Turdimurodov abdullaning fanidan tayyorlagan
Voleybol sport to’garagiga yoshlarni ikkinchi bosqichida
Download 414.2 Kb.
|
Turdimurodov A
2.2. Voleybol sport to’garagiga yoshlarni ikkinchi bosqichida
birlamchi saralov va yo’naltirish. 34 Yosh sportchining istiqbolli ekanligini baholashning asosiy mezoni unda sportda takomillashtirish uchun qobiliyatning mavjudligidadir. Boshlang’ich tayyorlovning dastlabki 2-3 yilidan keyin hamda qandaydir sport turidagi oqilona yosh chegarasiga ancha etmasdan oldin, yosh sportchining kelajakda xalqaro saviyadagi natijalarga erisha olish to’g’risida xulosa chiqarish qiyin. Lekin, jismoniy takomillashtirishni maqsadga muvofiqligini va uning yo’naltirilishini aniqlash, sportchini yanada rivojlanishi uchun yo’naltirish zarur. Bu vazifalarni majmuaviy tahlil asosida hal etish mumkin, bunda yosh sportchilarning morfologik, funkstional, psixologik xususiyatlari, ularning ko’nikish imkoniyatlari, mashg’ulot va bellashuvlar yuklamalarga ta’sirchanligi, yangi harakatlarni o’zlashtirish va takomillashtirish kabi sifatlarini e’tiborga olish kerak. Saralovning chuqur bosqichida erishilgan sport natijasi, istiqbollikning mezoni bo’la olmaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, birlamchi tayyorgarlik bosqichiga nisbatan past natijalarga erishgan sportchilar joy oladi.Shu bilan birgalikda aytish kerakki, bolalar va o’smirlar orasidagi musobaqalarning g’oliblari kam hollarda yakuniy bosqichlarida sport yutuqlariga erishadilar.Ko’p yillik tayyorlovning ikkinchi bosqichidayoq yosh sportchilarni gavda tuzilishini oliy malakali sport ustalarining morfologik xususiyatlariga qay darajada mos kelishini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Mazkur bosqichda, sportchining istiqbolligini baholashda morfologik xususiyatlar eng muhim sifatlar qatori bo’ladi. Turli sport yo’nalishi vakillarining morfologik farqlanishiga shunday saralov sababdir, chunki sportchi gavdasining tuzilishi turli sport yo’nalishlarda mexanik va biomexanik ustunlik keltiradi. Inson tuzilishi ma’lum yosh orliqda o’zgarsada, umuman olganda uning ko’p jihatlari deyarli o’zgarmaydi va asosan nasliy omillarga bog’liq bo’ladi. Inson gavdasining normal tuzilishi ko’plab chizmalardan, eng ko’p qo’llanilgani ko’rib chiqamiz va unga ko’ra tuzilish uch guruhga ajratiladi: 1. cho’qqi sifat endomorf tur- oyoq va qo’llar, kalta va keng 35 suyaklar va oyoqkafti, katta jigar, katta hajmdagi teri osti yog’i; atletik mezomorf tur- gavda shaklli, tor tos, keng elkalar, yaxshi rivojlanganmushaklar, suyaklarning qo’pol tuzilishi; 2. 3. astenik ekzomorf tur- yassi va uzun ko’krak qafasi, ozg’in gavda, uzun va nozikoyoq qo’llar, tor oyoq kafti va panjalar, kam hajmda teri osti yog’i. Tabiiyki ko’pchilik shaxslarning gavda tuzilishini uch turga keltirib bo’lmaydi. Bunday ajratish inson tuzilishining naqadar turliligiga to’g’risida umumiy tasavvurlar hosil qilishga yordam beradi.Sport bilan shug’ullanmaydigan talabalar orasida ko’p hollarda oraliq turlar uchraydi, ular endomorf, mezomorf va ekzomorf turlarning nisbati kam qismlari mavjud bo’ladi. Sport kollejlarining talabalariga ko’p mezomorf tur uchraydi. Olimpiada o’yinlarida qatnashganlari-engil atletikachilar orasida deyarli endomorf turi uchramaydi. Download 414.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling