Turg’unlik tushunchalari va aniqlash


Download 288.12 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi288.12 Kb.
#1016167
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turgunlik tushunchalari va aniqlash (1)

8 – rasm
YUqorida aytilganlarni e’tiborga olgan holda Naykvist mezonini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Berk sistema turg’un bo’lishi uchun ochiq sistema AFX W(jω) ning chastota 0<ω<∞ o’zgarganda [-∞;-1] kesma orqali musbat va manfiy o’tishlarning ayirmasi I12 ga teng bo’lishi kerak. Bunda 1 – ochiq sistema xarakteristik tenglamasining o’ng ildizlar soni.
agar W(jω) xarakteristikasi ω=0 bo’lganda [-∞;-1] kesmada boshlansa, yoki ω=∞ bo’lganda shu kesmada tugasa unda W(jω) xarakteristikaning bu kesmadan o’tishini yarim o’tish deyiladi.
Statik ochiq sistemalarning W(jω) xarakteristikalari chastota o’zgarganda yopiq kontur hosil qiladi. Ideal integrallagich zvenosi bo’lgan statik ochiq sistemalarning W(jω) xarakteristikalari chastota 0<ω<∞ o’zgarganda yopiq kontur hosil qilmaydi.
Astatik sistemalar uchun Naykvist mezonini qo’llash.
astatik sistemani AFX
(17)
ko’rinishga ega bo’lib, yopiq kontur hosil qilinmaydi.
Bunday sistemalar uchun ochiq sistemaning xarakteristik tenglamasi nol ildizga ega bo’lib, quyidga ko’rinishda yozish mumkin:
(18)
Bunda - astatizm darajasi, ya’ni sistemadagi ideal integrallagich zvenolar soni.
Q(P) – nol ildizga ega bo’lmagan polinom.
Astatik sistemalarning AFX (15) ifodaga ko’ra ω=0 bo’lganda ∞ bo’ladi. Shuning uchun kritik (-1:j0) nuqtani “kontur ichida” yoki “kontur tashqarisida” ekanligini aniqlash qiyinlashadi, ya’ni W(jω) xarakteristikasi (-1:j0) kritik nuqtani o’z ichiga oladimi yoki yo’qmi ekanligini aytish mumkin bo’lmay qoladi. O’z navbatida berk sistemaning turg’unlik masalalarini echish qiyinlashadi.
Sistema tarkibidagi ideal integrallagich zvenolar chastota 0<ω<∞ o’zgarganda –νπ/2 burchak o’zgarishini beradi. Bunda ν- ketma – ket ulangan ideal integrallagich zvenolar soni.
Shuning uchun ∆argA(jω) ni hisoblash uchun W(jω) godografi katta radiusga ega bo’lgan aylananing yoyi bilan musbat haqiqiy yarim o’qqa qadar to’ldiriladi (1=0 yoki juft son bo’lganda). Unda Naykvist turg’unlik mezoni quyidagicha ta’riflash mumkin. Agar ochiq sistemaning “∞” radiusga ega bo’lgan aylananing yoyi bilan to’ldirilgan W(jω) xarakteristikasi chastota 0<ω<∞ o’zgarganda kritik (-1:j0) nuqtani I12 marta o’z ichiga olsa, berk astatik sistema turg’un bo’ladi.
Bunda 1 – ochiq sistema xarakteristik tenglamasining o’ng ildizlar soni.
10 – rasmda ochiq sistema turg’un bo’lgan (1=0) holda berk sistemaning turg’unligini aniqlashga misollar keltirilgan.
a) ν=1 berk sistema noturg’un; b) ν=1 berk sistema turg’un; v) ν=2 berk sistema turg’un; g) ν=2 berk sistema noturg’un
10 – rasmda keltirilgan godograflardan ko’rinib turibdiki, agar sistema turg’un bo’lsa, u holda kritik (-1:j0) nuqta “∞” radiusga ega bo’lgan aylananing yoyi bilan to’ldirilgan ochiq sistema AFX ning tashqarisida yotadi. Agar bu nuqta shu xarakteristikaning ichida bo’lsa, unda sistema noturg’un bo’ladi. Agar ochiq sistema turg’un bo’lsa (1=0), unda AFX manfiy haqiqiy yarim o’qni [-∞;-1] kesmada kesib o’tmaydi yoki bu kesmani juft kesib o’tadi. Agar [-∞;-1] kesmani kesib o’tishlar soni toq bo’lsa, unda berk sistema noturg’un bo’ladi. Ochiq sistemaning yoki uning tarkibidagi birorta zvenoning tenglamasi noma’lum bo’lsayu, lekin ochiq sistemaning W(jω) AFX si tajriba yo’li bilan olingan bo’lsa, unda bunday sistemaning turg’unligini tekshirish uchun faqatgina Naykvist mezonini qo’llash mumkin. Bu esa Naykvist turg’unlik mezonining boshqa turg’unlik mezonlaridan afzalligini ko’rsatadi. Bundan tashqari kechikuvchi sistemalarning turg’unligini tekshirishda faqatgina Naykvist mezonini qo’llash mumkin.
Download 288.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling