Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси


Konstruksiyalardagi himoya qoplamalari. Himoya qoplamalarining vazifasi va turlari


Download 53.82 Kb.
bet4/6
Sana09.05.2023
Hajmi53.82 Kb.
#1448156
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Metall konstruksiyalarning zanglashi

Konstruksiyalardagi himoya qoplamalari. Himoya qoplamalarining vazifasi va turlari.


Qurilish konstruksiyalarining himoya qoplamalari ularni tajavuzkor muhitning ta’siridan muhofaza qilish uchun mo’ljallangan. Darz hosil bo’lish, fakturaning buzulishi, ifloslanishi, rangini yo’qotish va shu kabilar keltirib chiqaruvchi qoplamaning himoya va bezak hossalarini yo’qolishi bino ekspluatatsiya qilishga topshirilganidan so’ng birinchi yillardanoq boshlanadi. Agar himoya qoplamasini o’z vaqtida qayta tiklanmasa, u holda tashqi tajavuzkor muhit ta’siri ostida konstruksiyaning o’zi buzila boshlaydi. U holda binoning belgilangan hizmat muddati ichida ekspluatatsiyaviy yaroqliligini ta’minlash uchun talay mehnat va mablag’ sarflashga to’g’ri keladi.


Himoya qatlami umrboqiyligining aytarli darajada etarli emasligining bosh sabablaridan biri turli muhitlarda konstruksiyani himoyalash mexanizmini yaxshi o’rganilmaganligi, qoplama hizmat muddatini va qayta tiklash davriyligini hisobiy aniqlashning ishonchli usullarining yo’qligi hisoblanadi.
Himoya qoplamalarining ishonchliligi va umrboqiyligini belgilab beruvchi asosiy omillar adgeziya, o’tkazib yuborish, himiyaviy barqarorlik, fizik-mexanik, dielektrik va bir qancha shu kabi xossalarni hisoblash qabul qilishgan.Himoya qatlamlarining, shu jumladan konstruksiyalarning yuza qatlamini buzilishini keltirib chiqaruvchi bosh omil quyidagi ta’sirlar natijasida kelib chiquvchi kuchlanish hisoblanadi:

  1. Konstruksiya, xususan uning himoya qoplamasi kirishish va ko’pchish jarayonlari holatida namlikning notekis taqsimlanishi;

  2. Haroratning notekis taqsimlanishi;

  3. Konstruksiyaning yoki uning himoya qoplamasining hususiy og’irligi;

  4. Konstruksiyaga bo’ladigan shamol yuklanishi;

  5. Mexanik ekspluatatsiya yuklari.

Agar keyingi 3 turdagi ta’sirlar hisoblashlarda yuzalarga olib va qo’llansalar, birinchi, ikkinchi turdagi ta’sirlar muxandislik hisoblarida xozircha deyarli hisobga olinmaydi. Binobarin o’tkazilgan tadqiqodlardan shu narsa ma’lum bo’layoptiki birinchi, ikkinchi tur namlanish va harorat o’zgarishni ta’siri ostida yuzaga keluvchi kuchlanish buzilishda asosiy omil bo’lib qolayapti.
Qoplamalarning himoyalanish mexanizmi.
Qoplamalarning himoyalanish mexanizmining 3 turini ajratish mumkin:

  1. adgeziyali;

  2. to’siqli;

  3. aralash.

Himoya mexanizmi adgeziyali bo’lgan qoplamalar uchun qoplamaning konstruksiyaga bo’lgan adgeziyasini, uning elastikligi, mexanik mustahkamligini v harorat o’zgarishida barqarorligini ta’minlash muhim hisoblanadi. Bunday qoplamalarda tashqi muhit namligini o’zgarishini keltirib chiqaradigan ichki kuchlanish nomaqbul hisoblanadi. Atrof muhit havosining nisbiy namligi 60-65% dan pasayish qoplamalarda ichki kuchlanishning rivojini va mexanik buzulish natijasida ularni ishdan chiqilganini keltirib chiqaradi. Plyonkalarni namlik bo’yicha ekspluatatsiya qilishda eng qulay rejim 65% atrofida bo’lgani hisoblanadi.
To’siqli mexanizmga ega bo’lgan qoplamalar uchun himoya plyonkasining diffuzion tavsifi katta ahamiyatga ega. Bunday plyonkalarning mexinik xossalarining yuqori bo’lishi shart, zero tajavuzkor muhitning ta’sir etishida uning butunligini saqlash muhim hisoblanadi.
Amaliyotda ko’pincha himoya mexanizmi aralash bo’lgan qoplamalar uchraydi. Bunday qoplamalarning qo’llanishi plyonkalarning adgeziyali, mexanik va diffuzion sifatlari birday ahamiyatga ega bo’lganligi ba’zan plyonka qalinligini oshirish yo’li bilan to’siqlisifatni ta’minlashga intiladilar. Biroq plyonka qalinligini oshirish adgeziyani pasayishiga va plyonkaning himoya sifatlarini yomonlashuvchiga olib keladi.
Himoyalanish mexanizmidan qat’iy nazar qoplama sifatining muhim ko’rsatkichi IK- spektroskopiya usuli bilan aniqlanishi mumkin bo’lgan ularning ximiyaviy barqarorligi hisoblanadi.
Adgeziyali himoya mexanizmiga ega bo’lgan qoplamaning umrboqiyligini adgeziya ko’rsatkichi bilan yoki plyonkaning mexanik hossalari bo’yicha aniqlash mumkin.
Aralash himoya mexanizmiga ega qoplama uchun umrboqiylikni korroziya boshlanishi vaqti bo’yicha yoki konstruksiya korroziyasining tezligi bo’yicha aniqlash qulay hisoblanadi.
Panellarning tashqi pardozida darzlar vujudga kelishi yuza qatlamining, ba’zan esa devor jismini buzilish jarayonidan darak beradi. Hosil bo’lgan darzlar konstruksiya ichiga uni buzish mumkin bo’lgan namlik, kislorod, tuz changlari, tajavuzkor gazlarni o’tkazib yuboradi. Ayniqsa katta panellarda haroratning o’zgarishidan kelib chiqadigan darzlar xavfli hisoblanadi.
Klinik shifoxonaning maydoni betondan qilingan panellarini faktura qatlamidagi darzlarni hosil bo’lishi va rivojlanishini uzoq vaqt asliy tadqiq etish uning bosh sababini aniqlash imkonini beradi:

  1. devor qalinligi va panel yuzasidagi uchastkalar bo’yicha turli beton qatlamlari kirishish devormatsiyasining notekisligi;

  2. har bir panelning va umuman binoning temperatura deformatsiyasi;

  3. tashish va montaj qilishning noto’g’ri amalga oshirilishi va boshqa omillar.

Zaifroq ashyolarda darzlar kattaroq o’lchamga ega bo’ladi. Masalan, kvarsli to’ldiruvchidan iborat faktura qatlami karbonatli mayda donaligiga qaraganda qaraganda tezroq buziladi.
Qoplamaning himoyalanish mexanizmiga va konsturksiyaning yuza qatlamidan kelib chiqib, ularning xizmat muddati ularning asosiy himoya sabablari bo’lgan:

  • adgeziya va o’tkazmaslikni yaxshilanganida;

  • himoya qoplamasi ostida namlik yig’ilishini notekis etuvchi o’tkazuvchanlikni chegaralanganda oshishi aniqlanadi.




    1. Download 53.82 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling