Tuproqshunoslik
Tuproq qoplamining buzilishi
Download 307.61 Kb.
|
Mamadaliyev A
3.2.Tuproq qoplamining buzilishi.
O‘rta Osiyoning paxtachilik rayonlarida irrigasiya eroziyasi natijasida 300-400 ming tonna paxta hosili kam olinadi. Sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda tuproqning qayta (ikkilamchi) sho‘rlanish va botqoqlanishi kabi salbiy jarayonlar rivojlanib bormoqda. Dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning deyarli 40 foizi turli darajada sho‘rlangan. Hozirgi vaqtda jahon dehqonchiligi sho‘rlanish natijasida har yili 200-300 ming gektar eng qimmatli sug‘oriladigan yerlarni yo‘qotmoqda. Umuman tuproqning qayta sho‘rlanishi natijasida dunyoning turli mamlakatlarida 25 mln. gektar yer qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketgan (V.A.Kovda, 1974). Bu jarayon O‘zbekistonda ham keng avj olgan. Turli darajada sho‘rlangan yerlar maydoni 1968 yildagiga nisbatan 1987 yilga kelib 770 ming gektarga ko‘paydi va 1990 yilda 1970,7 ming gektar (O‘zbekistonning barcha sug‘oriladigan yerlari 4,2 mln.ga)ni tashkil etadi. Yerning qayta sho‘rlanishi tufayli jumhuriyatda 167,8 ming gektar maydon yaroqsiz holda kelgan. 600 ming gektar yer botqoqlangan. Ko‘pincha bu hol yerni normadan ortiqcha sug‘orish, kollektor-zovur sistemalarining yomon ishlashi tufayli yuzaga keladi. Bugungi kunda respublikamizda sug‘oriladigan yerlarning yarmidan ko‘prog‘ini ta‘mirlab, meliorativ holatini yaxshilash talab etiladi. Sun‘iy suv havzalarining keyingi yillarida ko‘p vujudga keltirilishi natijasida, daryo vodiylaridagi strukturali yerlar unumdorligi va o‘tloqlar mahsuldorligi kamayib ketdi. Foydali qazilmalarni ochiq holda qazib olish natijasida tuproq qoplamining buzilib yo‘qolishi kuchayib bormoqda. Keyingi yillarda Yer sharida maydonlarning sahrolanish jarayoni, kuchaymoqda. Hozir qit‘alar yuzasining 36-40 fozi cho‘lga aylangan. Har yili 25 mln. gektar yer sahrolarga aylanmoqda. Gumus tuproq unumdorligini belgilovchi muhim omildir. Lekin keyingi yillari tuproqning holati nihoyatda yomonlashuvi natijasida O‘rta Osiyoning paxtachilik rayonlarida tuproq chirindisi qariyib 40-50 foizga kamaydi. Tarkibida 1,5-2 foiz gumus bo‘lgan sug‘oriladigan tuproqlarda faqatgina 0,7-0,9 foiz chirindi qoldi, xolos. Natijada tuproqning fizik xossalari yomonlashib, yerga solinadigan mineral o‘g‘itlarning samaradorligi kamayib ketdi. Tuproqda gumusning kamayib ketish jarayoni (degumifikasiya) ko‘plab mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Ayrim joylarda har yili gektariga 1,5 tonnadan 8 tonnagacha gumus yo‘qolmoqda. Tuproq degumifikasiyasi – organik moddalar miqdori va zaxirasining kamayishi. Degumifikasiya tuproqlar o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligida foydalanilganda kuzatiladi. Atrof muhitning o‘zgarishi barcha tuproq sistemasining qayta tuzilishiga olib keladi. Qo‘riq tuproqlarda: organik moddalarning tushishi – gumusga aylanishi – gumusning minerallanishida muvozanat barqaror. Asrlar davomida hukm surgan ushbu barqarorlik tuproqlar haydalib o‘zlashtirilgunga qadar saqlanadi Barqarorlikning keskin buzilishi madaniy o‘simliklar qoldiqlari va ildiz sistemalari to‘planishining kamayishi bilan bog‘liq. Bu albatta degumifikasiya jarayonini keltirib chiqaradi. Turli tuproqlarda degumifikasiya sur‘ati bir xil emas. Gumusga boy bo‘lgan tuproqlar kam gumusli tuproqlarga nisbatan, gumusni ko‘proq yo‘qotishi qadimdan ma‘lum. Tuproqlarda gumus miqdorining kamayishi bilan degumifikasiya sur‘ati pasayadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, dehqonchilikda, vujudga kelgan dehqonchilik madaniyatiga mos holda, albatta tuproq gumusli holatining barqarorlik davri boshlanadi. Degumifikasiya jarayonining rivojlanishi almashlab ekishdagi qator oraligi ishlanadigan ekinlar va yoppasiga ekiladigan ekinlarning nisbatiga, ko‘p yillik o‘tlar maydoni, organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llanilishining salmog‘iga bog‘liq. Download 307.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling