochiq bo‘lganligi sababli shudgor tezroq quriydi. Diametri 70 sm bulgan sferik diskning kamrov kengligi 30 sm ga yetadi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling