Tuproqshunoslik
Tuproq qoplamining ifloslanish sabablari
Download 307.61 Kb.
|
Mamadaliyev A
3.3.Tuproq qoplamining ifloslanish sabablari
Tuproqni gumusni yo‘qotishdan muhofaza qilishda quyidagi tadbirlar tavsiya etiladi: ko‘p miqdorda organik o‘g‘itlar solish, kislotali tuproqlarni ohaklash, almashlab ekishda ko‘p yillik o‘tlardan foydalanish, almashlab ekishda chopiq qilinadigan ekinlar va yoppasiga ekiladigan ekinlar nisbatini tartibga solish, ehtiyotkorlik bilan tuproqqa ishlov berish. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirishda mineral o‘g‘itlarning roli beqiyos. Mineral o‘g‘itlar ekinlar hosildorligini 30-50 foizga oshiradi va uning iqtisodiy samarasi yuqori. Ammo o‘g‘itlar normadan ortiq ishlatilsa va foydalanish texnologiyasi buzilsa, tuproq ifloslanadi va uning tarkibida zararli birikmalar ko‘payib ketadi. Mineral o‘g‘itlar bilan birga tuproqqa ko‘p miqdorda ftor kabi zararli aralashmalar radioaktiv elementlar, shuningdek, texnologiya samarasini oshirish uchun qo‘shiladigan boshqa birikmalar kelib tushadi. Mutaxasislarning baxolashlaricha, MDH dagi haydaladigan yerlarning 90 foiziga yaqini azot bilan o‘g‘itlanishi lozim. Ammo ortiqcha azot berish xavfli. Azot o‘g‘it bilan nitrat, ammoniy amid formasida yerga tushadi. O‘rta Osiyoning yuqori karbonatli tuproqlari sharoitida azotli o‘g‘itlar tez minerallashib, tuproqning pastki qatlamlariga tushadi, yer osti suvlari va havzalarga borib qo‘shiladi. Mavsumda paxta maydonlariga ko‘proq solingan azotdan 10-12 foizi kollektor-zovur tarmoqlariga borib tushadi. Tuproqda nitratning ko‘p to‘planishi, oziq ovqat maxsulotlari va ichimlik suvi tarkibida ham belgilangan normadagidan ortib ketishiga, odamlar va hayvonlarning zaharlanishiga olib keladi. Quruq moddasida 0,2-0,5 foiz azot nitrati bo‘lgan o‘simliklar xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ekinlarning har gektariga ko‘p miqdorda azot solish zararlidir. Ammiakli azot miqdorining ko‘payib ketishi chorvachilik chiqindilari va shahar oqava suvlaridan noto‘g‘ri foydalanilganda vujudga keladi. Ammiakli azot ham ko‘chish qobiliyatiga ega. Suvga tushib, u xlorlanishga to‘sqinlik qiladi, nitratlargacha oksidlanib, suvda erigan kislorodni biriktiradi, natijada gidrobiontlar (suv hayvonlariva o‘simliklari) uchun kislorod yetishmasligiga va suvlarning ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari, ortiqcha azot o‘simliklarda generativ organlar hisobiga vegetativ organlarining ko‘proq o‘sishiga olib keladi, o‘simliklarning past temperaturaga ta‘sirlanuvchanligini oshiradi. Fosforli o‘g‘itlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning tarkibida ftor aralashmalari, radioaktiv elementlardan uran, radiy va stronsiyning borligidir. Tuproqqa 3 s superfosfat bilan birga 1,5-10 kg gacha stronsiy ham kelib tushishi mumkin (S.G.Skoropanov, 1980). Fosforitda 3,5 – 4 foizgacha ftor mavjud. J.Sattorov ma‘lumotlari (1990) bo‘yicha, Qoratov fosforitlaridan tayyorlangan bir tonna ammofos tarkibida 164 kg ftor bor. U qo‘shsuperfosfatda 80, oddiy superfosfatda 122 kg ni tashkil etadi. Olimning hisobicha, keyingi uch besh yillikda O‘zbekistonning dalalariga o‘g‘itlar bilan birgalikda 1 mln tonnadan ziyod ftor kelib qo‘shilgan. Bundan tashqari yirik sanoat markazlari, jumladan, alyuminiy, emal, oyna, o‘g‘it ishlab chiqaradigan ximiya korxonalaridan chiqadigan zaharli gazlar tarkibida ftor va boshqa moddalar ko‘p bo‘lib, tevarak- atrof tuproqlariga kelib tushadi. O‘simliklarda modda almashinuvi buziladi, barglarning nafas olishi, fotosintez jarayonining tezligi pasayadi. Hayvonlarda flyuoroz kasalligi yuzaga keladi. Ftorning ko‘payishi odamlar salomatligiga ham katta ta‘sir etadi. Fosforli o‘g‘itlarni noto‘g‘ri qo‘llash tuprokning fosforlanishiga (fosforning yig‘ilib qolishi) olib keladi. Dalalardan azot va fosfor birikmalarining sizot suvlariga, uyerdan – atrofdagi suv havzalariga ko‘chishi, ularning evtrofikasiyasiga sabab bo‘ladi. Kaliy xlorid kabi, kaliyli o‘g‘itlarning ortiqcha qo‘llanilishi, ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlariga salbiy ta‘sir etadigan, xlor ionining tuproqda to‘planishi sodir bo‘ladi Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va uni muhofazalash, hozirgi vaqtdagi insoniyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu muammolar orasida tuproq himoyasi (muhofazasi) alohida o‘rin tutadi. Agar insoniyat o‘zi uchun zarur oziq ovqat mahsulotlarning 88% ini yerdan olishini e‘tiborga olinsa, uning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi. O‘tloqlar va yaylovlar hisobidan olinadigan chorvachilik mahsulotlarini ham shu hisobga kiritsak, bu raqam 98% dan oshadi. Ammo tuproqning ahamiyati faqatgina oziq ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom ashe yetishtirish bilan chegaralanmaydi. Tuproqning ekologik jumladan, uning quruqligidagi biogeosenoz sistemasidagi va biosferadagi roli beqiyos. Yer quruqlik qismining nihoyatda yupqa qatlami hisoblangan tuproq qoplami orqali yer po‘sti, atmosfera, gidrosfera va tuproqda yashovchi ko‘p sonli organizmlar orasidagi murakkab modda va energiya almashinish jarayoni boradi. Hozirgi zamon taniqli ekolog olimlaridan biri J.Dorst (1968) ta‘kidlaganidek, «Tuproq – bizning eng qimmatli kapitalimiz (boyligimiz). Hayot va yer yuzisidagi barcha tabiiy va sun‘iy biogeosenoz kompleksining bexatarligi oxir oqibatda yerning eng yuza qismini tashkil etuvchi, nihoyatda yupqa qatlamiga bog‘liq». Bundan tuproq qoplamining muhofazasi, undan oqilona foydalanish va unumdorligini doim oshirib borish sohasida insoniyat oldida katta mas‘uliyatli Qishloq xo‘jaligida tuproq asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Tuproq boshqa ishlab chiqarish vositalaridan qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Bularga: uni boshqa narsa bilan almashtirib bo‘lmasligi, chegaralanganligi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi, unumdorlik xossasi va x.k. Quruqlikning 20 foizi sovuq iqlimli, 20 foizi quruq iqlimli, 20 foizi notekis, ekin ekib bo‘lmaydigan tog‘li, 20 foizi yaylov, o‘tloq va pichanzorlardan, 10 foizi kam qalinli maydonlardan tashkil topgan. Haydaladigan maydonlar esa 10 foizni tashkil etadi xolos. Dune bo‘yicha o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan yerning potensial maydoni 3,2 mlrd. (ba‘zi olimlar hisobiga ko‘ra 5 mlrd.) gektarga yaqin. Hozirgi paytda haydalib ekin ekiladigan maydon 1,5 mlrd. gektarni tashkil etadi. Bu quruqlikning 10-11 foizi, agar yaylov, o‘tloq va pichanzorlar (o‘zlashtirish uchun zahira maydonlar)ni qo‘shsak, bu quruqlikning 30 foizini tashkil etadi. Haydaladigan yerlarning ulushi turli mamlakat va qit‘alarda turlicha bo‘lib, ular hududining 1-4 foizidan 30-70 foizigachasini egallaydi. FAO ekspertlarining fikrlariga ko‘ra haydaladigan maydonlarni 2 marotaba oshirish mumkin. Ammo bu, ko‘p mablag‘ talab etadigan juda qiyin masala. G‘arb davlatlarida 1 ga yerni o‘zlashtirish uchun ilgarigi harajatlarga nisbatan hozirgi kunda 20-25 marotaba ko‘pdir. Dehqonchilik uchun yangi yerlarni o‘zlashtirishni ko‘pgina omillar taqozo etadi: qator davlatlardagi ocharchilikni tugatish; aholi sonining ko‘payishi (har 30- 35 yilda 2 marta ko‘payadi); biologik mahsulotlarga ehtiyojning oshishi; haydaladigan yerlarning eroziya, sho‘rlanish, botqoqlanish, qurilish va boshqa maqsadlarga ajratilishi tufayli kamayishi; Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va boshqa qit‘alardagi ko‘pchilik mamlakatlarda hosildorlikning (o‘rtacha dune darajasidagidan) pastligi va x.z Tuproqlar sifatining buzilishi, yer maydonlarining qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketishi, yangi yerlarning o‘zlashtirishning juda qimmatlashib ketishi, yerning chegaralanganligi hozir foydalanib kelayotgan tuproqlarni muhofaza qilish va ularni mahsuldorligini oshirishni taqozo qiladi. Xulosa Tuproqning kishilar hayotidagi roli beqiyos. Ayniqsa hozirgi vaqtda aholi sonining ko‘payishi natijasida oziq ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib borishi, rivojlanib borayotgan sanoatning turli tarmoqlarini xom ashe bilan ta‘minlash zaruriyati, qishloq xo‘jalik aholi punktlari, yo‘llar, qurilish, transport va foydali qazilma boyliklari ishlab chiqarishni yanada rivojlanishi yer resurslaridan samarali foydalanish, yangi yerlarni o‘zlashtirish borasida ko‘plab yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Tuproq inson tirikchiligining moddiy sharoiti va mehnat faoliyatining obyekti sifatida ko‘pgina qimmatli xossalarga ega. Qishloq xo‘jaligida tuproq asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Tuproq boshqa ishlab chiqarish vositalaridan qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Bularga: uni boshqa narsa bilan almashtirib bo‘lmasligi, chegaralanganligi, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib bo‘lmasligi, unumdorlik xossasi va x.k. Tuproqning chegaralanganligi o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan maydonlarning asta- sekin kamayib borishi, planetamizdagi hamma maydonlarda ham dehqonchilik qilish mumkin emasligi, tuproq unumdorligini oshirish hisobiga hosildorlikni oshirishni talab etadi. Quruqlikning 20 foizi sovuq iqlimli, 20 foizi quruq iqlimli, 20 foizi notekis, ekin ekib bo‘lmaydigan tog‘li, 20 foizi yaylov, o‘tloq va pichanzorlardan, 10 foizi kam qalinli maydonlardan tashkil topgan. Haydaladigan yerlarning ulushi turli mamlakat va qit‘alarda turlicha bo‘lib, ular hududining 1-4 foizidan 30-70 foizigachasini egallaydi. FAO ekspertlarining fikrlariga ko‘ra haydaladigan maydonlarni 2 marotaba oshirish mumkin. Ammo bu, ko‘p mablag‘ talab etadigan juda qiyin masala. G‘arb davlatlarida 1 ga yerni o‘zlashtirish uchun ilgarigi harajatlarga nisbatan hozirgi kunda 20-25 marotaba ko‘pdir. Download 307.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling