Tuproqqa ishlov berish va uning ilmiy asoslari. Guliston Davlat Universiteti Raxmonov Ikrom Abdukarimovich


Download 210.88 Kb.
bet2/2
Sana23.03.2023
Hajmi210.88 Kb.
#1288418
1   2
Bog'liq
2 sho\'ba GulDU Raxmonov Ikrom Tuproqqa ishlov berish

1-rasm. PTH-3-40 markali plug

Kolloidlar bilan birikkan agregatlar suv ta’sirida parchalanmasligi ya’ni suvga chidamli bo’lishi uchun kolloidlar qaytmas koagulyatsiyalanishi kerak. Tuproqda bunday koagulyatorlar ikki va uch valentli (Ca2+, Mg2+ Fe3+ Al3+ va boshqalar ) kationlardan iborat.
Organik kleylar xususan kalsiy gumatlari eng mustahkam birikuvchi moddalar hisoblanadi.
Tuproqqa ishlov berish tizimi.
Ekin ekishga yer tayyorlashda ma’lum bir qonuniyat asosida navbatlanishi zarur. Ushbu qonuniyat tuproqdagi namlik zahirasi, tuproq sho’rlanish darajasi, xo’jalik ekin maydonlarining sug’orish suvi bilan ta’minlanganligi asos qilib olinishi zarur. Masalan respublika bo’yicha g’o’za ekish vaqti juda qisqa muddatni tashkil qiladi bu vaqtda ekish bilan birgalikda quyidagi muammolar ham ekish muddatiga ta’sir ko’rsatadi.
1.Iqlim injiqliklari. Bunga yog’ingarchilikning ko’p yog’ishi yoki bahorning quruq kelishi (yog’ingarchiliksiz bo’lishi, sho’rlangan yerlarning tez yetilmasligi xo’jalikning ichki muammolari texnika, yoqilgi va boshqalar) kabi muammolar qisqa bo’lgan ekish mavsumida mutaxassisdan yuqori darajada to’g’ri qaror qabul qilishga masuliyatini oshirish kerak. Xo’jalikda ekishga yer tayyorlash uchun mutaxassis qo’lida xo’jalik turli xaritalari bo’lishi lozim. Ushbu xaritalardan foydalangan holda ekishga yer tayyorlash navbatini to’g’ri rejalashtirishi shart aks holda noto’g’ri reja ekish muddatining cho’zilishiga ishlarning sifatsiz bo’lishiga va nihoyat hosildorlikning pasayishiga olib keladi.
Yer tayyorlash navbatlanishi rejasi:
1. Sho’r maydonlarga ertaroq ekishni maqsad qilgan holda sho’rlangan yerlarni ertaroq tayyorlash.
2. Namlik zaxirasini hisobga olgan holda
- sho’r yuvish o’tkazilmagan,
-nam suvi berilmagan,
- xo’jalik suv tarmog’ining oxirlarida joylashgan (suv bilan yaxshi ta’minlanmagan)
yerlarni ertaroq tayyorlab mavjud namlikdan to’g’ri foydalangan holda erta ko’chat olishni maqsad qilish 1-navbatda yer tayyorlashni tashkil etish zarur.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda qaror qabul qilib, ishni tashkil qilish zarur.
Sho’r maydonlarda ertaroq ekishni kunlar qizib ketmasdan tashkil qilish shu bilan birga tuproq qizishi hisobiga namlikni kamayishi hamda tuproqdagi tuzlarning yer ustki qatlamida to’planmasidan oldin ko’chat undirib olishni reja qilib olish kerak. Yuqoridagi rejalarning navbatlanishida ekish vaqtidagi turli tabiiy va boshqa kutilmagan hodisalar inobatga olinadi. Umumiy maqsad o’z vaqtida ertaroq ekib barcha turdagi xo’jalik yerlaridan to’liq ko’chat olishni asosiy vazifa qilib olinadi. Sho’r yerlardan ertaroq ko’chat olish hisobiga g’o’zani sho’rga chidamligi darajasini ertaroq ildizini rivojlantirish hisobiga ta’minlanishini hisobga olinadi. Sho’r yerlarda ekish me’yori 15 % gacha oshirilishini ham inobatga olinadi.
Download 210.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling