Tuproqshunoslik


-BOB.TUPROQNING BIOSFERADAGI AHAMIYATI


Download 307.61 Kb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi307.61 Kb.
#1558630
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mamadaliyev A

3-BOB.TUPROQNING BIOSFERADAGI AHAMIYATI.
3.1.Tuproq qoplamining ifloslanishi
Tuproq qatlamining va ifloslanish sabablari, turlari. Tuproq turli ta‘sirlar natijasida tez buziladigan va amalda deyarli tiklanmaydigan tabiiy resursdir. Tuproq buzilishi va ifloslanishining sabablari ko‘p bo‘lib, tuproqning regional va ekologik-geografik xususiyatlarini e‘tiborga olmagan holda kishilarning yuritadigan ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq. Tuproq degradasiyalanish (buzilish) jarayonlarining tasnifi.
Xo‘jalik faoliyati natijasida tuproq ko‘p hollarda o‘zining unumdorligini yo‘qotadi, buziladi (degradasiyaga uchraydi) yoki to‘liq yemiriladi. Bu, kishilarning faoliyati samarasiz va ekologik asoslanmagan paytda sodir bo‘ladi. Tuproqqa inson ta‘sirining salbiy ekologik oqibatlarini oldini olish uchun tuproqdan rasional foydalanish va muhofaza qilish masalalariga eng jiddiy e‘tibor berish zarur.
Tuproqni muhofaza qilish va undan rasional foydalanish – bu, yerlarni himoyalash, yaxshilash va rasional foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga va umuman biosfera barqarorligini saqlashga yo‘naltirilgan tadbirlar sistemasidir. Tuproqlar degradasiyasi (struktura holati, kimyoviy tarkibining yomonlashuvi va unumdorligining yo‘qotilishi) va to‘liq yemirilishi tabiiy xodisalar (tuproq paydo bo‘lish jarayoni sharoitlarining tabiiy o‘zgarishi, vulkanlar otilishi, dovullar) tufayli ham, shuningdek va kishilarning xo‘jalik faoliyati natijasida ham sodir bo‘lishi mumkin. Tuproqlar degradasiyasi va to‘liq yemirilishi xodisalarini bir nechta asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Tuproq bioenergetik rejimi va ekosistemaning buzilishi: - tuproq degradasiyasi (o‘simliklar qoplamini yo‘qotishi natijasida tuproqni hayotsiz, o‘lik holatga olib kelinishi); - tuproqning degumifikasiyasi (tuproqning gumusni yo‘qotishi); - tuproqning toliqishi va kambag‘allashuvi (faqat bir turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarining uzoq davr ekilishi natijasida tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlar).
2. Tuproq gorizontlari va tuproq profilining patologik holati (normal holatini yo’qotishi) - tuproqning ekosistema faoliyatidan ajratilishi va chiqib ketishi (tuproqning sanoat eroziyasi (shaharlar, poselkalar, yo‘llar, elektr o‘tkazuvchi va aloqa liniyalari, truba o‘tkazilishi, karyerlar, suv omborlari, axlat xonalar uchun ajratilishi)); - tuproqning suv va shamol eroziyasi (deflyasiya)(tuproq ustki qatlamining suv va shamol ta‘sirida yemirilishi); - strukturasiz qobiq va juda zichlangan gorizontlarning hosil bo‘lishi (tuproqni «fizik yetilish» dan yuqori namlikda og‘ir texnika bilan ishlov berilishi tufayli strukturasini yo‘qotishi yoki o‘ta zichlanishi; eskidan haydalanadigan maydonlarda zich haydov osti qatlamning hosil bo‘lishi; ikkilamchi sho‘rlanish va sho‘rtoblanish).
3. Tuproq suv va kimyoviy rejimining buzilishi - tuproqning quruqligi va cho‘llanishi ( umumbashariy muz davridan keyingi cho‘lga aylanish jarayoni, shuningdek kishilarning noto‘g‘ri xo‘jalik faoliyati ta‘siri); - sel toshqinlari va surilmalar (tog‘li tumanlarda o‘simliklar qoplami yo‘qotilishining oqibati); - ikkilamchi sho‘rlanish (noto‘g‘ri sug‘orish oqibati); - tuproqning tabiiy va ikkilamchi kislotalanishi; - tuproqning o‘ta quruqlashishi (noto‘g‘ri o‘tkazilgan quritish meliorasiyaning oqibatlari).
4. Suvomborlari suvi tomonidan tuproqlarning suv bosishi, yemirilishi va sho’rlanishi. Suv omborlarini barpo etilishi umumiy suv ta‘minotini yaxshilash bilan birga, tuproq qoplamining degradasiyalanishiga sabab bo‘ladigan ba‘zi salbiy jarayonlar kompleksining rivojlanishiga: qayir va qayir usti terrasalarining suv bosishi, sizot suvlari sathining ko‘tarilishi va tuproqlarning botqoqlanishi, qirg‘oqlarning abraziyasi (yemirilishi) va deltalarning sho‘rlanishi, yuvilishi va dengiz qirg‘oqlari tuproqlarining yo‘qotilishi, suv va tuproqlarning ifloslanishi va sodali (ishqorli) sho‘rlanishi, oqar suvlardagi loyqalarning ushlab qolinishi, suv haroratining pasayishi va x.z. larga olib keladi.
5. Tuproqning ifloslanishi va kimyoviy zaharlanishi: - sanoat ta‘sirida tuproq ifloslanishi (bug‘lar, aerozollar, changlar yoki erigan polyutant birikmalarining atmosfera yog‘inlari bilan cho‘kishini oqibatlari); - qishloq xo‘jaligi ta‘sirida tuproq ifloslanishi (pestisidlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi, mineral va organik o‘g‘itlar, chorva fermalari chiqindilari va suyuq oqindilarining normadan ortiq solinishining oqibatlari); - tuproqning radioaktiv ifloslanishi. Tuproqqa ta‘sir etish natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlardan biri tuproqning suv va shamol eroziyasi jarayonlaridir.



Download 307.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling