Turdimurodov abdullaning fanidan tayyorlagan
Download 414.2 Kb.
|
Turdimurodov A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublikamizni barcha o’quv yurtlarida voleybol eng ommaviy sport turlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Qishloqlarda, xo’jalik
Yosh
voleybolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari. Nazorat (testlar ) Baland startdan 300 5.3 m ga yugurish, m sinovlari 10 yoshli o’g’il bolalar 11 yoshli o’g’il bolalar a’lo yaxshi qoniq 5.8-6.2 a’lo yaxshi 5.1 5.2-5.5 qoniq 5.6-6.0 5.4-5.7 Yo’nalishni 12.0 12.2-12.4 12.5-12.8 11.8 11.9-12.2 12.3-12.6 o’zgartirib yugurish (6x5 m) , s Joydan sakrash, sm Joydan sakrash, sm Bosh ortidan ikki 11 qo’llab to’ldirilgan koptok uloqtirish, m balandga 40 39-33 164-150 10-9 32.26 149-140 8-6 42 41-35 34-29 167-150 9.8 uzoqqa 180-165 186 13 185-168 12-10 Tennis koptogini 24 23-20 19-16 26 25-22 21-18 uloqtirish, m 36 Respublikamizni barcha o’quv yurtlarida voleybol eng ommaviy sport turlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Qishloqlarda, xo’jalik jamoalarida, mahalla markazlarida, maktab va o’quv yurtlarida faoliyat ko’rsatayotgan ko’pdan-ko’p voleybol to’garaklarida mazkur sport turi bilan shug’ullanayotganlarning soni sanoqsizdir. Voleybol o’quv mashg’uloti sifatida barcha o’quv yurtlarining o’quv dasturidan joy olgan. Voleybolga bunchalik e’tibor kuchliligining sababi uning soddaligi va jismoniy tarbiya tizimda arzon, hammabop vosita ekanligidir. Umumiy ta’lim maktablarida voleybol V-IX sinflar uchun o’quv dasturiga dars sifatida kiritilgan. Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatadiki, voleybolchilar mahoratini oshirish va malakali voleybolchilarni etishtirish maktab o’quvchilarini mazkur o’yin sirlariga maqsadga muvofiq rejaga asosan ommaviy o’rgatish bilan bog’liqdir. Maktab o’quvchilari o’z mahoratlarini maxsus BO’SMlarda, olimpiya o’rinbosarlari tayyorlash BO’SMlarida yanada «chuqurroq» va kengroq takomillashtirishlari mumkin. BO’SM va shunga o’xshash maxsus sport maktablari o’z faoliyatlarini asosiy dastur va rejalashtiruv hujjatlari hamda O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport haqidagi Qonunga» asosan amalga oshiradilar. Mahallalarda, turar joylarda, yotoqxona, dam olish uylari, oromgohlari, dala shiyponlari va sog’lomlashtirish markazlarida voleybol to’garaklarini tashkil qilish va mazkur sport bilan muntazam shugullanish nafaqat barcha yoshdagi aholini jismonan takomillashtirishga yordam beradi, balki ularni salomatligini mustaxkamlaydi, bolalarni nojo’ya ishlarga aralashuvlaridan qaytaradi. Oliy o’quv yurtlarida, kasb-texnika bilim maskanlari va harbiy qismlarda ham voleybol nihoyatda katta axamiyatga ega. Oliy o’quv yurtlarida voleybol birinchidan o’quv dasturiga binoan mashg’ulot sifatida 37 joriy etilgan bo’lsa, ikkinchidan shu o’quv yurtlarining sport klublarida faoliyat ko’rsatayotgan voleybol to’garaklarida mashg’ulotlar olib boriladi. Mazkur o’quv maskanlarida voleybolni keng ommaviylashganini birgina «Talabalar sport haftaligi» musobaqalaridan ham bilsa bo’ladi. Zamonaviy voleybol o’ta tezkor va katta g’ayrat talab qiluvchi sport o’yinlari turiga mansubdir. Yuqori texnik-taktik mahoratga ega bo’lish uchun, birinchi navbatda, voleybolchining jismoniy sifatlari yuqori darajada rivojlangan bo’lishi kerak. Bugungi voleybolchining bo’yi o’rtacha 195 sm ga teng bo’lib, u harakatchan, o’tkir zehnli, tez fikrlovchi bo’lishi, o’zgaruvchan o’yin vaziyatlariga munosib harakat bilan javob qaytarishi va mazkur qobiliyatlarni bir necha soat davom etadigan musobaqa o’yinlarida saqlab turishi lozim. Muntazam davom etib turadigan bunday o’yin (musobaqa) nagruzkalariga bardosh bera olish voleybolchidan yuqori psixologik va katta jismoniy tayyorgarlikni talab qiladi. Shunday imkoniyatlarga ega bo’lgan mahoratli voleybolchilarni tarbiyalash, birinchi navbatda, istiqbolli bolalarni qidirib topish, ularni to’g’ri tanlash va ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida saralov tadbirini maqsadga muvofiq amalga oshirishni taqozo etadi. Tanlov deb, muayyan faoliyatda yuqori natijalarga erishishga qobiliyatlikishilarni aniqlovchi jarayonga aytiladi. Voleybolga oid «sport tanlovi» bu kelajakda sport takomillashuvi, jumladan, musobaqalar faoliyati bilan bog’liq bo’lgan katta nagruzkalarga bardosh bera oladigan va aynan shu jarayonlarda yuqori natijalarga erisha oladigan istiqbolli bolalarni izlab topishga imkon yaratadigan usul, uslub va test-mashqlar majmuasini qo’llash jarayonidir. Sport tanlovi ko’p yillik sport tayyorgarligi bilan uzviy bog’liq bo’lib, sport malakalarini o’zlashtirishning dastlabki bosqichidan eng yuqori bosqichigacha, ya’ni milliy terma jamoalar faoliyatida ham amalga 38 oshiriladi. «Tanlov» tushunchasi o’z ichiga «munosiblik», ya’ni bir sohaga (ma’lum faoliyatga) insonning moslasha olish masalasini kiritadi. Bu degan so’z inson nafaqat o’z imkoniyatlari (qaddi-qomati, jismoniy sifatlari, ruhiy xislatlari va hokazo) bilan muayyan faoliyatga (kasbga, ishga, sportga va hokazo) mos kelishi kerak, balki ayni faoliyat mazkur inson mijoziga munosib bo’lishi maqsadga muvofiqdir (emotstiya, mo-tivatstiya masalalari). «Tanlov» atamasi o’z tarkibiga yana sportga oid «chamalov» tushunchasini kiritadi. Chamalash — bog’chalarda, maktablarda va sport maktablarida boshlang’ich guruhlarda murabbiyning iste’dodiga, uning bilim va tajribasiga bog’liq (irsiyat- genetika, evolutstiya, turmush tarzi masalalari). Sport tanlovi ko’p yillik pedagogik jarayondir. Ko’p yillik sport tayyorgarligi tizimi o’z mohiyati va maqsadiga binoan ko’p yillik sport tanlovini o’z ichiga oladi va mazkur jarayonni 4 bosqichda amalga oshirishni taqozo etadi: 1. Dastlabki tanlov (9—14 yosh). 2. Sportchilarni o’yin ixtisosligiga (vazifasiga) saralovchi tanlov (15-17 yosh). 3. Yuqori malakali jamoalarga tanlov (18—20 yosh). 4. Terma jamoalarga tanlov. 39 Xulosa Bugungi kunda o`zbek va chet el olimlari sport mashg`ulotlarining ilmiy asoslarini ishlab chiqqanlar. Ma`lumki, sport mashg`uloti - inson jismoniy qobiliyatini o`stirishni o`ziga maqsad qilib olgan pedagogik jaraen bo`lib organizmning rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir (mushak, yurak - qon, nafas olish tizimlarini mustahkamlash, asab tizimini rivojlantirish). Sport mashg`ulotlari yuklamasi ta`siri masalalari 30 yildan beri mutaxassislarning diqqat markazida turibdi (L.R.Ayrapet`yants, M.A.Godik, 1992). Bokschilar bilan turdi jadallikda olib borilgan ishlar mazmunining tahlili shuni ko`rsatadiki, razminka paytida va yakunlovchi gimnastik mashqlarni bajaraetganda, shuningdek engil yugurish va shtangalar bilan ayrim mashqlarni bajaraetganda jadallik minimal bo`ladi. Sog`lomlashtiruvchi jismoniy tayergarlik vositalariga razminka paytida bajariladigan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek krosslar va sport o`yinlari kiradi. Sportning u eki bu turining sportchi organizmiga ta`sirini aniqlash uchun alohida musobaqali mashqning emas butun mashg`ulot jaraenining ta`sirin o`rganish kerak. Shundan kelib chiqib sport turini guruhlarga taqsimlash uchun yuklamani xarakterlovchi uch to`g`ri amal qilish kerak. Bularga sport mashg`ulotlarida bajarilaetgan ishning kuchi (maksimal, submaksimal, katta, o`rtacha, turli jadallikdagi) ishning tsiklligi eki notsiklliligi, u eki bu harakat sifatlarining rivojlanishi N.Ozolin (qouq), N.I.Volkov (qoyi) mashg`ulot vositalari klassifikatsiyasining muhim belgilariga quyidagilarni kiritishni tavsiya qiladilar. 1. Ixtisoslashtirilganlik, ya`ni ushbu sport mashg`uloti vositasining musobaqa mashqlariga o`xshashligi, 2. Yo`naltirilganlik ya`ni mashqlarning u eki bu harakat sifatining rivojlanishiga ta`siri. 3. Koordinatsion murakkablik, uning ta`siri mashg`ulotlar samarasi kattaligida aks etadi. 4. Mashg`ulotning organizmga ta`siri son kattaligi sifatida. 40 Sport mashg`ulotida yuklama deganda sportchining harakat faolligi bilan bog`liq va uning organizmga ta`siri kattaligi bilan aniqlanadigan jismoniy va asab kuchlanishlar tushuniladi (L.P.Matveev, qoyw, V.S.Keller, qoyi, P.Kunat, qouw va boshalar). A.G.Dembo, S.N.Popov, A.M.Tyurin, Yu.M.Shapkayts (qoiy) vegetativ funktsiyalarning sport mashg`ulotlari ta`siri ostida o`zgarishini o`rganish masalalaridan kelib chiqib sport turlari klassifikatsiyasini ishlab chiqdilar. Sport turlarini guruhlarga taqsimlash uchun yuklamani xarakterlovchi uch mezonga to`g`ri amal qilish muhim. Ularga quyidagilar kiradi` sport mashg`ulotlarida bajariladigan ish kuchi (maksimal, submaksimal, katta, o`rtacha, jadaligi turlicha). Birinchi to`rtta guruhga sportning uzunlikka sakrash va uch marta sakrash, 100 m.ga, 300 m.ga, 800 m.ga yugurish, eshkak eshish va h.z.lar kiritilgan. Beshinchi guruhda tuzilishi notsikl sport turlari (og`ir atletika, disk, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash) birlashgan. Bunday sport turlari uchun qisqa muddatli kuchlanish, maksimal kuch talab qilishini xarakterlidir. To`qqizinchi guruh - sportning bosha turlarini (parashyutli, elkanli, suvmotorli sport turlari, shashka, ot sporti) o`z ichiga oladi. V.V.Mixaylov (qoio) sog`lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning jismoniy yuklamalari mashqlar hajmi, jadalligi, xarakteri bo`yicha aniqlanadi, deb hisoblanadi. Olim ularni maxsus uslubiy yo`nalishga ega uch guruhga bo`ladi. Birinchi yo`nalishi - lazzatlanish samarasi. Jismoniy ish vaqtida tana to`qimalarida garmonlar - endokrinlar ajralib chiqib qonga o`tadi. Ularning bir qismi markaziy asab tizimiga etadi va asab markazlariga ta`sir etadi. Natijada harakatla-naetgan insonda kuvonch va lazzatlanish hissi uyg`onadi. Ikkinchi yo`nalish - yurak qisqarishlari chastotasi minutagi qattiq zarbni tashkil etadigan jismoniy yuklamani bajarish, mashg`ulot davomiyligi yuqori charchash bilan ifodalanadi. Uchinchi yo`nalish - mashg`ulotlar dasturiga aerobli va tezlik kuch jismoniy yuklamalarni kiritishni talab qiladi. 41 Download 414.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling