Tuproqshunoslik


Tuproqning singdirish qobiliyati


Download 307.61 Kb.
bet5/12
Sana18.06.2023
Hajmi307.61 Kb.
#1558630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mamadaliyev A

1.3.Tuproqning singdirish qobiliyati
Har xil minerallar, tog‘ jinslari va organik qoldiqiaming tuproq hosil boiish jarayonida maydalanishi va parchalanishi natijasida mayda zarrachalar aralashmasi— dispers tizim hosil boiadi. Tizim tarkibidagi dag‘a!roq zarrachalar (suspenziyalar) fizik-kimyoviy xossalariga ko‘ra mayda zarralardan (chang, qum) farq qilmaydi, juda mayda zarralar (kolloidlar) o‘z xossalari bilan farq qiladi. Dispers tizim zarralaming kattaligiga qarab 3 guruhga boiinadi: - dag‘al dispersiya - zarralaming diametri 0,1 mikrondan katta (mikron - millimetrning mingdan bir qismi); - kolloid dispersiya - zarralaming diametri 1 millimikrondan 0,1 mikrongacha; - maksimal yoki moJekulyar dispersiya - zarralaming diametri 1 millimikrondan kichik. Dispers tizimdagi oichami 0,2 dan 0,001 ц (mikron) gacha boigan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi. Ularning miqdori tuproq ogirligiga nisbatan 1-2 dan 30-40 foizgacha o‘zgarib turadi. Rus olimi K.K.Gedroys fikricha, tuproq kolloidlari mineral jismlarning kimyoviy nurash jarayonida paydo boigan har xil oksidlardan (AI20 3; Fe20 3; Si02 va boshqalardan) iborat. Kollord zarrachalar (mineral yoki organik) bir-biri bilan birikadi, ya’ni sintezlanish jarayoni sodir boiadi. Kolloid zarralaming ko‘pchiligi kristall tuzilishiga ega va 3 qavatdan - yadro, ichki va sirtqi qavatdan iborat. Bunday murakkab tuzilgan kolloid zarracha mitsella deyiladi. Kolloid zarra ikki holatda - zol va gel holda boiishi mumkin. Zol holdagi kolloid suyuq muhitda erigan va tarqoq holatda boiib to‘xtovsiz harakat qiladi. Gel holatdagi kolloid bir necha zarralar yigindisidart iborat yopishqoq quyqa xolida boiib, suyuq muhitda osonlik bilan cho‘kadi. Tabiiy omillar ta’sirida zol holdagi kolloid gelga o‘tadi. Zol holdagi kolloidlaming to£planib cho‘kma hosil qilishga, ya’ni gel paydo boiishga koagutyatsfya, gel holdagi kolloidning yana qaytadan tarqalib zol hosil boiishigapeptizatsiya jarayoni deyiladi. I'uproq kolloidlari kimyoviy tarkibiga ko‘ra 3 guruhga bolinadi:
1. Mineral kolloidlar — fizik-kimyoviy va biologik nurash jarayonida paydo boiadi (A120 3 H20 , Ca0 H20).
2. Organik kolloidlar - bu o‘simlik va hayvon qoidiqlarining chirishi, ya’ni gumifikatsiya jarayoni natijasida paydo boigan organik kislota va gumatlardan iborat.
3. Organo-mineral kolloidlar - mineral va organik kolloidlarning birikishi natijasida vujudga keiadi. Tuproq paydo boiishi va uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boigan tuproq singdirish qobiliyatining turlari qoldiqlarga bogiiq boiadi. Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalami o‘ziga singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentratsiyasining oshirish xossasiga tuproqning singdirish qobiliyati deyiladi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda boladi. Mexanik singdirish - tuproq qatlamida yuqoridan pastga harakatlanayotgan suvdagi loyqa holdagi zarralaming qatlamlar orasida ushlanib qolishi. Bu ko‘rsatkich tuproqning mexanik tarkibi, donadorligi, qatlam zichligi va g‘ovakligiga bogiiq boiadi. Fizik singdirish - tuproqdagi mayda zarrachalarning yuza energiyasi ta’sirida turli gaz va suv bugiari, mikroorganizmlar va organik moddalaming fizik y o i bilan singdirilishi. Fizik singdirish jarayonida kolloid zarra yuzasiga singgan modda molekula xolida boiadi. Shuning uchun bu molekulyar singdirish deb aytiladi.
Fizik-kimyoviy singdirish. Tuproq eritmasidagi har xil tuzlar va kislotalar molekulasi suvli muhitda kation va anionlarga ajraladi. Ular o‘ziga xos elektr zaryadli boiadi. Bu ionlar bilan tuproq kolloidlari orasidagi o‘zaro ta’sir natijasida kationlar tuproqqa singadi. Kolloid zarralar yuzasiga ionlaming singishi va ular o‘miga zarralardan ekvivalent miqdorda ionlaming ajralib chiqish jarayoniga fizik-kimyoviy singdirish yoki o‘rin almashish adsorbsiyasi deyiladi.Bu jarayon quyidagicha sodir boiadi: tuproq
Kimyoviy singdirish. Eritmadagi moddalar bilan tuproqdagi har xil birikmalar orasida kimyoviy reaksiya natijasida suvda juda qiyin eriydigan yoki erimaydigan modda hosil boiadi va qatlam orasida ushlanib qoladi.



Download 307.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling