Tashkiliy qism. Teleo‘yin uchun 6x3 m o‘lchamdagi maxsus banner (flekshtok, pauk) o‘rnatish, 50 dona har xil badiiy kitoblar sovg‘a uchun ajratish hamda maxsus fleshmob va fotozonalar tashkil etiladi. Obyektga mas’ullar biriktiriladi.
“O‘zbekiston - yoshlar mamlakati” mavzusida insholar tanlovi.
Bugungi kunda yoshlaming siyosiy jarayonlardagi ishtiroki va qomusimizning yoshlar hayotidagi o‘rnini aks ettirishi lozim bo‘lgan tanlovda ishtirokchilar qayd etilgan mavzu asosida kamida 300 ta so‘zdan iborat (400 ta so‘zdan ortiq bo‘lmagan) insho yozadi.
Ishtirokchilar insholarini Microsoft Word dasturida 14 kegelda yozishlari va tanlovga inshoning bosma hamda elektron nusxalarini taqdim etishlari lozim.
Tashkiliy qism. Obyektni bayramona bezatish uchun aksiya logotipi tushirilgan 6x3 m bannerlar (flyekshtok, pauk) o‘rnatish, ovoz kuchaytirish moslamalari (kolonka, 2 ta masofaviy mikrofon), 2 dona stol, 5 dona stul o‘matiladi va ishtirokchilar uchun 30 dona kompyuter jamlanmasi (yoki noutbuk) joylashtiriladi. Insholar tanlovi g‘oliblarini aniqlash uchun 5 nafar malakali filolog mutaxassislar jalb etilib, shuningdek ob’yektga mas’ullar biriktiriladi.
“Konstitusiya bilimdoni” viktorinasi.
Yoshlaming Konstitusiyaga, siyosat va huquqqa oid bilimlarini bils savol-javob shaklida aniqlab olish orqali g‘oliblar anilqnadi va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.
Tashkiliy qism. Obyektni bayramona bezatish uchun aksiya logotipi tushirilgan 6x3 m bannerlar (flekshtok, pauk) o‘rnatish, ovoz kuchaytirish moslamalari (kolonka, 2 ta masofaviy mikrofon), savol beruvchi va ishtirokchilar turib ishtirok etishadi.
“Master klass” uchrashuvi.
Uchrashuvda kuchli motivatorlar, muvaffaqiyatga erishgan yirik tadbirkorlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishadi. Uchrashuvda yoshlarni muvaffaqiyatga erishish, vaqt boshqaruvi, ishlarni samarali tashkil etish, mag‘lubiyatlardan tushkunlikka tushmasdan chiqib ketish, daromad qilishning to‘g‘ri yo‘llari kabi masalalarda treninglar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |