Turdiyeva kavsar. Bu – bizning oʻzbekiston reja


Download 92.22 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi92.22 Kb.
#1248632
1   2   3   4
Bog'liq
TURDIYEVA KAVSAR

Vatanim qaydadir?
Qalbim soʻroqlar,
Yuragim bogʻlangan
Yaqin-yiroqlar.
Vatan – yuragimning
Tugʻilgan joyi.
Oʻlkamning quyoshi,
Yurtimning oyi.
Vatanim jismida
Men ham bir boʻlak,
Vatanim menga-yu,
Men unga kerak.
Agar bu yerda Vatan obrazi lirik talqin etilsa, “Vatan iqbol kutar” sheʼrining har bir misrasi goʻyo harakat uchun dasturdek jaranglaydi:
Senda, menda, bizda,
Har bir oʻgʻil-qizda,
Yagonadir Vatan,
Asra uni har dam.
Sendan, mendan, bizdan,
Har bir oʻgʻil-qizdan
Vatan iqbol kutar,
Bizga imkon tutar.
“Bu bizning Oʻzbekiston” sheʼri esa respublikamiz viloyatlarining oʻziga xos jihatlarini iftixor bilan tarannum etadi. Bu sheʼrda ham bolalar uchun qulay savol-javob shakli tanlanadi:
– Qaysi yurtning nonlari
Kiritadi jonlarni?
– Minoralari baland
Samarqand bu, Samarqand!
Kavsar Turdiyevaning soʻnggi yillardagi ijodida turkum sheʼrlar katta oʻrin tutadi.
Bu, eng avvalo, kichik bogʻcha yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan “Harakatli oʻyin” sheʼrlari turkumi. Ular “Tugʻilgan kun”, “Biz aqlli bolamiz”, “Tozalik – goʻzallik”, “Badantarbiya”, “Tandirimiz”, “Oftob chiqdi olamga”, “Sichqonchalar qoʻshigʻi” va koʻpgina boshqa sheʼrlardir. “Tugʻilgan kun” sheʼri barcha bogʻchalarda harakatli oʻyin sifatida tarbiyalanuvchilarni tugʻilgan kun bilan qutlash uchun moʻljallangan:
Akbarshoh:
Gulshodaning bugun tugʻilgan kuni,
Davra qurib tabriklaymiz biz uni,
Boʻyi oʻssin bunaqa
(Bolalar qoʻli bilan baland harakatni qilishadi).
Yigit:
Qizcha boʻlsin bunaqa, bunaqa
(Bolalar qoʻli bilan “aʼlo” harakatini qilishadi).
Jumladan, sichqonchalar qoʻshigʻida ham jonivorlarni jonlantirish orqali bolalarga axloq-odobning ilk saboqlari beriladi:
Cha-cha-cha,
Salom, sichqoncha.
Choʻm-choʻm-choʻm,
Qilaylik achom.
Chiy-chiy-chiy,
Yur, oʻynaylik-chi.
Cha-cha-cha,
Xayr tonggacha.
Bu sheʼr ham qofiyalarning jarangdorligi, harakatlarning tezligi, taqlidiy soʻzlarning koʻpligi va bolalarga tanish soʻzlar ishlatilishi bilan bolalar diqqatini oʻziga jalb qiladi va tez yodlanadi. Xuddi “Oftob chiqdi olamga” sheʼridagi kabi:
Oftob chiqdi olamga
Nuri tushdi xonamga.
Sen quvnoqsan, men quvnoq,
Davraga tushgin, oʻrtoq.
Quvnoq qoʻshiq boshlanar,
Taq-taq qilar poshnalar
Taq-taq-taq, tuq-tuq-tuq,
Oʻynamagan bizda yoʻq.
Kavsar Turdiyevaning koʻplab turkumlari, jumladan, koʻchalarga, kasblarga, hayvonot olamiga, dorivor giyohlarga, yoʻl harakati qoidalariga, meva va sabzavotlarga bagʻishlangan. Yana uning turli shakldagi alifbolari ham diqqatga sazovordir. Masalan, Kavsar Turdiyevaning qaysi sheʼr turkumini oʻqimang, ularda maʼnaviy barkamollikka chorlash, yurtning ravnaqini koʻrish istagi barq uradi. “Toshkent koʻchalari” turkumiga kiritilgan “Mehribon”, “Iltifot”, “Orzu”, “Vijdon koʻchasi” haqidagi sheʼrlari bunga misol boʻla oladi. Masalan, “Vijdon koʻchasi” sheʼrini olaylik:
Koʻchamga bosganing on,
Senda uygʻonar vijdon.
Menga tomon qadam tashlaysan,
Soʻngra oʻylay boshlaysan.
Xafa qilgan kishingni,
Qilgan yomon ishingni.
Oʻtgan boʻlsa ayb-qusur,
Borib soʻraysan uzr.
Hatto ogʻir boʻlsa ham,
Xatolaring olgach tan.
Vijdoningni sozlaysan,
Soʻngra nafas rostlaysan.
Bu sheʼrlar kichik yoshdagi oʻquvchilar koʻz oʻngida mehr, iltifot, vijdon kabi mavhum tushunchalarni jonlantirishga yordam beradi. Uning kasblar haqidagi 1-4sinf oʻquvchilariga moʻljallangan sheʼrlari 100 ta kasbga bagʻishlangan va ular turli hajmga ega: 1-sinf uchun 4 qatordan, 2sinf uchun 6,3-sinf oʻquvchilari uchun 8,4-sinf oʻquvchilari uchun 12 qatordan iborat va turli-tuman kasblarni oʻz ichiga oladi. Masalan, “Kinolog” yoki “Landshaft dizayneri”, “Laborant”, “DAN xodimi”, “Ofitsiant”, “Telefon operatori”, “Etnolog”, “Ixtiolog” va boshqalar.
Mana “Landshaft dizayneri” sheʼrini oʻqib koʻraylik:

Download 92.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling