Tuproqshunoslik. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Download 62.64 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi62.64 Kb.
#1837742
1   2   3   4   5
Bog'liq
TUPROQSHUNOSLIK. DUNYO YER RESURSLARI VA ULARDAN FOYDALANISH

Zonalar bo`yicha o`tkaziladigan tadbirlarga agrotexnik, o`rmon-meliorativ, gidrotexnik va tashkiliy xo`jalik ishlari kiradi.
1.Agrotexnik tadbirlar xilma-xil bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) adir yonbag`irlarini ko`ndalang haydash;
2) tuproq suvni ko`proq singdirishi uchun yerni chuqur haydash;
3) o`tchil o`simlik chimlarini saqlab qolish uchun yerni otvalsiz haydash;
4) suv eroziyasiga qarshi yerlarni polosalar bo`ylab tor va chuqur tirqishlar hosil qilib haydash. Bunda moliyaviy sarf-xarajatlar kam bo`ladi, suv esa tuproq tirqishlariga oson singib ketadi;
5) ortiqcha suvlarni oqizib yuborish uchun ariqchalar qazish;
6) tekislikdagi yerlarni shamol eroziyasiga qarshi polosalar bo`ylab haydash;
Bunda polosalar shamol yo`nalishiga ko`ndalang bo`lishi va ular orasi sharoitga qarab 1-100 m. gacha bo`lishi talab etiladi.

2.O`rmon-meliorativ ishlariga ixotazorlar barpo qilish kiradi.


2.O`rmon-meliorativ ishlariga ixotazorlar barpo qilish kiradi.
3.Gidrotexnik ishlarga suv tuproqni yuvib jarliklar va o`pirilmalar hosil qilmasligi uchun sel oqimlarining yo`llarini aniqlab, o`sha yo`lda ariq va selxonalar qazish kiradi.
4.Tashkiliy-xo`jalik ishlariga eroziyaga qarshi qo`llaniladigan tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta'minlash ishlari kiradi.
Eroziyadan tashqari tuproq unumdorligining pasayishida sho`rlanish va botqoqlanishning ham ta'siri katta. Keyingi ma'lumotlarga ko`ra O`zbekistonda sug`oriladigan maydonlarning qariyb yarmi –1748 ming gektari sho`rlangan bo`lib, shundan 0,85 mln. gektari kuchli va o`rtacha sho`rlangan. 1982 yildan keyingi un yillikda Toshkent, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sho`rlanish biroz kamaygani holda, bu jarayon Farg`ona vodiysi viloyatlarida, Qoraqalpog`iston respublikasi, Sirdaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlarida tezlashmoqda, gipsli cho`llarning o`zlashtirilib, sug`orilishidan botqoqlanish hodisasi kuzatilmoqda. Botqoqlanish ayniqsa Sirdaryo va Amudaryoning suvlari quyilib ko`llar hosil bo`layotgan hududlarda ko`proq sezilmoqda.
Sho`rlanish va botqoqlanish hodisalarini kamaytirish uchun irrigatsiya va melioratsiya ishlarini kompleks holda amalga oshirish zarur. Tuproqning sho`rini yuvishda zaxkash va tik drenajlardan yetarlicha foydalanish tuproqning sho`rlanish va botqoqlanishini kamaytiruvchi asosiy omil hisoblanadi.

Download 62.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling