Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish Reja: Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish
Download 19.15 Kb.
|
Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Otlarda kelishik kategoriyasi.
- Peshanasini
- Ikromjonning yuragikuyardi.
- (kunlarning biri mehnatning zori)
Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish Reja: Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish Reja: 1. Otlardan kelishik kategoriyalari yuzasidan berilgan mashqlarni tahlil qilish 2. Otlarda kelishik kategoriyasi. 3. Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe'l va boshqa turkumdagi so'zlarni bosh, tushum. jo'nalish, o'rin-payt, chiqish,ba'zan qaratqich Otlarda kelishik kategoriyasi Ot yoki otlashgan so'zlarning boshqa bir so'zga tobeligini ifodalaydigan kategoriyalar kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik ot bilan otni,ot bilan fe'lni yoki boshqa biror turkumdagi so'zni o'zaro ma'no sifatlarini ko'rsatib. shu so'zning gapdagi vazifasini belgilaydi. Otlarning kelishik qo'shimchalarini olib o'zgarishi turlanish deyiladi. Shu boisdan kelishik qo'shimchalari turlovchi qo'shimchalardir Kelishik shaklidagi so'z boshqa so'zlar bilan grammatik aloqaga kirishadi. Kelishikli so'zning gapda biror gap bo'lagi vazifasida kelishi qaysi kelishik shaklida qo'llanishi bilan bog'liq. Masalan: Peshanasini stuhiing suyanchig'iga qo'yib sukutga cho'mgan. Otaq'o'zi nogohon "dik" etib o'rnidan turdi. (O.Yo.) Bu gapdagi peshana so'zi -ni qo'shimchasi bilan stul so'ziga, stul so'zi esa -ning qo'shimchasi bilan suyanchiq so'ziga, suyanchiq so'zi -ga qo'shimchasi bilan qo'yib so'ziga, o'rni so'zi -dan qo'shimchasi bilan turdi so'ziga tobedir. Otaqo'zi so'zi kelishik qo'shimchasiga ega emasligi uchun hokim holatda qo'llanilgan. Kelishik shakllari so'zlarni o'zaro aloqasini ta'minlab, to'ldiruvchi (peshanasi, suyanchig'iga, sukutga), aniqlovchi (stulning) hoi (o'rnidan) vazifalarida kelgan. Kelishiklar ko'pincha sintaktik vazifa bajaruvchi shakllar hisoblanadi. Biroqma'lumbirkelishikdagi shakl gapdaturli gap bo'lagi bo'lib kelishi mumkin. Masalan. Vatanni kelgindilardan ozod qilish - dunyodagi eng katta mardlikdir. (P.Q.) Sal vaqt o'tgach qishloq kasalxonasidan chaqirilgan vrach va hamshira ayol qutichalarini ko'targanicha chiqib kelishdi. (O'. U.) Ushbu gaplardagi chiqish kelishigi qo'shimchalarini olgan so'zlar to'ldiruvchi va hoi vazifalarida kelgan. Kelishik qo'shimchasini olgan so'zning turli vazifalarni bajarishi qaysi turkumdagi so'z bilan bog'lanishiga ham bog'liq. Bu hoi, ayniqsa, o'rin-payt va chiqish kelishigi qo'shimchalaridayaqqol seziladi. Ushbu qo'shimclialami olgan ot yoki otlashgan so'zlar, harakat nomi bilan bog'lansa hoi vazifalarida keladi. Shuningdek, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchasini olgan so'z o'rin, payt ma'nolarini ifodalasa hoi: Bular mehmonxonaning quyirog'idan joyoldilar. (O.) Boshqa ma'nolarni ifodalasa to'ldimvchi vazifasini bajaradi. O'zbek tilida olti kelishik kategoriyasi mavjud: bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi. Har bir kelishikni aks ettiruvchi maxsus qo'shimchalar mavjud bo'lsa-da, bosh kelishikda bunday qo'shimcha yo'q. Shunga ko'ra bosh kelishikdagi so'z boshqa kelishiklardan farqli ravishda o'zi bog'langan so'zni o'ziga tobelaydi. Shuning uchun bosh kelishik asosiy kelishik. qolganlari esa vositali kelishikdir. Kelishik shakllarini olgan so'zlar boshqa so'zlar bilan quyidagicha bog'lanadi. Kelishiklar ot bilan otni bog'laydi. Ikromjonning yuragikuyardi. (S.A.) Kelishiklar ot bilan fe'lni bog'laydi. Aziz yelkasini qisdi.(O'.U.) Eshon boshini qimirlatdi. (0.) 3.Kelishiklar ot bilan boshqa so'zlarni ham o'zaro bog'laydi. lyul kunlarining birida. (A.Q.) Havfi umumiydan tashqari (P.Q.) va hokazo. Ot bilan otni bosh va qaratqich kelishiklari, ot bilan fe'l va boshqa turkumdagi so'zlarni bosh, tushum. jo'nalish, o'rin-payt, chiqish,ba'zan qaratqich (kunlarning biri mehnatning zo'ri) kelishiklari o'zaro bog'laydi. Download 19.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling