Turdiqulov Turg’unalining


ASOSIY QISM 1. Ta’lim muassasalarida ChQBT fani samaradorligini oshirish


Download 83.6 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi83.6 Kb.
#1413443
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi yangi

ASOSIY QISM

1. Ta’lim muassasalarida ChQBT fani samaradorligini oshirish.
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish, Vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini ta’minlashga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni o‘tashga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda mazkur qarorga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbar va o‘qituvchilari lavozimlariga oliy ma’lumotli, kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, shuningdek, yuqori tajriba va malakaga ega bo‘lgan pedagog kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin;
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM
I. Umumiy qoidalar


1. Mazkur Nizom “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek jamoat tashkilotlarining ushbu sohadagi asosiy vazifalarini hamda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organlar hisoblanadi.

Harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) ikkinchi va uchinchi kurs o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb ataladi) chaqiriluvchilar hisoblanadi.


Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (keyingi o‘rinlarda ChQBT deb ataladi) chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi va olib boriladi.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish, amalga oshirish, natijalarini nazorat qilib borish, ChQBTni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.

Download 83.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling